К содержанию
РецензированоUZ2026

YASHIL MAKONGA O’TISHNING UGLEROD NEYTRALLIGIGA TA’SIRI

Rahimova Hilolaxon · Xabibullayev Ne’matillo (“Central Asian Medical University”)

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi global muammo ekologiyaga mlrdlab tonna zarar keltirayotgan uglerod ta’siri va uni oldini olish, shuningdek yashil iqtisodiyotga o’tishning foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. KALIT SO’ZLAR: Iqlim muammosi, Lancet, CKD, KOAH, Ozon qatlami, Infraqizil nurlar, Kognitiv kasallik, Parkinson kasallik. Jazirama kunlarda hammamiz global isish haqda ko‘p o‘ylaymiz, kelajak haqida qayg‘uramiz. Biroq ob-havoning so‘nggi davrlardagi bunday injiqliklarini umumiy qilib «iqlim o‘zgarishi» deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ob-havo nafaqat yozgi kunlarda, balki qishda ham o‘z injiqliklarini ko‘rsatmoqda. Yer sayyorasining harorati 1 °C ga oshgan. Bu raqam sezilarli emasdek ko‘rinishi mumkin, ammo unga sayyora yuzasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qaraydigan bo‘lsak, o‘zgarish katta ekanligini, oqibatda muzliklar eriyotganini va dengizlar darajasining keskin ko‘tarilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Agar issiqxona gazlarining tarqalishi to‘xtamasa, olimlar Yer sayyorasi o‘rtacha haroratining 4 °C ga oshishini prognoz qilishmoqda. Bu esa quruqlikning katta qismini inson hayoti uchun yaroqsiz holga keltirib qo‘yadi.Bunga ishonish qiyin, lekin insoniyat issiqxona effekti haqida bir asrdan ko‘proq vaqt davomida xabardor. XIX asrda olimlar ayrim gazlarning Yerdan chiqadigan issiqlikni ushlab turishini va ularning yordamisiz bu issiqlik koinotga chiqib ketishini aniqlashdi. Bu jarayonda asosiy rolni karbonat angidrid o‘ynaydi: usiz sayyora muzlagan cho‘lga aylangan bo‘lar edi. 1896 yilda issiqxona gazlari konsentratsiyasining oshishi sababli sayyoradagi haroratning oshishi haqida ilk bor bashorat qilingan. Bugungi kunda ularning atmosferadagi soni sanoat inqilobidan oldingi davrga nisbatan 43% ga oshdi va Yerning o‘rtacha harorati olimlar bashorat qilgan qiymatgacha oshdi. https://scientific-jl.com 1 5 1 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasining oshayotgani uchun aynan inson javobgar deya ta’kidlash mumkinmi? Albatta. Sanoat issiqxona gazlari tarqalishining ulushini aniqlash uchun radioaktiv nurlanishdan foydalanilgan tadqiqotlar kabi ishonchli dalillar mavjud. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha gaz inson faoliyatining natijasidir. Karbonat angidrid darajasi har doim tabiiy ravishda ko‘tarilgan va tushib ketgan, ammo bu o‘zgarishlar minglab yillar davom etgan. Geologlarning ta’kidlashicha, odamlar iqtisodiy faoliyat davomida karbonat angidridni atmosferaga tabiatdan ko‘ra ko‘proq intensiv ravishda chiqaradi. Olimlarning ta’kidlashicha, yaqin 25−30 yil ichida iqlim yanada issiqlashadi va ob-havo sharoiti keskinlashadi. Marjon qoyalari va boshqa zaif yashash joylari allaqachon yo‘q bo‘lib keta boshladi. Atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilari nazoratsiz ravishda tarqalishda davom etsa, olimlar buning uzoq muddatli jiddiy oqibatlarga olib kelishidan qo‘rqishmoqda: bular, dunyo tartibining buzilishi, keng ko‘lamli migratsiya, Yer tarixidagi o‘simliklar va hayvonlarning oltinchi ommaviy yo‘q bo‘lib ketishining tezlashishi, muzliklar erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi va dunyoning qirg‘oqbo‘yi shaharlarining ko‘p qismini suv bosishi kabi oqibatlardir. Dengizlar sathi qanchalik ko‘tarilishi mumkin «Qanchalik o‘sishi» emas, qanchalik tez o‘sishi ahamiyatliroq. Dengiz sathi keskin sur’atlarda ko‘tarilmoqda va hozirda har 100 yilda 0,3 metr tezlik bilan ko‘tarilmoqda, bu hukumatlar va mulk egalarini qirg‘oq eroziyasiga qarshi kurashish uchun o‘nlab milliard dollar sarflashga majbur qilmoqda. Ammo bu tendensiya o‘zgarmasa, bunday o‘sish oqibatlarini nazorat qilish mumkin, deydi ekspertlar. Biroq, xavf shundaki, dengiz sathining ko‘tarilishi davom etaveradi. Yer tarixini o‘rganuvchi olimlar, eng yomon holatda, garchi bu ehtimoldan yiroq bo‘lsa-da, o‘n yil ichida suv yarim metrga ko‘tarilishiga ishonishadi. Ko‘pgina ekspertlarning fikricha, ertaga issiqxona gazlari chiqindilari to‘xtagan taqdirda ham, dengiz sathining 4−6 metrga ko‘tarilishi muqarrar va bu ko‘plab shaharlarni suv bosishi uchun yetarli. Albatta, agar ularni himoya qilish uchun trillionlab dollar sarflanmasa. Bu qancha davom etishi noma’lum. Ammo agar bu shunday davom etsa, u oxir-oqibat 24−30 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Nima qilishimiz mumkin.Muammoning yechimi bormi? Bor, lekin qarorlar juda sekin qabul qilinmoqda. Insoniyat uzoq vaqt davomida hech qanday chora ko‘rmadi, shuning uchun olimlarning fikriga ko‘ra, hozirda vaziyat umid baxsh etmaydi. Ammo Yer yuzida qazib olinadigan yoqilg‘i bor ekan, harakat qilish uchun hali ham kech emas. Atmosferaning qizishi faqat issiqxona gazlari chiqindilari nolga tushirilganidagina, potensial boshqarilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichga keladi. Yaxshi yangilik: avtomobillar uchun yoqilg‘i tejamkorligi standartlari, jiddiy qurilish qoidalari va elektr stansiyalari uchun emissiya chegaralari kabi dasturlar natijasida hozirda ko‘plab mamlakatlarda gaz chiqindilari miqdori

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bugungi global muammo ekologiyaga mlrdlab tonna zarar keltirayotgan uglerod ta’siri va uni oldini olish, shuningdek yashil iqtisodiyotga o’tishning foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bugungi global muammo ekologiyaga mlrdlab tonna zarar keltirayotgan uglerod ta’siri va uni oldini olish, shuningdek yashil iqtisodiyotga o’tishning foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kognitiv kasallik, Infraqizil nurlar, Lancet, Parkinson kasallik., KALIT SO’ZLAR: Iqlim muammosi, Ozon qatlami, KOAH, CKD
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники