К содержанию
РецензированоEN2026

IMPLANT

Бердиева Шахноз Курбонниез кизи · Сотиболдиев Озодбек Латифжон огли · Юлдошева Мадина Азамат кизи

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article explores implants (implantology) as an integral part of modern medicine, used for restoring the function of organs and tissues. Implants are artificial devices used in various fields of medicine, including dentistry, orthopedics, and surgery. The paper provides detailed information on different types of implants, such as dental implants and orthopedic implants, their materials, installation methods, and the requirements for their use. The use of implants has become an essential aspect of medical practice. They significantly improve the quality of life for patients by restoring the lost functions of organs or tissues. The article discusses the advantages of implantation, possible complications and risks, as well as current diagnostic methods, surgical techniques, and emerging technologies in implantology, including 3D printing and biocompatibility. Keywords: implants, implantology, dentistry, orthopedics, dental implants, joint implants, biocompatibility, surgery, artificial organs, technologies. KIRISH QISMI Implantologiya — tibbiyot sohasining turli tarmoqlarida, jumladan, stomatologiya, ortopediya, jarrohlik va boshqa sohalarda sun'iy qurilmalarni qo‘llashni o‘z ichiga olgan mutaxassislikdir. Implantlar — bu tanaga yoki uning turli to‘qimalariga o‘rnatiladigan sun'iy qurilmalar bo‘lib, ular sog‘liqni tiklash, estetik ko‘rinishni yaxshilash va organ yoki to‘qimaning funksiya va tuzilishini tiklash maqsadida ishlatiladi. Implantlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri organizmda integratsiyalashib, uning o‘rnini bosishi yoki unga yordam berishi kerak. Implantlar tibbiyotda uzoq yillar davomida qo‘llanilgan va zamonaviy tibbiyot texnologiyalari bilan ular doimiy ravishda takomillashib bormoqda. O‘rnatilgan implantlar nafaqat organ va to‘qimalarning o‘ziga xos funktsiyalarini tiklash, balki bemorning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Implantlar asosan stomatologiyada tishlarni tiklash, ortopediya sohasida sun'iy bo‘g‘imlar yoki suyak implantlari shaklida qo‘llaniladi, shuningdek, jarrohlikda, masalan, ko‘krak implantlari yoki boshqa turdagi protezlar sifatida ham ishlatiladi. Shu bilan birga, implantlarning qo‘llanilishi ba'zi xavflarga ham olib kelishi mumkin. Bular orasida infeksiyalar, implantning rad etilishi yoki uning noto‘g‘ri ishlashi kabi holatlar mavjud. Bunday xavflarni kamaytirish uchun tibbiy https://scientific-jl.com 7 7 47-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi protseduralar, zaruriy diagnostik yondashuvlar va davolash usullari mavjud bo‘lib, ular tibbiyotning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanadi. Ushbu maqola implantlarning turli tibbiyot sohalarida qo‘llanilishini, ular bilan bog‘liq muammolarni va innovatsion yondashuvlarni, shu jumladan yangi texnologiyalarni, diagnostika va davolash usullarini yoritishga bag‘ishlanadi. Implantologiyaning kelajagi haqida ham so‘z yuritilib, bu sohada amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ilmiy yutuqlar ko‘rib chiqiladi.. ASOSIY QISM Implantlarning turlari Implantlar tibbiyotning turli sohalarida qo‘llaniladi va har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi: Stomatologik implantlar: Bu implantlar ko‘proq tishlar yo‘qolgan bemorlarda qo‘llaniladi. Tish implantlari odatda titaniumdan tayyorlanadi, chunki bu material biologik to‘qimalar bilan yaxshi integratsiyalashadi va uzoq muddat davomida bardoshli bo‘ladi. Stomatologik implantlar o‘rniga yangi tishlar joylashtiriladi, bu bemorga tabiiy ko‘rinish va funktsiyani tiklash imkonini beradi. Ortopedik implantlar: Bu implantlar suyaklar, bo‘g‘imlar va mushaklar tuzilishini tiklash uchun ishlatiladi. Ular sun’iy bo‘g‘imlar (masalan, kolen, tos bo‘g‘imi implantlari) yoki suyak uchun ishlatiladigan implantlar bo‘lishi mumkin. Ortopedik implantlar ko‘pincha yirik jarohatlar yoki surunkali kasalliklar natijasida yo‘qolgan bo‘g‘im va suyaklarni tiklashda qo‘llaniladi. Jarrohlik implantlar: Boshqa tibbiyot sohalarida ham implantlar qo‘llaniladi. Masalan, ko‘krak protezlari, sun’iy yurak klapanlari va boshqa jarrohlik implantlar bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Implantlarning materiallari Implantlarning samarali ishlashi uchun ularning materiali juda muhim ahamiyatga ega. Quyidagi materiallar keng qo‘llaniladi: Titanium: Implantologiyada eng ko‘p ishlatiladigan materiallardan biri titaniumdir. Titanium to‘qimalar bilan yaxshi integratsiyalashib, uzun muddat davomida bardosh beradi. Bu materialning bioinertligi va mustahkamligi tufayli ko‘p hollarda tanlanadi. Keramika: Keramik implantlar odatda stomatologiyada qo‘llaniladi. Ular tabiiy tishlarga juda o‘xshash ko‘rinishga ega va estetik jihatdan yuqori sifatni ta’minlaydi. Biroq, keramika titaniyga nisbatan kamroq mustahkam bo‘lishi mumkin. Polimerlar: Ayrim tibbiy implantlar, xususan, bo‘g‘imlar va protezlar uchun maxsus polimer materiallardan foydalaniladi. Bu materiallar elastik va qulaylikni ta’minlaydi. https://scientific-jl.com 7 8 47-son_2-to’plam_Iyun

Доказательный фрагмент

«This article explores implants (implantology) as an integral part of modern medicine, used for restoring the function of organs and tissues.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores implants (implantology) as an integral part of modern medicine, used for restoring the function of organs and tissues. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
implants, implantology, dentistry, orthopedics, dental implants, texnologiyalar., tish implantlari, biokompatibilite, sun'iy organlar, implantologiya, Kalit so‘zlar: implantlar, ortopediya, jarrohlik, stomatologiya, suyak implantlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники