К содержанию
РецензированоUZ2024

GRAFIT ASOSIDAGI ELEKTRODGA KUMUSH ASETAT VA SIMOB(II) OKSIDNI SHIMDIRISHNING OPTIMAL SHAROITLARINI ANIQLASH

Niyozova O.A. · Jumayeva Z.E. · Jo‘rayev B.N.

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada grafit asosidagi elektrodlarga kumush asetat (AgC₂H₃O₂) va simob(II) oksid (HgO) moddalarini shimdirish orqali modifikatsiyalash jarayoni o‘rganildi. Tadqiqotda moddalarning konsentratsiyasi, shimdirish vaqti, harorat va muhit pH darajasi kabi omillarning ta’siri tahlil qilindi. Elektrod yuzasidagi o‘zgarishlar skanirlovchi elektron mikroskopiya (SEM) va energiya-dispersion spektroskopiya (EDS) usullari yordamida baholandi. Optimal sharoitlarda modifikatsiyalangan elektrodlar yuqori elektr o‘tkazuvchanlik va katalitik faollikka ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar bu turdagi elektrodlarni sensorlar va elektroanalitik uskunalarda qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi. Tayanch so‘zlar: grafit elektrod, kumush asetat, simob(II) oksid, modifikatsiyalangan elektrod, shimdirish jarayoni, optimal sharoitlar, elektroximik tahlil, siklik voltammetriya, katalitik faollik, elektrod materiallari, elektr o‘tkazuvchanlik. Adabiyotlar tahlili. Grafit materiallari elektrokimyoviy qurilmalar, sensorlar va katalizatorlar sohasida keng qo‘llaniladi. Uning yuqori o‘tkazuvchanligi, kimyoviy barqarorligi va arzonligi grafit asosidagi elektrodlarni turli modifikatsiya jarayonlariga mos keladi [1,2]. Kumush birikmalari (ayniqsa, AgC₂H₃O₂ – kumush asetat) bakteriyalarga qarshi, katalitik va elektroanalitik xossalari bilan tanilgan. Ag⁺ ionlarining elektrod yuzasiga shimdirilishi natijasida sensorlarda sezgirlik oshgan, elektrokimyoviy reaksiya tezligi ko‘tarilishi kuzatilgan [3,4]. Ag asosidagi modifikatsiya, ayniqsa, vodorod pereoksidini aniqlashda samarali ekanligi ko‘plab tadqiqotlarda isbotlangan [5]. Simob(II) oksid (HgO) esa an’anaviy simob elektrodlarining barqaror alternativ moddasi sifatida qaraladi. HgO elektrodlarga shimdirilganda, ularning elektroximik faolligi va qayta tiklanish qobiliyati yaxshilanadi [6]. Ba’zi tadqiqotlar simob oksidining NO₂⁻, Pb²⁺ 181 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 kabi ionlarni aniqlashda sezgirlikni oshirishi haqida ma’lumot bergan [7]. Ba’zi tadqiqotlar grafitni kumush va simob birikmalari bilan modifikatsiya qilishning erishgan natijalarini quyidagicha ekanligi aniqlangan. Ag-shimdirilgan grafit elektrodni H₂O₂ deteksiyasi uchun ishlatgan. Ular Ag ionlarining konsentratsiyasi va shimdirish vaqti sezgirlikka katta ta’sir ko‘rsatishini o‘rganganlar [8]. Simob oksidi asosidagi elektrodlarni ion selektiv sensor sifatida tahlil qilgan. Ular pH muhit ta’siri va modifikatsiyalash haroratini asosiy omil deb topishgan [9]. Grafit elektrod yuzasida Ag va HgO ni birgalikda shimdirish orqali gibrid struktura hosil qilgan va bu struktura elektron tashish samaradorligini yaxshilaganini qayd etgan [10]. Amaldagi tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, kumush va simob asosidagi birikmalar grafit elektrodlarning elektr va katalitik xossalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Biroq, ularni birgalikda shimdirish sharoitlarini (konsentratsiya, vaqt, harorat, pH) optimallashtirish masalasi yetarlicha o‘rganilmagan. Ushbu tadqiqot aynan shu bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan. Tajribaviy qism: Tajribada quyidagi moddalar va reaktivlar ishlatildi: Grafit elektrodlar (o‘lchami 3 mm diametrida, analitik darajada), kumush asetat (AgC₂H₃O₂) – analitik tozalikda (≥99.5%), simob(II) oksid (HgO) – analitik tozalikda, etanol (C₂H₅OH) – erituvchi sifatida, distillangan suv, bufer eritmalari – pH 4.0, 7.0 va 9.0 (asetat va fosfat buferlari). Tajriba qo‘yish mobaynida barcha reaktivlar laboratoriyadagi standart saqlash va ishlatish qoidalariga muvofiq tayyorlandi va ishlatildi. Elektrodni tayyorlash va tozalash: Grafit elektrodlar ishlatilishdan oldin mexanik usulda tozalandi: elektrod yuzasi mayda maxsus qog‘oz bilan parlatildi. Etanol va distillangan suvda ultratozalash vannasida 5 daqiqa tozalandi. Elektrod quritilib, modifikatsiya jarayoniga tayyorlandi. Kumush asetat va simob(II) oksidni shimdirish jarayoni: Modifikatsiyalash uchun alohida va birgalikda shimdirish usullari qo‘llanildi. Kumush asetatni shimdirish uchun quyidagi amallar bajarildi. AgC₂H₃O₂ning 0.01 M, 0.05 M va 0.1 M konsentratsiyali eritmalari tayyorlandi. Grafit elektrod ushbu eritmalarga 10, 30 va 60 daqiqa davomida 25–40°C haroratda botirildi. So‘ng, elektrod toza suvda yuvildi va quritildi. Simob(II) oksidni shimdirish quyidagicha amallar bajarildi: HgO suvda erimaganligi sababli, suspenziya shaklida 0.01 g/ml nisbatda tayyorlangan. Elektrod HgO suspenziyasiga 10, 30 va 60 daqiqa davomida botirildi (kontaktda bo‘ldi). Ta’sir vaqtidan so‘ng elektrod yuvilib, tabiiy sharoitda quritildi. Kumush asetat va simob(II) oksid aralashmasi bir vaqtda 182 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 ishlatildi (masalan, 0.05 M AgC₂H₃O₂ + 0.01 g/ml HgO). Elektrod 30 daqiqa mobaynida aralashmada saqlandi,yuvilib, quritildi va tahlilga tayyorlandi. Natijalar va muhokama. Grafit elektrodga kumush asetatni shimdirish turli konsentratsiyadagilari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada grafit asosidagi elektrodlarga kumush asetat (AgC₂H₃O₂) va simob(II) oksid (HgO) moddalarini shimdirish orqali modifikatsiyalash jarayoni o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada grafit asosidagi elektrodlarga kumush asetat (AgC₂H₃O₂) va simob(II) oksid (HgO) moddalarini shimdirish orqali modifikatsiyalash jarayoni o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kumush asetat, katalitik faollik, elektr o‘tkazuvchanlik., shimdirish jarayoni, grafit elektrod, siklik voltammetriya, elektroximik tahlil, elektrod materiallari, simob(II) oksid, optimal sharoitlar, modifikatsiyalangan elektrod
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники