Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUVAYDO IJODIGA QUR’ON VA HADISLAR TA’SIRI
Zaripova Dilfuza Baxtiyorovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Xojanazar Huvaydoning adabiy merosi Qur’on oyatlari va hadislar asosida tahlil qilinadi. Muallif Huvaydo asarlarida islomiy manbalar, xususan, Qur’on va hadislarning badiiy va ma’naviy-ta’siriy qatlamini o‘rganadi. Adibning diniy bilimlarga ega bo‘lgani, shuningdek, diniy-ma’rifiy mazmundagi g‘oyalarni o‘z asarlarida teran yoritgani ilmiy asoslar bilan ko‘rsatib beriladi. Maqolada Huvaydoning “Rohati dil” asaridagi diniy terminlar, Qur’on qissalari, hadis mazmunlari bilan bog‘liq obrazlar misollar orqali tahlil etiladi. Bu yondashuv adibning ilohiy manbalar bilan bog‘liqligini ochib beradi va uning asarlarida Qur’oni karim va hadislarning ahamiyatini yoritadi. Kalit so‘zlar: Qur’on, hadis, tasavvuf, diniy obrazlar, g‘azal, diniy-ma’rifiy g‘oyalar, ilohiy manbalar. Har qanday zamonda ham farzand tarbiyasi tarbiyachilarning muqaddas burchi bo‘lib kelgan. Farzandning tarbiyasi ota-onadan katta jismoniy va ruhiy kuch talab qiladi. Farzand kamolotga yеtguncha tarbiyalash, turmush qurish, mustaqil hayotini yo‘lga qo‘yish, tinch va xotirjam yashash, o‘zini to‘g‘ri tutish bo‘yicha ota-ona maslahatlar berish kerak. Voyaga etgan bola esa ota-onasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatishi kerak. Agar ota-onalar kasal bo‘lib qolsa, bolalar har doim mehribon bo‘lishlari va bemor uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishlari kerak. Huvaydo aytganidek, insonning ota-onasi oldidagi xizmatini faqat qarzini qaytarish ehtiyoji deb hisoblash mutlaqo noto‘g‘ri. “Ota-onasini kim og‘ritibdur Xudoning rahmatidin benasibdur” (“Rohati dil”. –B.69) (Kim ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u kishi Xudoning rahmatidan benasib bo‘ladi”. Bu – ota-onaga hurmat qilish, ularni xafa qilmaslik haqida ogohlantiruvchi hikmatli so‘zdir. Ota-onaning roziligi Xudoning roziligidir, degan yuksak axloqiy qadriyatni aks ettiradi. “Ota-onasini og‘ritgan ummat, Alar hargiz behisht diydori ko‘rmas”. (“Rohati dil”. –B.69) https://scientific-jl.com 2 8 8 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali (Kimki ota-onasini ranjitgan bo‘lsa, u kishi hech qachon jannatni ko‘rmaydi). “Bo‘lubdur volidam ham saxti noxush, Alarning boshlarin olub ba og‘ush. Alarga dam-badam men suv berurman, Necha kundur bu xizmatni qilurman, Haqqi manda alarming qolmag‘ay deb, Mabodo rozi mandan bo‘lmag‘ay deb, Dedi payg‘ambari bahri shafoat, Muningdek aylasang sad sol xizmat, Ado bo‘lmasturur o‘ndan birisi, Alarning rizosi, Tangri rizosi”. (“Rohati dil”. –B.56) (Onam og‘ir kasal bo‘lib qoldi, boshlarini quchoqlab yig‘ladim. Har daqiqa suv berdim, qarzdor qolmayin deb, mendan rozi bo‘lsin deb, qancha kun qaradim. Payg‘ambar dedi: “Yuz yil xizmat qilishing kerak, bu xizmating o‘ndan biriga ham еtmaydi”,− dedi. Ota-onaning roziligi Allohning roziligidir). Huvaydo ota-onaga xizmat qilish yuksak axloqiy fazilat ekanligini tinimsiz singdirib boradi, ularni hamisha bir-birini sevishga chorlaydi. Qur’oni karimda ota-ona roziligi eng muhim axloqiy va diniy burchlardan biri sifatida ta’kidlanadi. Alloh taolo bir necha oyatlarda O‘ziga ibodat qilish bilan bir qatorda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, ota-onaga hurmat va itoat, ularning roziligini olish – islom dinida eng yuksak fazilatlardan biridir. Quyida Qur’onda ota-ona roziligi haqida aytilgan asosiy oyatlar keltiriladi: “Rabbing faqat O‘zigagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi...” (Isro surasi, 23-oyat) Bu oyatda Allohga ibodat qilish va ota-onaga yaxshilik qilish yonma-yon tilga olinmoqda – bu ulug‘lik va muqaddaslik darajasini ko‘rsatadi. “...Ularning biri yoki har ikkisi huzuringda qarilikka еtsa, ularga “uf” (deyish) ham demang, ularni jerkimang va ularga yumshoq, go‘zal so‘z ayting!”(Isro surasi, 23-oyat). Bu oyatda ota-onaga hatto “uf” degan eng yеngil e’tirozli so‘z aytish ham man etilmoqda. Bu ota-onaga nisbatan muloyimlik va hurmatning eng yuksak darajasini talab qiladi. “Va ularga rahm qilgin, meni kichikligimda parvarish qilganlaridek (deya duo qilgin”(Isro surasi, 24-oyat).Bu oyatda ota-onani hurmat qilish bilan birga ular uchun rahmat tilash, ularning mehnatini qadrlab duo qilish buyriladi. Qur’oni karimda ota-onaning roziligi – Ollohning roziligi bilan bog‘langan. Ularning xizmatini qilish, duo qilish, ularni hech ranjitmaslik, ayniqsa, qariganda g‘amxo‘rlik qilish – musulmonning asosiy burchlaridandir. Ota-onani ranjitish esa og‘ir gunoh hisoblanadi. https://scientific-jl.com 2 8 9 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Hadislarda ham ota-ona roziligi haqida juda ko‘plab ta’kidlar mavjud bo‘lib, ularning mazmuni shuni anglatadiki: Ollohning roziligi ota-onaning roziligi bilan, Ollohning g‘azabi esa ota-onaning g‘azabi bilan bog‘liqdir. Quyida eng mashhur va mazmunli hadislardan namunalar keltiramiz: “Allohning roziligi ota-onaning roziligidadir, Allohning g‘azabi esa ota-onaning g‘azabidadir”. Bu hadis ota-onani rozi qilish orqali Allohni rozi qilish
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Xojanazar Huvaydoning adabiy merosi Qur’on oyatlari va hadislar asosida tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Xojanazar Huvaydoning adabiy merosi Qur’on oyatlari va hadislar asosida tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- g‘azal, diniy obrazlar, tasavvuf, hadis, diniy-ma’rifiy g‘oyalar, ilohiy manbalar., Kalit so‘zlar: Qur’on
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026