Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KSILOFAG HASHOROTLARNING HYLOTRUPES BAJULUS (QORA UY MOYLOVDORI) O’RGANILISH DARAJASI TAHLILI.
M.I. Abdujalilova
Образовательные инновации и интеграция · 1954
Аннотация
Zararakunanda ksilofag hasharotlardan Hylotrupes bajulusning dunyo va O’zbekiston hududda o’rgangan va tadqiqot o’tkazgan olimlar ishlarining tahlili.Xususan, morfologiyasi biologiyasi zararkunandalik darajasi, tarqalishi, yashash muhitlari bayon etilgan. Kalit so’zlar: Ksilofaglar, Hylotrupes bajulus, qora uy mo’ylovdori, Tana tuzulishi, metodologiyasi, morfologiuyasi, dunyo va o’zbekiston bo’yicha o’rganilish darajasi. Ksilofag hashorotlarni dunyo bo’yicha o’rganishga hissa qo’shgan olimlardan G. Becker (1954–1970), Miller (1961), Bates, Masut Yalchin, Daffi (1963), Qiao Vang (2017), G. Beker (1954–1970)larning ishlari diqqatga savovordir. Quyida keltirilgan olimlar — Germaniyada H. bajulusning tarqalishini o'rganish uchun yog'och inshootlarini tekshirgan va zararlanish darajasini aniqlagan. U zararli organizm sifatida o'rganish va nazorat qilish usullarini ishlab chiqqan. Bekerning ishlari H. bajulusning biologiyasi va ekotizimdagi rolini tushunishga yordam berdi. Qiao Vang (2017) — Xitoy va Yangi Zelandiyada H. bajulusning tarqalishi, biologiyasi va zararkunanda sifatidagi rolini o'rganib, pest nazorat usullarini ishlab chiqqan. Ular H. bajulusning yog'ochlarga zarari va ekologik ta'siri bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. U shuningdek, zararkunanda bilan kurashish uchun bio-ximiyaviy vositalarni tahlil qilgan. O’rta osiyo bo’yicha esa M. Yalchin, M.L. Danilevskiy M.L. Danilevskiy: Rossiya va unga yaqin hududlar, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning ayrim togʻli zonalarida H. bajulusning tarqalishini qayd etgan. Ksilofag hashorotlarning metodologiyasi bo’yicha katta izlanishlar va tajribalar olib borilgan. Quyida keltirilgan olimlardan Hyvarinen (2006), deraza tuzog'i usuli tuzoqqa qaraganda samaraliroq bo’lishini aniqlagan (1996). Ma'lumotlariga ko'ra o'lik daraxt tanasiga o'rnatilgan ekstraktsiya silindriga qaraganda deraza qopchasida ko'proq samarador bo’lishini tushuntirgan. Germaniya (Noldt va boshq. 1995)da P. https://scientific-jl.com 2 4 0 47-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi sylestrisning yog'och bloklarida o'stirilgan, Shu bilan bir qatorda, yangi paydo bo'lgan qo'ng'izlar chiqishiga qadar namlangan filtr qog'ozi bilan qoplangan Bellaplast qutilaridan foydalanilgan.(Fett va boshq. 1995). 1961 yilda Miller tomonidan Hylotrupes bajulusning morfologiyasi anatomiyasi biologiyasi, ekologiyasi va shu bilan birga yog’och mahsulotlari bilan munosabatini o’rgangan. Tadqiqotlar davomida Hylotrupes bajulusning tanasining rangi to’q jigarrang, uzunligi 12-15 mm, va kengligi 5-7 mmligini, boshining yuqori qismida uzun juft antennalar va o'rtacha kattalikdagi jag'lar mavjud bo’lishini, orqa qismi qattiq qobiq bilan qoplangan va yog'ochni yegani uchun qattiq