Международный журнал искусственного интеллектаIsakov ZakirjonSolievich2025
KONVEYER TARANGLOVCHI VA TORTUVCHI BARABANLARIDA YUZAGA KELADIGAN TO‘XTALISHLAR SABABLARI
KELADIGAN TO‘XTALISHLAR SABABLARI · Adizov D.SH. · Nazarov T.A. · Mamasharifov B.R.
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tasmali konveyer barabanlarining turlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, tanlashdagi muhim omillar va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari keng yoritilgan. Barabanlar konveyer tizimining asosiy elementi sifatida tasmaning harakatini ta’minlash va uni tarang holda ushlab turish vazifasini bajaradi.Barabanlar tortuvchi, taranglovchi hamda yo‘naltiruvchi va buruvchi turlarga bo‘linadi. Tortuvchi barabanlar ishqalanish darajasiga qarab silliq, qoplangan yoki qirralari bo‘lgan ko‘rinishlarda ishlab chiqiladi. Taranglovchi barabanlar esa gravitatsion, vintli va gidravlik mexanizmlar asosida ishlaydi. Shuningdek, maqolada barabanlarning ishdan chiqishiga olib keluvchi mexanik va ekspluatatsion sabablar ham ko‘rib chiqilgan. Bularga noto‘g‘ri konstruksiya, yig‘ishdagi xatolar, noto‘g‘ri taranglik, ifloslanish va vaqtida texnik xizmat ko‘rsatmaslik kiradi. Barabanning sirpanishi, podshipniklar ishdan chiqishi va rezina qoplamaning yirtilishi kabi holatlar ham tahlil etilgan. Maqola konveyer tizimlari samaradorligini oshirish, ishonchlilikni ta’minlash hamda texnik xizmat ko‘rsatishning ahamiyatini tushunishga yordam beradi. Kalit so‘zlar. Baraban, qoplama, futerovka, keramika, rezina, poliuretan, tasma, vintli, gravitatsion. Kirish. Bugungi kunda butun dunyo miqyosida tasma konveyerlarning texnik va iqtisodiy samaradorligini oshirish, yuklarni togʻ-kon sanoatida xavfsiz va sifatli tashishni ta’minlash, shuningdek, konveyer tasmalariga va ularning asosiy qismlariga ta’sir etuvchi kuchlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan turli usullar ishlab chiqilmoqda. Konveyer tasmalarini yanada mukammal loyihalash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda asosan konveyerlarning ishonchliligini, chidamliligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlovchi qismlarda yuzaga keladigan nosozliklarni kamaytirish, texnik xizmat va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish hamda ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan izlanishlarga katta ahamiyat berilmoqda. Tahlil Tasmali konveyer barabanlari turlari: Tortuvchi baraban — bu elektr yoki mexanik dvigatel harakatini konveyer tasmasiga uzatuvchi asosiy element hisoblanadi. U butun tizimning samarali ishlashida muhim rol o‘ynaydi, chunki material yetkazib berish tezligi va konveyer ishining barqarorligi aynan shu elementga bog‘liq. Tortuvchi barabanlar quyidagi turlarga bo‘linadi: Taranglovchi baraban Taranglovchi baraban — bu konveyer tasmasining zarur tarangligini ushlab turuvchi muhim komponent bo‘lib, u tasmaning osilib qolishini oldini oladi va butun tizimning barqaror ishlashini ta'minlaydi. Ushbu elementning to‘g‘ri ishlab chiqilishi konveyerning xizmat muddatini uzaytirish va uning unumdorligini oshirish uchun juda muhim hisoblanadi. Taranglovchi barabanlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 55 ` Vintli taranglagichli — bu turdagi barabanlar taranglik darajasini aniq sozlash imkonini beradi, bu esa og‘ir va notekis taqsimlangan yuklar bilan ishlashda juda muhimdir. Ekspluatatsiya vaqtida tez va qulay sozlash imkoniyati konveyer tizimlarini samarali boshqarish imkonini oshiradi. 1-rasm. Taranglovchi baraban turlari. Tasmali konveyer barabanlarining ishdan chiqish sabablari mexanik va ekspluatatsion (foydalanishdagi) omillar kiradi. Mexanik sabablari Baraban elementlarining yeyilishi va shikastlanishi. Barabanning markaziy qismidagi qobiq (obechayka) ning yemirilishi yoki lobalar (disklar) bilan qobiq orasidagi payvand choklarining buzilishi. Noto‘g‘ri konstruksiya. Silliq (g‘adir-budir bo‘lmagan) yuzali barabanlardan foydalanish, bu ishqalanishni kamaytiradi va barabanning tezroq yeyilishiga olib keladi. Yig‘ish va o‘rnatishdagi xatolar. Val va barabanlarning o‘qlarining bir-biriga mos kelmasligi, bu tasmaning egilishiga va sirpanishga sabab bo‘ladi. Ekspluatatsion sabablari Tasmaning noto‘g‘ri tarangligi. Juda bo‘sh yoki ortiqcha tarang tasma sirpanishga va barabanlarning erta yeyilishiga olib keladi. Barabanlarning ifloslanishi. Tasma va baraban yuzasi orasida chang zarrachalari va boshqa elementlarning tiqilib qolishi, ular orasidagi ishqalanishni kamaytiradi, bu esa sirpanishga sabab bo‘ladi. Vaqtida texnik xizmat ko‘rsatmaslik. Muntazam tekshiruvlar va profilaktika ishlari muammolarni erta bosqichda aniqlash va bartaraf etishga yordam beradi. Tasmali konveyer barabanlarining ishdan chiqish sabablari 20% 43% 16% 14% 7% Baraban elementlarining yeyilishi Noto‘g‘ri konstruksiya Tasmaning noto‘g‘ri tarangligi Barabanlarning ifloslanishi Vaqtida texnik xizmat ko‘rsatmaslik 56 ` 2-rasm. Tasmali konveyer barabanlarining ishdan chiqish sabablari Xulosa Tasmali konveyer barabanlari konveyer tizimlarining muhim elementlaridan biri bo‘lib, ularning ishonchliligi va texnik holati butun tashish jarayonining samaradorligi va xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Barabanlarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari to‘g‘ri tanlanmasa yoki ularga vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmasa, turli nosozliklar yuzaga keladi. Mexanik va
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tasmali konveyer barabanlarining turlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, tanlashdagi muhim omillar va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari keng yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tasmali konveyer barabanlarining turlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, tanlashdagi muhim omillar va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- poliuretan, gravitatsion., rezina, qoplama, keramika, futerovka, tasma, vintli, Baraban
Смежные источники
Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Международный журнал искусственного интеллектаSadikova Shahnoza Shuxrat qizi2025
Международный журнал искусственного интеллектаYulchiyeva Dildora Khabibullayevna2025