К содержанию
РецензированоRU2026

ИЗУЧЕНИЕ ФАУНЫ НЕМАТОД, СВЯЗАННЫХ С ПЛОДОВЫМИ ДЕРЕВЬЯМИ

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Badalxo‘djayev Ikromiddin · Kambarov Sardorbek Saytkamolovich · Kuranov Azizullo Dilmuratovich · Nematologik monitoring

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

This literature review presents an overview of the phytoparasitic nematode fauna associated with fruit tree agrocenoses in Uzbekistan and Central Asia. The research focuses on harmful nematodes of the genera Pratylenchus, Meloidogyne, Xiphinema, Longidorus, and Helicotylenchus that inhabit the rhizosphere of fruit trees such as apple, pear, peach, apricot, and cherry, and highlights their detrimental effects on plant health. Studies conducted in the Fergana Valley, Tashkent, Surkhandarya, other regions of Uzbekistan, as well as in Tajikistan, are analyzed. Keywords: Nematodes, Fruit trees, Rhizosphere, Ecological characteristics, Agrocenoses of Uzbekistan, Nematological monitoring,Pratylenchus, Meloidogyne Kirish. O‘zbekiston hududida mevali daraxtlarga ixtisoslashgan intensiv bog‘dorchilik keng rivojlanmoqda. Shu bilan birga, mevali daraxtlar agrotsenozlarida uchraydigan nematodlar faunasini o‘rganish, ularning ekologik-hududiy xususiyatlarini aniqlash, iqtisodiy zarar yetkazuvchi turlarini belgilash hamda ular ustidan samarali kurash choralarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda mevali daraxtlar bilan bog‘liq nematologik tadqiqotlar cheklangan bo‘lib, mavjud ma’lumotlar asosan umumiy tahlillar va ayrim turlarning qayd etilishi bilan chegaralangan. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududlarida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida mevali daraxtlar rizosferasida ko‘plab fitoparazit va erkin yashovchi nematod turlari aniqlangan. Jumladan, Aphelenchoides, Tylenchus, Helicotylenchus, Paratylenchus, Trichodorus kabi jinslarga mansub nematodlar tuproq va ildiz namunalarida adu.uz universaljurnal.uz 152 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari muntazam uchrab turadi. Ayrim turlar esa faqat muayyan hududlar yoki xo‘jayin o‘simliklarga xosligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqot mevali daraxtlar (olma, nok, gilos, shaftoli, o‘rik va boshqalar) agrotsenozlarida uchraydigan nematodlar faunasini o‘rganish, ularning ekologik xususiyatlarini baholash, zarar yetkazuvchi turlarini aniqlash hamda ularning meva yetishtirishdagi ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan dastlabki tadqiqotlar A.V. Boldyrev tomonidan Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan bo‘lib, u olma, o‘rik va gilos daraxtlari ildiz zonasidan Tylenchus devastatrix va Aphelenchus avenae turlarini aniqlagan [2]. Ushbu turlar tuproqdagi organik qoldiqlarda faoliyat yurituvchi saprotrof nematodlar sifatida qaralgan bo‘lsa-da, ayrim sharoitlarda o‘simlik ildizlariga zarar yetkazishi mumkinligi aniqlangan. Keyingi yillarda Sh.M. Mamatqulov tomonidan Toshkent viloyatida olib borilgan izlanishlarda olma, o‘rik va nok daraxtlari rizosferasida Helicotylenchus digonicus va Pratylenchus pratensis turlari qayd etilgan [4]. Ushbu turlar polifag xususiyatga ega bo‘lib, o‘simlik ildiz to‘qimalarida fiziologik va morfologik o‘zgarishlar yuzaga keltiradi, natijada daraxtlarning oziqlanish tizimi susayadi. M.M. Musayev tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar O‘zbekistonning turli agroekologik zonalarida shaftoli, anor va uzum plantatsiyalarida nematodlar tarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Olim Meloidogyne incognita va Tylenchorhynchus claytoni turlarining yuqori populyatsiyasini aniqlagan [3]. 2000-yillarning boshlarida Mamatqulov va boshqalar tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazgan tadqiqotlarida olma va gilos daraxtlarida Hoplolaimus indicus hamda Paratylenchus microdorus turlari mavjudligini aniqlaganlar [6]. Saitov Y.A. tomonidan Andijon viloyatidagi bog‘larda olib borilgan izlanishlarda olcha, shaftoli va anor daraxtlari ildiz zonalaridan Ditylenchus dipsaci va Xiphinema index turlari aniqlangan [9]. Surxondaryo viloyatida S.M. Nurmatov 2011 tomonidan o‘rik va uzum plantatsiyalarida olib borilgan izlanishlar davomida Longidorus elongatus va Tylenchorhynchus brassicae turlari qayd etilgan [7]. Sh. Xolmatov 2017 Samarqand viloyatidagi olma, o‘rik va gilos bog‘larida olib borgan ilmiy izlanishlarida Pratylenchus vulnus vaMeloidogyne hapla turlarini aniqlagan [10]. Tojikistonda olib borilgan tadqiqotlarda Amonov B.Q. 2019 tomonidan shaftoli va o‘rik daraxtlari rizosferasida Heterodera schachtii vaRotylenchulus reniformis turlari aniqlangan [1]. Qashqadaryo viloyatida Berdikulov va boshqalar 2021 tomonidan anor, anjir va o‘rik daraxtlari o‘rganilgan bo‘lib,Tylenchus n.sp. vaHelicotylenchus pseudorobustus kabi turlar topilgan [5]. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar, jumladan Qodirov va boshqalar tomonidan Sharqiy Farg‘ona hududida olma va shaftoli plantatsiyalarida olib borilgan izlanishlar davomidaMeloidogyne javanica, Pratylenchus neglectus vaAphelenchoides fragariae turlari aniqlangan [8]. Xulosa. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida mevali daraxtlar plantatsiyalarida doimiy nematologik monitoringni yo‘lga qo‘yish, zararli turlarni erta aniqlash, ularning ekologik holatini b

Доказательный фрагмент

«This literature review presents an overview of the phytoparasitic nematode fauna associated with fruit tree agrocenoses in Uzbekistan and Central Asia.»

Образец извлечения

Демо-превью

This literature review presents an overview of the phytoparasitic nematode fauna associated with fruit tree agrocenoses in Uzbekistan and Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nematodes, Fruit trees, Rhizosphere, Ecological characteristics, Agrocenoses of, Nematologik monitoring, Nematological monitoring, Mevali daraxtlar, Pratylenchus, Агроценозы Узбекистана, Нематоды, Agrocenoses of Uzbekistan, O‘zbekiston agrotsenozlari, Плодовые деревья, Ризосфера, Экологические особенности, Nematodalar, Meloidogyne, Нематологический мониторинг, Ecological features, Rizosfera, Ekologik xususiyatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники