Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · XASHIMOVA KAMOLA MADIYARBEKOVNA · PSIXOLOGIYA YONALISHI -KURS · PP- GURUH MAGISTRANTI
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada uyali aloqa vositalarida mavjud bo‘lgan qiziqarli o‘yinlarning maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Bolaning mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatni hal qilish, xotira va diqqat kabi psixik jarayonlarini rag‘batlantirishda interaktiv o‘yinlarning ijobiy ta’siri ko‘rsatilgan. Shuningdek, ko‘z shifokorlari (oftalmologlar) tomonidan berilgan fiziologik tavsiyalar asosida, mobil qurilmalardan foydalanishda sog‘liqni saqlash jihatlari ham hisobga olingan. Maqolada ota-onalar va pedagoglarning nazorati ostida axborot- kommunikatsiya vositalaridan maqsadli foydalanish bolaning aqliy va vizual rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: tafakkur, maktabgacha yosh, psixologik omillar, o‘yin, mobil qurilmalar, uyali aloqa vositalari, Interaktiv o‘yinlar, Raqamli texnologiyalar, mantiqiy fikrlash, diqqat, ko‘z salomatligi, Vizual rivojlanish, O‘yin orqali o‘rganish, psixologik rivojlanish, Raqamli ko‘z sindromi, ekran vaqtining cheklanishi. Kirish: Maktabgacha yosh (3–6 yosh) – bu bolaning psixik rivojlanishida eng muhim va mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Ushbu davrda bola atrof-muhitni anglaydi, o‘ziga xos dunyoqarashga ega bo‘la boshlaydi va tafakkur jarayonlari shakllanadi. Shu sababli, bolalarning tafakkurini rivojlantirish masalasida pedagogik va psixologik tadqiqod metadalogiyasi va psixodiagnostik metodlarini talab etadi. Asosiy qism: Tafakkur – bu ongli aks ettirish, muammoni hal qilish, tahlil va sintez qilish qobiliyatidir. Psixologiyada tafakkur kognitiv jarayon sifatida o‘rganiladi va u nutq, tasavvur, xotira bilan chambarchas bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur hali yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi, lekin bu davrda u asosiy shakllanish bosqichini bosib o‘tadi. Tafakkur turlarining namoyon bo‘lishida maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi tafakkur turlari ko‘zga tashlanadi: 1) Ko‘rgazmali-amaliy tafakkur: Bola o‘yinchoqlar bilan harakatlar qilib, narsalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglaydi. 2) Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur: Tasviriy o‘yinlar, rasm chizish orqali rivojlanadi. https://scientific-jl.com 2 5 2 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 3) Og‘zaki-mantiqiy tafakkur: Savol-javob, tushuntirish, sabab-oqibatni tushunishga asoslanadi. Tafakkurni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar. Bola tafakkurining shakllanishiga quyidagi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi: Nutq rivoji, Atrof-muhit (estetik, intellektual muhit), Kattalarning muloqoti va rag‘batlantiruvchi yondashuvi, Rivojlantiruvchi o‘yinlar va topshiriqlar. Bolalarning tafakkurini rivojlantiruvchi psixologik jarayonlar (obrazli, amaliy, og‘zaki-mantiqiy tafakkur) va ularni rivojlantiruvchi omillardan biridir. Bolaning psixik rivojlanishida masalasida pedagogik va psixologik tadqiqod metadalogiyasi va psixodiagnostik metodlarini talab etadi. Tadqiqot metodologiyasining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur jarayonlarining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish, ularning psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda bu jarayonga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash. Tadqiqot obyekti 3–6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnaydigan bolalardan iboratdir. Tadqiqot metodlari: 1-Nazariy tahlil: Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish 2- Amaliy tadqiqot: Psixodiagnostik usullar orqali tajriba o‘tkazish 3- Kuzatuv: Bolalarning o‘yin, suhbat, mashg‘ulotlaridagi faoliyatini kuzatish 4-Suhbat (intervyu): Ota-onalar, tarbiyachilar va bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish 5- Tajriba (eksperiment): Rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali tafakkur faoliyatini baholash (usullar) “Oddiy va murakkab obyektlarni taqqoslash” usuli Maqsadi: Bola tomonidan o‘xshashlik va farqni ajratish qobiliyatini aniqlash Yosh: 4–6 yosh Ko‘rinish: Ikki rasmdagi hayvonlar, buyumlar taqdim etiladi; bola ularni taqqoslab, farqlarni aytishi kerak “Piramidani yig‘” testi (Ko‘rgazmali-amaliy tafakkur) Maqsadi: Bola tafakkurining amaliy shaklini aniqlash Topshiriq: Kichikdan kattaga qarab, halqalarni yoki bloklarni joylashtirish Baholash: To‘g‘ri ketma-ketlik va mantiqiy tartibni aniqlay olish “Nimani avval olamiz?” testi (Sirasini aniqlash) Maqsadi: Voqealar ketma-ketligini tushunish, sabab-oqibat munosabatini aniqlash Material: Suratlar yoki kartochkalar ketma-ketlik bilan Topshiriq: Bola suratlarni voqealar tartibida joylashtiradi. https://scientific-jl.com 2 5 3 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi O‘yin, mashg‘ulot va muhitning roli- O‘yinlar tafakkurni rivojlantirishda asosiy vositadir. Ayniqsa, mantiqiy o‘yinlar, konstruktorlar, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar bolaning mustaqil fikrlashini shakllantiradi. Mashg‘ulotlar esa tartibli va maqsadli bilim berishga xizmat qiladi. Pedagog va ota-onaning o‘rni- Pedagog va ota-onaning to‘g‘ri yondashuvi bolani mustaqil fikrlashga, muammoni tahlil qilishga va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Ular bolaning har bir savoliga jiddiy yondashib, uni izl
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada uyali aloqa vositalarida mavjud bo‘lgan qiziqarli o‘yinlarning maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada uyali aloqa vositalarida mavjud bo‘lgan qiziqarli o‘yinlarning maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- uyali aloqa vositalari, O‘yin orqali o‘rganish, o‘yin, Vizual rivojlanish, psixologik rivojlanish, psixologik omillar, mantiqiy fikrlash, ko‘z salomatligi, Raqamli texnologiyalar, Raqamli ko‘z sindromi, maktabgacha yosh, ekran vaqtining cheklanishi., diqqat, Interaktiv o‘yinlar, mobil qurilmalar, Kalit so‘zlar: tafakkur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026