К содержанию
РецензированоUZ2026

SHARQ UYG‘ONISH DAVRI O‘RTA OSIYO XALQLARI MUSIQA MADANIYATI TARIXI

EDUCATION SYSTEM · MADANIYATI TARIXI · Shodiyeva Shahinabonu Shoirjon qizi

Развитие и инновации в науке · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo‘lganliklari hamda Sharq uyg‘onish davri xususida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar:, qadimiy yodgorliklar, risola, ensiklopediya, nazariya, estetika,sharq, O‘rta Osiyo, arxeolog Qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri — O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo‘shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda boy va qadimiy merosga ega. O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo‘ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo‘lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII—IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar ham kuydirilib, yo‘qotib yuborilgan. Shuning uchun O‘rta Osiyo xalqlarining so‘nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan.1 IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko‘rsatishi va qo‘zg‘olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag‘darilib, mahalliy Tohiriylar va so‘ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qator sharoit yaratildi. O‘rta Osiyodan chiqqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o‘rta asr fani tarixida o‘zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo‘ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o‘lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al- Xorazmiy kabi ko‘pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo‘yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Sharq musiqa fani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo‘llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etuvchi rol o‘ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o‘rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan 1 T.Ye.Solomonova. O‘zbek musiqasi tarixi. T. 1981.y. 87 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference biri — Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Forob shahrida tug‘ilib, 950 yilda vafot etgan. U O‘rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo‘lib, dastlabki ma’lumotni o‘z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo‘lgan al-Forobiy Bag‘dod, Damashq shaharlariga, so‘ngra Misrga boradi va u yerlarda o‘z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U o‘z davrida mavjud bo‘lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha, al-Forobiy q o n u n asbobini ixtiro etgan, o‘sha davrlarda mashhur bo‘lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo‘yicha katta- katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy o‘zining musiqaga bag‘ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kitamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «Qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «Qitabun fi-ihsa’il — ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga bag‘ishlangan qismi, «Kitabun fi-ixsa’il—iqa’» («Musiqa ritmlari — iqo‘ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir.2 Al-Forobiy va o‘sha zamondagi boshqa olimlarning ilmiy-nazariy asarlari zamonasi talablariga ko‘ra arab tilida yozilgan bo‘lib, Sharq musiqasi nazariyasining tub masalalarini sharhlab beradi. Al-Forobiyning musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan kitoblari Sharqda bu haqda yozilgan asarlarning eng mukammali va eng mashhurlaridan bo‘lib, o‘zidan so‘nggi davrlarda yashab, ijod etgan musiqa olimlari kitoblarining yozilishida asos bo‘lib xizmat qildi. Al-Forobiy yo‘lini davom ettirganlardan biri — Abu Ali ibn Sino edi. Abu Ali ibn Sino (980—1037) Buxoroga yaqin — Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. U buyuk faylasuf, tabiatshunos, mashhur tabib, shu bilan birga ajoyib musiqa nazariyachisi ham edi. Ibn Sinoning «Kitabush-shifa’» («Shifo kitobi»), «Donishnoma» («Bilim kitobi»), «Risalatun fi-ilmil musiqiy» («Musiqiy ilmi haqida risola») va boshqa kitoblarining musiqaga doir qismi al-Forobiy asarlari qatorida jahon musiqa fani va madaniyati tarixida alohida ahamiyatga ega. 2 I.Rajabov. Maqomlar masalasiga doir. T. 1963.y. 88 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Abu Ali ibn Sino musiqa haqida maxsus asarlar yozish bilangina chegaralanmadi, balki u musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan katta-katta asarlarini tibbiyot kitoblariga ham kiritdi. Bu tasodifiy hol emas edi albatta. Abu Ali ibn Sino o‘zining tibbiyotga oid o‘lmas asarlarida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo‘lganliklari hamda Sharq uyg‘o…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo‘lganliklari hamda Sharq uyg‘o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O‘rta Osiyo, nazariya, arxeolog, qadimiy yodgorliklar, sharq, ensiklopediya, risola, estetika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники