К содержанию
РецензированоUZ2004

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOBXONLIKKA O‘RGATISHNING AHAMIYATI

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI · KITOBXONLIKKA O‘RGATISHNING AHAMIYATI · Asrolova Muhayyo Olim qizi

Для учителей · 2004

Аннотация

The article presents information on methods of teaching preschool children to read, on the high level of development of language, thinking and emotional intelligence in children who are read to at an early age. The study also recommends strategic approaches to the formation of a reading culture in preschool education. Keywords: children’s literature, picture books, illustration, cognitive development, empathy, emotional development. Kattalar bilan birgalikda kitob o‘qish – so‘z boyligini va til o‘rganish jarayonini kuchaytirish bilan birga, hissiy yaqinlik va kognitiv faollikni ham oshiradi. . Kitob bolalarning hayotini aks ettiruvchi oyna va boshqa madaniyatlarni tanishtiruvchi deraza bo‘lib xizmat qiladi. Kitob bilan doimiy aloqada bo‘lgan bolalarda esa o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq, tanqidiy fikrlash, tildan ongli foydalanish, va matnni tushunish kabi kompetensiyalar shakllanadi. Bu nuqtai nazardan qaraganda, o‘qish oddiy savod o‘rgatish faoliyati bo‘lib qolmay, balki interaktiv, va rivojlantiruvchi vositaga aylanadi. Jalongo (2004) ta’kidlaganidek, bolalarga ovoz chiqarib kitob o‘qib berish – bu iliqlik, ifoda va insoniy aloqani o‘zida mujassam etgan kuchli harakatdir. Nevrologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolaning miyasining 90%i besh yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Bu vaqt davomida miya tashqi ta’sirlarga nihoyatda sezuvchan bo‘lib, bu davr til va kognitiv stimulyatsiya uchun eng maqbul davr hisoblanadi. Bolalarga bu davrda kitob o‘qib berish uning nutqini va tushunish qobiliyatini oshiradi, xotiradagi neyron yo‘llarni mustahkamlaydi. 2019-yilda Logan tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bolaga kichik yoshda kitob o‘qib berish uning kelgusidagi o‘quv faoliyati va kognitiv salohiyati va ijtimoiy-emotsional rivoji uchun hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, har kuni atigi bitta rasmli kitob o‘qilgan bola yil davomida taxminan 74-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 105 Ustozlar uchun pedagoglar.org 78 000 yangi so‘z bilan tanishadi. Bu bilimlar yillar davomida to‘plana borib, maktabga brogan paytda kitob o‘qib berilgan bolalar kitob o‘qib berilmagan tengdoshlariga nisbatan 1,4 millionta ko‘proq so‘zni eshitgan bo‘ladi. Ushbu “million so‘zli farq” esa bolaning og‘zaki va yozma nutqi, maktabga tayyorgarligi va kelgusidagi yutuqlariga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. MRI tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, informatsiyani bosma materiallar, kitoblar orqali oladigan bolalarda vizual tasavvur va tushunishga yordam beruvchi miya to‘qimalarida faollik kuchaygan. 6Aksincha, raqamli mediaga mukkasidan ketgan olalarda savodxonlik uchun muhim bo‘lgan miya qismlarining yupqalashishi kuzatilgan. Kognitiv rivojlanishidan tashqari, o‘qish bolaning ijtimoiy-hissiy o‘sishiga ham kata hissa qo‘shadi. Kitoblar bolalarga his-tuyg‘ularni tushunish, ifodalash va boshqarishda yordam beradi. Kitoblar hissiy o‘rganish vositasi sifatida xizmat qilib, hikoyalar orqali bolalarga quvonch, qo‘rquv, g‘azab, hasad yoki hamdardlik holatlarini tushuntiradi. Jalongo kitoblarni bolalar uchun “hissiy laboratoriya” deb ataydi. Qahramonlarning histuyg‘ ulari va ularning muammoarni qanday hal qilishini kuzatish orqali bolalar o‘z histuyg‘ ularini boshqarishni o‘rganadilar. Bundan tashqari, birgalikda kitob o‘qish bolada yaqinlari bilan iliqlikni va o‘ziga ishonch hissini shakllantiradi Bunday hissiy jihatdan oziqlantiruvchi tajribalar chidamlilik, empatiya va ijtimoiy qobiliyatni rivojlantiradi. Kitoblar turli madaniyatlar, turlicha turmush tarzi va tajribalar bilan tanishtirib, globallik tushunchasini va inklyuzivlikni kuchaytiradi. Bu kabi tasvirlar bolalarda o‘zini boricha qabul qilish hissini qaror toptirib, boshqalarga nisbatan hurmatni kuchaytiradi. Empatiya, o‘qish orqali rivojlanganida, nafaqat shaxsiy munosabatlar uchun, balki jamoaviy ta’lim muhitida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bolalar uchun badiiy asar tanlash jarayonida faqatgina mavzuning dolzarbligi yoki illyustratsiyalarning estetik jihatdan chiroyliligi yetarli bo‘lmaydi. Asarning mazmuni, asar tilining ravonligi, bolaning yoshiga mosligi hamda madaniy kontekst bilan uyg‘unligi kabi omillar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aks holda, stereotiplarga asoslangan, bolani ishontira olmaydigan, bolada hech qanday hissiyot uyg‘otmaydigan yoki noto‘g‘ri axloqiy signal beruvchi matnlar bolada noto‘g‘ri tasavvurlar shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zero, bolalar kitoblari ular uchun dunyoni anglash, hayotiy tushunchalar va qadriyatlarni shakllantirishda vosita vazifasini bajaradi. Shu bois, ushbu asarlarda tasvirlangan syujetlar, xarakterlar va yakunlar ijobiy, tushunarli va rivojlantiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur. Bank Street College of Educationda o‘tkazilgan tadqiqotda ta’kidlanganidek, sifatli bolalar adabiyoti bir necha asosiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: mantiqiy, aniq va izchil syujet tuzilmasi, boy va obrazli tili, orginal va turfa xarakterdagi qahramonlar, bolalarning kundalik hayot

Доказательный фрагмент

«The article presents information on methods of teaching preschool children to read, on the high level of development of language, thinking and emotional intelligence in children who are read to at an early age.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents information on methods of teaching preschool children to read, on the high level of development of language, thinking and emotional intelligence in children who are read to at an early age. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
children’s literature, picture books, illustration, cognitive development, Kalit so‘zlar: bolalar adabiyoti, hissiy rivojlanish., empatiya, illustratsiya, rasmli kitoblar, kognitiv rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники