К содержанию
РецензированоRU2026

“QISSASI RABG‘UZIY” ASARIDA PAYG‘AMBARLAR TASVIRINI BERISHDA ADIBNING TASAVVUR KUCHI VA MAHORATI

Qahramonova Maftuna O‘tkirovna · Imomqulova Gulchehra Norboboyevna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Kahramanova Maftuna Utkirovna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Imomkulova Gulchehra Norboboyevna (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Кахрамонова Мафтуна Уткировна (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi) · Имомкулова Гулчехра Норбобоевна (студентка Узбекско-Финского педагогического института)

Для учителей · 2026

Аннотация

В статье представлено краткое содержание произведения “Кисаси Рабгузи”, а также анализ и характеристика отдельных рассказов. Кроме того, рассматривается художественная ценность произведения и выражено авторское мнение по поводу некоторых повествований. Ключевые слова. Xамд и на’т, литературная ценность, суннатские обряды, обязанности верующего. THE WRITER’S IMAGINATION AND SKILL IN PORTRAYING THE PROPHETS IN “THE STORY OF RABGUZ” Kakhramonova Maftuna Utkirovna, Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute Imomkulova Gulchehra Norboboevna, scientific supervisor, assistant of the department of Uzbek language and literature 550 Annotation. This article provides a brief overview of "Qissasi Rabghuzi" and presents the analysis and description of selected stories. Additionally, it explores the literary value of the work and shares personal reflections on some of the narratives. Keywords. Hamd and na’t, literary value, Sunnah practices, obligations of a believer. Xorazmlik mashhur shoir va yozuvchi mutafakkir Nosiruddin Rabgʻuziyning eng yirik asarlaridan biri “Qisasi Rabgʻuziy” hisoblanib bu asar turkiy adabiyotning nodir va betakror namunasidir. Islom dinining tayanchi boʻlgan Qur’oni karimdan ilhomlangan holda hamda ushbu kitobga asoslangan holatda yozilgan “Qissasi Rabg‘uziy” asarida har bir mavzuga alohida toʻxtalib oʻtilib, har qaysi ishda oʻzgacha hikmat borligi uqtirilgan. Asar Allohga hamd bilan boshlanadi, soʻngra na’t qismi keltirib oʻtiladi. Asarning oʻziga xosligi voqealarning sodda va ravon tilda berilganligi hamda qissada keltirilgan barcha ma’lumotlarning ishonchli ekanligidan iborat. Asarda 72 hikoyat mavjud boʻlib, ular 33 paygʻambar va muhim tarixiy shaxslar haqida hikoya qiladi. Qissadagi hikoyatlarda paygʻambarlar ularning hayoti, koʻrgan kechirganlari, mashaqqatli yoʻllarni, turli sinovlarni qanday yengib oʻtgani toʻgʻrisida soʻz boradi. Jumladan, Shis alayhissalom qissasiga toʻxtaladigan boʻlsak, Shis paygʻambar umri davomida boʻzchilik bilan shugʻullanadi. Shis butun hayoti mobaynida kishilarni Haq taologa ibodat qilishga undashiga qaramasdan, vafotidan soʻng insonlar butga topinadigan boʻlib qoladilar. Qolaversa, qissada toki Qiyomatga qadar Jannatdan muqim oʻrin topgan Idris alayhissalom rivoyati ham keltirib oʻtiladi. Idris paygʻambar oʻzining ustomonligi hamda aql-zakovati tufayli Jabroil alayhissalomni ham hayratda qoldiradi hamda ushbu ehtiromga sazovor boʻladi. Shuningdek, ”Qissasi Rabgʻuziy” asarida kofir bilan musulmon hukmdorlar haqida ham aytib oʻtiladi. Xususan kofir podshohlar: Namrud alayhila’na va Buxtnasr ismli shaxslar boʻlsa musulmon sultonlar Sulaymon alayhissalom hamda Iskandar Zulqarnayndir. Lekin qissada kofir boʻlsa-da, Namrud podshoh Ibrohimga zulm qilishni istamaydi, nomaqbul ishlarni oʻziga ep bilmaydi va asarning ayni shu oʻrnida ushbu oqilona aytilgan hikmatli soʻzga koʻzimiz tushadi: ”Adl qilgan kofir bilan mulk boqiy qolar, ammo zulm qilgan moʻmin bilan mulk boqiy qolmas”. Biroq koʻp oʻtmay Shayton Namrudni yoʻldan uradi va shu tariqa u tangri bilan bellashmoqqa jazm etadi bu bilan u ayovsiz oʻlim topadi. Qissani boshqa tomondan olib qarasak va oʻzgacha urgʻu bersak, hamda ushbu asar qunt qilib oʻqib chiqilsa, musulmonlar majburiyati hisoblangan amallarning koʻpchiligi paygʻambar-lardan sunnat boʻlib qolganligini guvohi boʻlishimiz mumkin. Masalan Haj amalini oʻtayotgan hojilarga shaytonga tosh otmoqlik marosimi Ibrohim alayhissalomdan qolgan boʻlib, paygʻambar oʻgʻli Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilishga ketayotgan paytlarida shayton ularni yoʻldan urmoqchi boʻlganda ikki paygʻambar tomonidan toshlar yogʻdirilgan. Qolaversa, Shis alayhissalomdan moʻminlarga marhumlarni suv birla poklamoqlik shu tariqa kafanga oʻrab soʻngra janoza namozi oʻqimoqlik sunnat amal boʻlib qolgan. Asardagi eng koʻp tilga olingan paygʻambar bu Yusuf alayhissalomdir. U paygʻambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vasallamgacha boʻlgan paygʻambarlar orasida oʻzining goʻzal husni shuningdek, solih fe’l atvor egasi ekanligi bilan hurmat topgan. Yusuf Robbimizdan kelgan har bir sinovni yuksak sabr bilan yengib oʻtadi, hattoki oʻz nafsini ham yenga oladi . U Alloh amriga hech qachon qarshi chiqmaydi va shu tariqa saodatga erishadi. Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud boʻlib ulardan biri Luqmon alayhissalom voqeasidir. Xulosa qilib aytganda, “Qisasi Rabgʻuziy” asari bugungi kunda ham oʻzining adabiy qiymatini yoʻqotmagan holda keng jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmay kelmoqda. Qissa ayniqsa XIII-XIV asrlar eski oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik sharofati bilan ushbu qissani o‘rganish jarayoni jadallashdi. Ushbu asarga oid izlanishlar davom etmoqda. Rabg‘uziyning payg‘ambarlar haqidagi qissalari ham badiiylik jihatdan ham til nuqtai nazardan katta yozma yodgorlikdir. 551 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Rabg‘uziy, N. Qissasi Rabg‘uziy. 1-kitob.T.”Yozuvchi” 1990-yil, 234-b. 2. Usmonov, M. (2020). Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” a

Доказательный фрагмент

«В статье представлено краткое содержание произведения “Кисаси Рабгузи”, а также анализ и характеристика отдельных рассказов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлено краткое содержание произведения “Кисаси Рабгузи”, а также анализ и характеристика отдельных рассказов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Hamd and na’t, literary value, Sunnah practices, obligations of a believer, adabiy qiymat, Kalit so‘zlar. Hamd va na’t, moʻmin majburiyatlari., sunnat amallar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники