Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TA’LIM ORQALI MILLIY G‘OYANI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Bayeshanov Abdulla
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Milliy g‘oya – jamiyatni birlashtiruvchi, fuqarolarda vatanparvarlik, ma’naviy yuksaklik, g‘urur va mas’uliyat hissini uyg‘otuvchi g‘oyaviy tizimdir. Ushbu maqolada ta’lim tizimi orqali milliy g‘oyani shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ta’limning barcha bosqichlarida milliy g‘oya mazmunini singdirish, o‘quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar va an’analarga sodiq, ongli va g‘oyaviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalash zarurligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Milliy g‘oya, ta’lim tizimi, ma’naviyat, qadriyatlar, mafkuraviy tarbiya, yoshlar, Vatanparvarlik, milliy ong, mafkuraviy xavfsizlik, tarbiya, global tahdidlar. Milliy g‘oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirish ta’lim-tarbiyaning turli uslub, vosita va shakllari orqali amalga oshiriladi. Ular orqali yoshlarga to`g‘ri yashashni, vatanparvar bo‘lishni va buzg`unchi g‘oyalarga qarshi murosasiz kurashishni, erkin fikrlashni ko‘rsatish, o‘rgatish zarur. Zero, o‘rgatish bir tomonlama jarayon bo‘lmay, u ustozlar namunasi orqali tarbiyalanuvchining fazilatlarini shakllantiradi. Bunday murakkab ishni tashkil etishda har bir ijtimoiy toifa yoki shaxsning individual pedagogik-psixologik xususiyatlarini inobatga olish, tarbiyalanuvchiga shaxs sifatida qarash taqozo etiladi. Chunki, vatanimiz kelajagi bo`lgan aziz farzandlarimizni tashqaridan noma’qul g`oyalarini singdirishga urunayotgan kimsalarni qo`liga tashlab qo`yib bo`lmaydi. Har bir inson tuzadigan rejalarning aksariyat qismi odatda farzandlariga taalluqli bo‘ladi. Biz orzu-umidlarimiz ro‘yobi bo‘lgan farzandimizning o‘sib-ulg‘ayishi uchun, naslnigina emas, ezgu orzularni ham davom ettiradigan bo‘lishi uchun jon kuydirishimiz zarur. Bugungi kunning yangi talablari asosida ta’lim jarayonida, turli tadbirlar, rituallar orqali o‘quvchilarda milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi shakllantiriladi. Ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy g‘oyani singdirishning differensial pedagogik-psixologik dasturlarini va yangi pedagogik texnologiyalarini yaratish o‘quvchi- yoshlarda: mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirish; yon-atrofdagi voqealarga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish; faol fuqarolar harakatini shakllantirish; o‘ziga ishonchni mustaxkamlash; tarixiy tafakkurini boyitish; milliy g‘ururimiz manbai bo‘lgan intellektual salohiyatni shakllantirish; ayrim ommaviy axborot vositalaridagi axloqsizlik targ‘iboti, o‘zining demokratiya modelini olg‘a siljitishning asl maqsad- muddaolarini tushuntirish; mafkuraviy immunitetni mustaxkamlash; ongli yashashga o‘z aqli va fikriga, ezgu, insoniy mafkuraga, aniq, milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish; milliy g‘oyaga qiziqishlarini oshirishga imkon beradi. 49 ` Milliy g‘oya yoshlarimizning maqsadi, xatti-harakatlarining ma’naviy asosiga aylantirilgandagina samarali bo‘ladi. Bu-eng avvalo fikr tarbiyasidir. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadir», bu vazifaning muvaffaqiyatli ado etilishi yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. O‘qituvchi-muallimlar yoshlarni turli yomon ta’sirlardan asrashda axloqiy qadriyatlardan foydalanishlari va bunda axloqiy ta’sir ko‘rsatish texnologiyasini oqilona qo‘llashlari lozim bo‘ladi. Buning yo‘llari - o‘quvchi bilan munosabatda gumanistik tamoyillarni joriy etish, erkin fikr almashinish muhitining yaratilishi, «Yoshlar - yoshlarga» tamoyili asosida yoshlarni passiv tarbiya ob’ektidan o‘z- o‘zini tarbiyalashning aktiv sub’ektlariga aylantirishdir. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan vatanparvar yosh avlodlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz». Jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda o‘quvchi-talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirishni uzluksiz tarzda olib borish yuqori samara beradi. Yoshlarni imon-e’tiqodli, aql- zakovatli, irodasi mustahkam, bilimli va dono, o‘z yurti tarixi, milliy qadriyatlari hamda buyuk ajdodlar qoldirgan ilmiy va ma’naviy merosni ko‘z qorachig`iday saqlashga o‘rgatish oiladan, ota-onalar o‘gitlaridan boshlanib, balog‘at yoshigacha bo‘lgan davr va undan keyingi davrlarda ham izchil amalga oshirilishi lozim. Inson hayotining dastlabki davrlarida oddiy maslahatlar, savol-javoblar, shaxsiy ibrat vositasida amalga oshirilgan ish keyinchalik murakkab o‘qitish va tarbiya usullari yordamida, jumladan, interfaol usullar, breynshtorminglar vositasida amalga oshiriladi. Demak, g‘oyaviy tarbiyaning uzluksizligi barcha ishlarimizning izchilligi, hayotiyligi, ta’lim va ilm bilan uyg‘unligi, tizimliligi, shaxsga yo`nalganligi, milliy manfaatlar ustuvorligi, jamoaning tarbiyalovchi rolini kuchaytirish asosida ta’minlanadi. XXI asr avlodi yuksak texnologiyalar va axborot kommunikatsiyalari erasida kamol topmoqda. Mazmun-moh
Доказательный фрагмент
«Milliy g‘oya – jamiyatni birlashtiruvchi, fuqarolarda vatanparvarlik, ma’naviy yuksaklik, g‘urur va mas’uliyat hissini uyg‘otuvchi g‘oyaviy tizimdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMilliy g‘oya – jamiyatni birlashtiruvchi, fuqarolarda vatanparvarlik, ma’naviy yuksaklik, g‘urur va mas’uliyat hissini uyg‘otuvchi g‘oyaviy tizimdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, yoshlar, milliy ong, mafkuraviy xavfsizlik, Milliy g‘oya, mafkuraviy tarbiya, ma’naviyat, Vatanparvarlik, qadriyatlar, global tahdidlar., ta’lim tizimi
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
Международный журнал искусственного интеллектаYulchiyeva Dildora Khabibullayevna2025