Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI GISTALOGIYA VA UNING TIBBIY TA'LIMDA QO'LLANISHI INTERAKTIV O'QUV MODULLAR SAMARADORLIGI
Ibragimova Ziyodaxon Jalolidinovna · FJSTI Gistalogiya · Rasulova Farzona G'ayratjon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
This scientific work extensively covers the concept of digital histology, its importance in medical education, and the effectiveness of interactive learning modules in the educational process. Today, digital technologies are rapidly entering all areas, in particular, the medical education system. The use of digital technologies in the study of histology, along with traditional microscopic methods, allows students to work with high-quality digital preparations, enlarge them, analyze them in different layers, and interactively observe dynamic processes. The study analyzed the effectiveness of interactive learning modules created on the basis of these modern capabilities. Keywords: Digital histology, Virtual microscope, Interactive learning module, Medical education, Digital preparation, Didactic efficiency, Multimedia technologies. Mavzuning dolzarbligi: https://scientific-jl.com 1 2 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Hozirgi davrda tibbiy taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanish keng quloch yozmoqda. Gistologiya fanida anʼanaviy mikroskopik darslar ko‘p hollarda talabalar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Raqamli gistologiya orqali yuqori aniqlikdagi slaydlar, interaktiv vizual materiallar yordamida o‘quv jarayonini soddalashtirish va samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Shuning uchun bu usulni tibbiy taʼlim tizimiga joriy qilish dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: Raqamli gistologiya asosida ishlab chiqilgan interaktiv o‘quv modullarining tibbiy taʼlimdagi samaradorligini baholash va ularning anʼanaviy o‘qitish usullariga nisbatan afzalliklarini aniqlash. Tadqiqot material va usullari: Tadqiqot Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining Pediatriya yo'nalishi, 1-kurs 53.24 va 54.24 guruh talabalar guruhi o‘rtasida olib borildi. Tajriba guruhiga raqamli gistologik slaydlar, virtual laboratoriyalar va interaktiv topshiriqlar asosida darslar o‘tilgan bo‘lsa, nazorat guruhi anʼanaviy usulda o‘qitildi. Har ikkala guruhga teng hajmdagi bilimlar berilib, yakuniy natijalar testlar, so‘rovnomalar va o‘quv faolligi tahlili asosida baholandi. Bugungi kunda tibbiy ta’lim zamonaviy texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib bormoqda. Shu jumladan, raqamli gistologiya (digital histology) - bu sohadagi katta yangiliklardan biri bo‘lib, u an’anaviy mikroskopik tahlilni virtual muhitga ko‘chiradi. Gistologik preparatlarning raqamli shaklga o‘tkazilishi, ularni turli kattalashtirish darajalarida onlayn ko‘rish imkoniyati va interaktiv funksiyalarning mavjudligi tibbiy ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda. Raqamli gistologiya yordamida o‘quvchilar endilikda mikroskopga muhtoj bo‘lmasdan, kompyuter yoki planshet orqali gistologik kesmalarni o‘rganishlari mumkin. Bu texnologiya o‘qituvchiga bir vaqtning o‘zida butun guruh bilan bitta preparatni muhokama qilish, kerakli joylarga izohlar qo‘yish va bilimlarni interaktiv shaklda yetkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, talabalar istalgan vaqtda, istalgan joydan dars materiallariga qayta murojaat qilishlari, mustaqil o‘rganish darajasini oshirishlari mumkin. An’anaviy mikroskopik mashg‘ulotlar esa vaqt va joy bilan chegaralangan bo‘ladi. Interaktiv modullar bu multimedia vositalari yordamida yaratilgan ta’limiy kontent bo‘lib, unda audio, video, animatsiya, testlar va interaktiv mashqlar mavjud. Ular talabada mustaqil fikrlash, tahlil qilish va eslab qolish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ayniqsa, gistologik preparatlar strukturasi, hujayralar joylashuvi yoki to‘qimalar farqini tushunishda animatsion vositalar juda katta yordam beradi. Ko‘pgina tibbiy universitetlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli gistologiya asosidagi interaktiv modullardan foydalangan talabalar, an’anaviy usulda o‘qigan guruhlarga nisbatan ko‘proq amaliy bilim va xotira samaradorligiga ega bo‘lgan. https://scientific-jl.com 1 3 64-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Tadqiqot natijalari: Raqamli modullar asosida taʼlim olgan talabalar o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha nazorat guruhidan sezilarli ustunlikni ko‘rsatdi. Tajriba guruhidagi talabalar o‘rtacha 22% yuqori natijaga ega bo‘lishdi. Ularda fan bo‘yicha qiziqish, amaliy ko‘nikmalar va mustaqil fikrlash darajasi oshgani kuzatildi. Xulosa: Raqamli gistologiya va interaktiv o‘quv modullari yordamida olib borilgan darslar tibbiy taʼlim samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu usullar talabalarning bilim darajasini oshiradi, o‘quv materiallarini vizual va interaktiv tarzda chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Shu sababli, raqamli o‘quv modullarini tibbiy taʼlim tizimiga keng joriy etish tavsiya etiladi. Shaxsiy fikrimga ko‘ra, raqamli texnologiyalar, ayniqsa gistologiya kabi murakkab va ko‘p tasvirli fanda o‘quvchilar uchun tushunishni osonlashtiradi. Interaktiv modullar yordamida talaba dars jarayonida faollashadi, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nik
Доказательный фрагмент
«This scientific work extensively covers the concept of digital histology, its importance in medical education, and the effectiveness of interactive learning modules in the educational process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific work extensively covers the concept of digital histology, its importance in medical education, and the effectiveness of interactive learning modules in the educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Digital histology, Virtual microscope, Interactive learning module, Raqamli preparate, Didaktik samaradorlik, Kalit so’zlar: Raqamli gistalogiya, Interaktiv o‘quv modul, Multimedia texnologiyalari., Tibbiy ta’lim, Virtual mikroskop
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945