va kuchli yopiq holda bo’lishini takidlab o’tgan. O’zbek olimlaridan A.Ma’rufov 2022 yilda zararkunanada ksilofag hasharotlarning morfologiyasini o’rganib chiqgan. Xususan, voyaga yetgan qо‘ng‘izlar о‘rtacha 6,6-26mm kattalikda bо‘lishini, oyoqlarining old toshcha qismi keng yoyilgan, mayda toshchalari sharsimon bо‘lib, deyarli ko`zga ko`rinmasligini. old kо‘krak о‘smasi tekis va juda keng, mо‘ylovlari ingichka va qisqa bо‘lib, tuklar bilan qoplanmaganligini va tanasining yarim uzunligiga teng bо‘lib, mо‘ylovining 3- bо‘g‘imlari juda uzunligi bilan ajralib turishini o’rgangan. O’zbek olimlaridan G. Mirzayeva ksilofag hasharotlar ustida tajriba olib brogan. Xususan, zararkunanda hasharotlarning morfologiyasi bo’yicha, tanasi uzun, ancha keng, bir oz qavariq bо‘lib, nozik oqish tuklar bilan qoplanganligini, old yelkasi yon tomondan tishchalari yuk, dumaloq, 2 ta silliq, yorqin qabariqli paxmoq qoplama bilan qoplanganligini, rangi kulrangdan qoramtir jigarranggacha bo’lishini, qanot usti och rangda va о‘rtasiga yaqin joyda noaniq naqshli 1-2 yorqin qiya bog‘lamlari yoki oqish kundalang dog‘lari bо‘lgan nozik oq-kulrang tuklar bilan qoplanganligini, oyoqlari odatda qо‘ng‘ir qizil rangda bо‘lishini, old boldirlari oddiy, tishchalari yо‘q, tirnoqlari uchida tishchalari borligini aniqlagan. Shu bilan bir qatorda, urg‘ochilarida uzun tuxumdon o`ziga xos va tuxumi 2 mm uzunlikda bо‘lib, uzunchok shaklga egaligini ham tushuntirib o’tgan. O’zbek olimlaridan O.S. Akramjonovna Qo`ng’izlarning voyaga yetgan qo`ng’izlar rangi oq, boshi biroz tо‘q rangda va yuqori jag‘lari esa qora-jigarrang tusda bо‘lishini, boshining ikki yonida yirik kо‘zlari bо‘lishini. old kо‘kragi tanasining oldingi qismida bо‘lib, 2 ta yirik sarg‘ish dog‘lari о‘rtasida uzunasiga tushgan burmalari borligini, kо‘krak qismida 3 juft sklerotizlanmagan oqlari mavjud bо‘lib, ular 3-4 bо‘g‘imdan iborat va tirnoqli bо‘lishini, qornidagi qavariqlarining yuqori qismida uzunasiga va kо‘ndalang joylashgan egatchalari borligini, voyaga yetgan lichinkaning uzunligi 30 mm, yо‘g‘onligi 6-8 mm bо‘lishini aniqlagan. Xulosa : Hylotrupes bajulus (qora uy moʻylovdori) yogʻoch inshootlariga zarar yetkazuvchi eng muhim ksilofag hasharotlardan biri
Доказательный фрагмент
«Zararakunanda ksilofag hasharotlardan Hylotrupes bajulusning dunyo va O’zbekiston hududda o’rgangan va tadqiqot o’tkazgan olimlar ishlarining tahlili.Xususan, morfologiyasi biologiyasi zararkunandalik darajasi, tarqal…»
Образец извлечения
Демо-превьюZararakunanda ksilofag hasharotlardan Hylotrupes bajulusning dunyo va O’zbekiston hududda o’rgangan va tadqiqot o’tkazgan olimlar ishlarining tahlili.Xususan, morfologiyasi biologiyasi zararkunandalik darajasi, tarqal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qora uy mo’ylovdori, Kalit so’zlar: Ksilofaglar, Hylotrupes bajulus, Tana tuzulishi, morfologiuyasi, dunyo va o’zbekiston bo’yicha o’rganilish darajasi., metodologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025