Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILA A’ZOLARI O’RTASIDAGI MULKIY NIZOLAR VA SUD AMALIYOTI
Gulnoza Muxiddinova
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada oila a'zolari oʻrtasida yuzaga keladigan mulkiy nizolar turlari, ularning qonunchilikdagi tartibga solinishi va sud amaliyotidagi yechim uslublari yoritilgan. Ayniqsa, nikoh davomida orttirilgan mulk, ajrimdan keyingi boʻlishish, meros nizolari kabi holatlar huquqiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, mediatsiya, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va ijro jarayonlaridagi muammolar ham ko'rib chiqiladi. Muallif tomonidan mavjud muammolarga yechim sifatida huquqiy ongni oshirish va profilaktik yondashuvlar taklif etiladi. Aннотация: В данной статье рассматриваются виды имущественных споров между членами семьи, правовое регулирование таких конфликтов и практика их разрешения в судебной системе. Особое внимание уделено вопросам раздела совместно нажитого имущества супругов наследственным спорам и с медиации. Также обсуждаются сложности исполнительного производства. Автор предлагает повысить уровень правовой грамотности и расширить применение досудебных механизмов. Annotation: This article examines the types of property disputes among family members, their legal regulation, and resolution through court practice. Particular focus is placed on jointly acquired property during marriage, post-divorce division, inheritance disputes, and mediation. Challenges in enforcement procedures are also discussed. The author proposes enhancing legal awareness and encouraging preventive legal measures. Kalit so'zlar: Oila huquqi, Mulkiy nizolar, Meros nizosi, Nikoh davrida orttirilgan mulk, Fuqarolik kodeksi, Sud amaliyoti, Mediatsiya, Huquqiy ong Oilaviy munosabatlar nafaqat hissiy, balki mol-mulk bilan bog'liq huquqiy masalalarni ham o'z ichiga oladi. Ayniqsa, oxirgi yillarda oila a'zolari oʻrtasida yuzaga kelayotgan mulkiy nizolar sonining ortishi ushbu yoʻnalishda chuqur tahlil va huquqiy yondashuv zarurligini koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda bunday nizolar asosan nikoh davomida orttirilgan umumiy mulkni boʻlish, ajrashgan taraflar oʻrtasida mol-mulk taqsimoti, meros masalalari va uy-joydan foydalanish kabi holatlarda ko'p uchraydi. O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi bayon etilgan. Shu o‘rinda davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa https://scientific-jl.com 2 9 0 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi shart-sharoitlar yaratadi. Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, undagi barqarorlik davlat va xalq farovonligining asosi hisoblanadi. Biroq, har doim ham oilaviy hayot uzoq va baxtli davom etmaydi. Turli sabablar tufayli er-xotinlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelib, ajralish holatlariga olib keladi. Ajralishlar jamiyatda muhim ijtimoiy muammo hisoblanadi, chunki ular nafaqat ruhiy, balki huquqiy va iqtisodiy oqibatlarga ham olib keladi. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda 2023-yilda 49,200 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu ko'rsatkich 2022-yilga nisbatan biroz ko'proqdir. Hududiy statistika qaraydigan bo‘lsak, nikohdan ajralishlar soni bo'yicha Toshkent shahri yetakchilik qilgan. Xo‘sh buning sababi nimada? NClawyersforyou saytidagi maqolada keltirilishicha, odatda katta shaharlardagi ajrimlar soni mamlakat chekka hududlarida bo‘ladigan nikohdan ajralishlarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bunga shahar muhitida individualizmning ko‘proq rag‘batlantirilishi va ish va hayot o‘rtasidagi muvozanatning kamligi ko‘rsatilib o‘tilgan. Undan keyin o‘rinlarda Farg'ona va Andijon viloyatlari keladi. Eng kam ajrim esa Navoiy viloyatida kuzatilgan. Umumiy ko'rsatkich hududlar kesimida: Toshkent shahri – 6,169 ta. Farg'ona viloyati – 5,773 ta. Andijon viloyati – 5,480 ta. Navoiy viloyati – eng kam. Farzandli va farzandsiz ajralishlar: Farzandsiz ajralishlar – 24,576 ta (jami ko'rsatkichning 50%). Bir nafar farzand bilan ajralishlar – 13,610 ta (27.7%). Ikki va undan ortiq farzand bilan ajralishlar – 11,012 ta (22.3%). Yosh bo'yicha: Ajrashgan erkaklar o'rtacha 37.2 yosh, ayollar esa 32.8 yoshda bo'lgan. 35 yoshgacha bo'lgan ayollar ajralishlarda eng katta ulushni (62.5%) tashkil etgan. Ma’lumotda keltirilishicha, 2023 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 283,8 mingni tashkil qilgan. Bu raqam 2022 yilda 296,7 ming bo‘lgan. Respublikada keyingi yillarda ajralishlar soni sezilarli ko‘paygan. Misol uchun, 2021 yilda 39,3 ming nikohdan ajralish qayd etilgan bo‘lsa, bu raqam 2022 yilda 48,7 mingni, 2023 yilda esa yuqorida ta’kidlanganidek 49,2 mingtani tashkil qilgan. Zamonaviy hayotning bosimi va stress darajasining oshishi, ish va shaxsiy hayot muvozanatining buzilishi oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir qiladi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va axborot vositalari ta’siri ostida odamlarning kutganlari va talablari ham oshib, ular o‘zaro kelishmovchiliklarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shuningdek, iqtisodiy qiyinchiliklar, mol-mulk masalalaridagi nizolar va oilaviy
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oila a'zolari oʻrtasida yuzaga keladigan mulkiy nizolar turlari, ularning qonunchilikdagi tartibga solinishi va sud amaliyotidagi yechim uslublari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oila a'zolari oʻrtasida yuzaga keladigan mulkiy nizolar turlari, ularning qonunchilikdagi tartibga solinishi va sud amaliyotidagi yechim uslublari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oila huquqi, Mulkiy nizolar, Meros nizosi, Nikoh davrida, Fuqarolik kodeksi, Mediatsiya, Nikoh davrida orttirilgan mulk, Huquqiy ong, Kalit so'zlar: Oila huquqi, Sud amaliyoti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026