К содержанию
РецензированоUZ2020

ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMASI: MUAMMOLAR, USULLAR VA MADANIY TAFOVUTLAR

Zamira Z.Tojiyeva · Najimova Ozoda Baxrom qizi

Исследователь · 2020

Аннотация

Mustaqillikka erishilgach, yurtimizda islomshunoslik, dinshunoslik sohalariga, shuningdek, arab tili va boshqa sharq tillari, sharq xalqlari madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, ushbu yo‘nalishlarda bir qancha tadqiqot ishlari olib borildi. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning jadallashuvi va takomillashuviga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan farmon va qarorlar ham turtki bo‘ldi. Bu sohada qator qonun hujjatlari va hukumat qarorlarini qabul qilinganligi fikrimizning yaqqol isbotidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyayevning 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-4680) qarorini qabul qilganlari yurtimizdagi sharq tillariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.1 Quyida maqolada arab tilidagi frazeologizmlarning o‘zbek tiliga tarjimasiga doir holatlarni ko‘rib chiqamiz. Arab tili qadimiy va ko‘p sonli xalqning tili ekanlgi barchaga ayon. Ekvivalenti bo‘lmagan frazeologik bırlıklarını tarjima qilishda biz kuzatish, tavsifiy tarjima, leksik tarjima va qo‘shma tarjima usullaridan foydalanamiz. “Idiomatik kuzatishlar o‘zlashtirilgan til orqali chet tili prototiplarining ( idiomatik bırlıklar) to‘liq yoki o‘zgartirilgan tuzilishi va ma’nosi natijasida vujudga keladigan frazeologik bırlıklardır. Ekvivalenti mavjud bo‘lmagan frazeologik birliklarni tarjima qilishda, iborani boshqa tarjima turlaridan foydalanib tarjima qilish mumkin bo‘lmaganda yoki boshqa tilda bir xil ma’noga ega frazeologik bırlık mavjud bo‘lsa-yu, lekin undan foydalanish iboraning buzilishiga olib kelsa, tarjima jarayonida 1 www.lex.uz https://scientific-jl.com 1 3 7 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali o‘z mazmunini yo‘qotadi. Bunday hollarda tarjimonda juda katta mahorat va tajriba talab qilinadi va tarjimon idiomatik kuzatish orqaligina bu muammoga yechim topa oladi. Qo‘shma tarjima jarayonida esa asl frazeologik birlikning boshqa tildagi ma’nosini to‘liq yetkazish va uni tarjima qilish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni taqdim etish muhimdir. Odatda, qo‘shma tarjimadan foydalanilganda frazeologik birlikni tushuntiruvchi tavsifiy tarjima berilishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin arab tilidagi frazeologik birliklarini o‘zbek tiliga tarjima qilayotganda kontekstni tahlil qila bilish, tarjima qilinayotgan xalqning tarıxı, madaniyatı, turmushi va urf-odatlarini chuqur o‘rganish, shuningdek frazeologik birlikni o‘z tiliga tarjima qila olish lozim. R.A.Yusupov esa o‘zining tadqiqotlarida ekvivalenti bo‘lmagan frazeologik birliklarga: “Boshqa til modeli asosida ilgari noma’lum bo‘lgan tushunchani belgilash” deb ta’rif beradi.2 Shuningdek ularni ma’no jihatidan guruhlari, tuzilishiga ko‘ra usullari va tarjima qilish usullari kabilarga qarab ham tadbiq qilinadi. Ularni bilish iboraning asl mohiyatini tushunishda yordam beradi. Frazeologik iboralarning ma’no jihatidan quyidagi guruhlari farqlanadi: - Idiomatik frazeologizmlar (Idiomalar): Bu guruhdagi iboralar so‘zma-so‘z tarjima qilinganda mutlaqo boshqa ma’no kasb etadi va ularning ma’nosi butunlay o‘zgaradi. Masalan, “boshi osmonga yetdi” (juda xursand bo‘ldi), “qo‘li ochiq” (saxiy). Bunday iboralarning ma’nosi komponent so‘zlarining ma’nosidan kelib chiqmaydi. - Semi-idiomatik: ayrim komponentlarning leksik ma’nosi saqlanib qolgan, lekin ibora to‘liq ko‘chma ma’noni anglatadigan birliklar. Bu turdagi iboralar tarkibidagi so‘zlardan biri o‘z ma’nosini qisman yo‘qotgan bo‘ladi, lekin iboraning umumiy ma’nosini taxmin qilish mumkin. Masalan, “so‘z bermoq” (va’da bermoq), “e’tibor bermoq” (diqqat qilmoq), “ko‘z tashlamoq” (bir oz qaramoq). Bu yerda “bermoq” fe’li o‘zining “nimanidir birovga uzatmoq” ma’nosini to‘liq saqlamaydi. - Frazeologik qo‘shilmalar: Bu guruhga kiruvchi iboralar erkin so‘z birikmalariga juda o‘xshab ketadi, ammo ularning tarkibida bir so‘z o‘zining asl ma’nosini qisman saqlagan holda barqaror birikma hosil qiladi. Masalan, “ochiq eshik” (doim mehmonlarga ochiq), “qattiq non” (eski, qotib qolgan non). Bu turdagi iboralarda komponentlarning ma’nosi umumiy ma’noga nisbatan yaqinroq bo‘ladi. - Frazeologik ifodalar: Bu iboralar odatda aforizmlar, maqollar, hikmatli so‘zlar va qanotli iboralardan iborat bo‘ladi. Ular ko‘pincha o‘zgarishsiz ishlatiladi va ularning 2 Yusupov R.A. Rus va tatar tillarining leksik va frazeologik vositalari. – Qozon: Tatar. – 255b https://scientific-jl.com 1 3 8 64-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ma‘nosi odatda komponent so‘zlarning ma‘nosidan aniq bo‘ladi. Masalan, “Yetti o‘lchab bir kes” (biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak), “Bilim – kuch” (bilimning qadr-qimmati). Frazeologik iboralarning tuzilishiga ko‘ra usullari quyidagicha tavsiflanadi: - Sintaktik tuzilishga ko‘ra: So‘z birikmalari shaklida: Aksariyat frazeologik ib

Доказательный фрагмент

«Mustaqillikka erishilgach, yurtimizda islomshunoslik, dinshunoslik sohalariga, shuningdek, arab tili va boshqa sharq tillari, sharq xalqlari madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, ushbu yo‘nalishlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mustaqillikka erishilgach, yurtimizda islomshunoslik, dinshunoslik sohalariga, shuningdek, arab tili va boshqa sharq tillari, sharq xalqlari madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, ushbu yo‘nalishlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lmagan frazeologik, tarjima qilish, arab tili, zbekiston respublikasi, respublikasi prezidenti, arab tilidagi, zbek tiliga
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники