Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA FILOLOGIYA FANLARINI O‘QITISH MASALALARI
O‘QITISH MASALALARI · Xaydarova Munira O‘tkir qizi · ÖĞRETİMİNİN SORUNLARI · Haydarova Münire Otkır’ın kızı · В ЭПОХУ ЦИФРОВИЗАЦИИ · Хайдарова Мунира Уткир кизи
Для учителей · 2026
Аннотация
The analysis of problems, opportunities and prospects in the field of philology is considered important in the organization of the educational process in the era of digitization. The study shows the importance of the process of introducing digital technologies in linguistics, translation studies and literary studies. In addition, special attention was paid to the issues of intensive teaching of foreign languages, and instructions were given on how to use video, audio and text formats involved in the course of the lesson. Keywords. Digitization, philological issues, linguistics, literary studies, translation studies, translation technologies. Bugungi raqamli asrda barcha fan sohalari tubdan o‘zgarish va yangilanish yo‘lidan bormoqda. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi natijasida insoniyat taraqqiyotining barcha jabhalarida raqamlashtirish jarayoni faol amalga oshirilmoqda. Filologiya ta’lim yo‘nalishi ham bu jarayondan mustasno emas. An’anaviy til va adabiyotshunoslik tarmoqlari yangi texnologiyalar bilan boyib, raqamli muhitda yangi ilmiy yo‘nalishlar yuzaga kelmoqda. Ushbu maqolada raqamlashtirish davrida filologiya fanida yuzaga kelayotgan imkoniyatlar, muammolar hamda istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim – bu ta’lim jarayonini yanada samarali va qulay qilish maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalar va vositalardan foydalanishdir. U o‘z ichiga elektron o‘qitish, masofaviy kurslar, virtual sinfxonalar, turli o‘quv dasturlari hamda interaktiv multimedia resurslari kabi ta’limning texnologik ko‘rinishlarini oladi. Raqamli ta’limning afzalliklari ko‘p bo‘lib, ulardan eng muhimi – keng ko‘lamda foydalanish imkoniyati, moslashuvchanlik, individual yondashuv asosida ta’lim olish va istalgan vaqtda, istalgan joyda o‘quv materiallariga erkin kirish imkonidir. Shuningdek, bu ta’lim turi videodarslar, interaktiv testlar hamda virtual tajribalar orqali bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishga, tushunishga va yodda saqlashga yordam beradi. Raqamli ta’lim, bundan tashqari, guruh bo‘lib o‘rganish, xalqaro miqyosda aloqa o‘rnatish va raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ham qulay sharoit yaratadi. O‘qituvchilar esa ta’limni yanada interaktiv va jalb etuvchi tarzda tashkil etish, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish hamda tezkor fikr-mulohazalar taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar [2, 120 b]. Zamonaviy texnologiyalarning tezkor taraqqiyoti natijasida filologiya sohasi ham nazariy, ham amaliy jihatdan raqamli vositalar, kompyuter ilovalari va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yangicha tus olmoqda. Bu holat til, adabiyot va madaniyatni o‘rganish uslublari, ularni taqdim etish shakllari hamda ilmiy metodologiyada yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlar eshigini ochadi. Filologik izlanishlarda raqamlashtirish muhim o‘rin egallab, bu til korpuslari, lingvistik ontologiyalar, avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari va raqamli madaniy meros loyihalari orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston misolida, milliy til korpusi hamda lingvistik manbalarni shakllantirish orqali davlat tilining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va raqamli platformalardagi ishtirokini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bundan tashqari, “Filologiya masalalari” kabi ilmiy nashrlar hamda xalqaro ilmiy yig‘inlar mazkur sohadagi o‘zgarish va yangiliklarni nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda. Ushbu maqola raqamli transformatsiya sharoitida filologiya yo‘nalishining dolzarb muammolarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ilmiy-metodik yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda raqamlashtirishning milliy va xalqaro filologik rivojlanishdagi o‘rni atroflicha tahlil etiladi [1, 618 b]. Filologiya – bu inson tilini, adabiyotini, madaniyatini o‘rganadigan fanlar majmuasidir. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan bu fan zamon bilan hamnafas bo‘lishi uchun zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga majbur. Bugungi raqamlashtirish jarayoni filologiyaning har bir bo‘limiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari elektron shaklga o‘tkazilmoqda, tilshunoslikda esa korpus lingvistikasi orqali til birliklari chuqur tahlil qilinmoqda. Ilgari faqat qo‘lyozma yoki bosma shaklda 718 mavjud bo‘lgan adabiy meros namunalarini raqamlashtirish orqali ularni keng jamoatchilikka yetkazish mumkin bo‘ldi. Masalan, “Kitob.uz”, “Ziyonet” platformalari orqali o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Undan tashqari Frazeologik birliklar ko‘pincha so‘zma-so‘z tarjima qilinadi, natijada madaniy konnotatsiyalar, obrazlilik va mazmun yo‘qoladi. Bu esa tarjimashunoslikning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Raqamlashtirish davrida filologiya fani yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayon filologik tadqiqotlarni chuqurlashtirish, ta’lim sifati va manbalarga kirish
Доказательный фрагмент
«The analysis of problems, opportunities and prospects in the field of philology is considered important in the organization of the educational process in the era of digitization.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe analysis of problems, opportunities and prospects in the field of philology is considered important in the organization of the educational process in the era of digitization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Digitization, philological issues, linguistics, literary studies, translation studies, Kalit so‘zlari. Raqamlashtirish, filologik masalalar, tarjima texnologiyalari., tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945