К содержанию
РецензированоUZ2025

G’ARBGA HUJUM QILGAN TEMURIYLAR

Murodjon Koraboyev

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article explores the western military campaigns of Amir Temur and his descendants—Shahrukh Mirza and Sultan Abu Said Mirza—towards Azerbaijan, Iran, and Iraq based on historical sources. It analyzes the main causes of these campaigns, political developments, territorial shifts, power struggles among rulers, and their outcomes. The study presents a chronological overview of the Timurid policy and military strategy in the western regions. Keywords: Amir Temur, Shahrukh Mirza, Sultan Abu Said, Azerbaijan, Iran, western campaigns, Timurids, military expeditions, political conflict, historical analysis. Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazm hududlarini o’ziga bo’ysundirgandan so’ng asosiy harbiy harakatlarini mamlakat janubiy-g’arbiga qaratadi. Bundan ko’zlangan maqsad mamlakat sarhadini kengaytirish va chegaralarni mustahkamlash edi. Dashti Qipchoq lashkari To’xtamishxon boshchiligida 1385-yilning qishida bir haftalik janglardan so’ng Tabrizni egallab, uni ikki kun talon-taroj qilgach, ortga qaytdi. Bu tarixda Amir Temurning uch yillik urushlarini boshlanishiga sabab bo’ladi. Amir Temur 1386-yili Turondan Eron tomonga yuzlandi[1, 106 b]. Bu yurish davomida Sohibqiron qo’shinlari karvonlarni talon-taroj qilganligi uchun Luriston viloyatining bir qator kentlarini, ayniqsa Xurramobodda qaroqchi guruhlarni tor- mor etib Ozarbayjon sari yurdi. 1 20 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tabrizni Sulton Ahmad Jaloyir himoya qila olmay Bag’dodga chekindi va Ozarbayjon poytaxti jangsiz Amir Temur davlati tarkibiga kiritildi. Tabriz egallanganidan so’ng Amir Temur qo’shinlari Armaniston va Gurjiston hududlariga kirib bordi. Shiddatli janglar bilan Gurjiston poytaxti Tiflis (Tbilisi) shahri egallanib, ushbu mamlakat podshohi Buqrot asir olindi. Sohibqiron qo’shinlari tog’larda joylashgan gruzin qal‘alarini birin-ketin egallab, butun mamlakatni zabt ettilar. Shundan so’ng Qorabog’ni o’z qarorgohiga aylantirgan Amir Temur Buqrot Islom dinini qabul qilgach, uni yana o’z mamlakatinining hukmdori etib tayinladi. Shu kunlarda Shimoliy Ozarbayjon ya‘ni Shirvon hukmdori amir Shayx Ibrohim ham o’z ayonlari bilan kelib itoatga kirdi. 1392-yilda Amir Temur mamlakat janubiy-g’arbiya yana bir marta huum boshlaydi. Bu harbiy harakat tarixda besh yillik urush nomi bilan kirgan. Besh yillik urush natijasida 1393- yilning yozida Ray, Ozarbayjon, Shirvon, Boku va Darband hududlar turk sultonligi yеrlarigacha Mironshoh mirzoning suyurg’oli deb e‘lon qilindi. O’sha davr tili bilan aytganda Xulaguxon taxtiga Mironshoh Mirzo o’tqazildi. Amir Temur 1393-yilda Bog‘dodni ham egalladi[2, 184 b]. Mironshoh Mirzo bu hududlarni o’g’illari bilan 1408-yilgacha boshqaradi. 1408 yil 21 aprelda Mironshoh Ozarbayjonning Sardrud mavzesida turkman Qora Yusuf bilan bo’lgan Shanbi G’azon jangida oʻldiriladi[3, 132 b] va Surhob tumaniga dafn qilinadi. Bir necha muddat oʻtgach, Shams Gʻuriy nomli shaxs darvesh kiyimida Surxobga borib, yashirincha Mironshohning suyaklarini olib. Movarounnahrga keltiradi va Shahrisabzda temuriylar maqbarasiga dafn qilinadi. Amir Temur vafotidan so’ng Shohruh Mirzo, dastlab, o’z suyurg’ol hududi hisoblangan Xurosonda tinchlik o’rnatadi. 1409-yilda Movarounnahrni egallaydi. Erondagi Temuriylar o’rtasidagi kurashdan foydalanib, Temuriylar saltanatini asosiy qismini birlashtirgan. Shohrux mirzo 1413-yili Ozarbayjonga harbiy yurish boshlashga qaror qilib, Mazondoron o’lkasiga yеtib keldi va o’ziga Iskandar mirzo ham o’z qo’shini bilan kelib, qo’shilishini kutdi. Lekin turli bahonalar bilan Iskandar mirzo oliy O’rdaga kelib qo’shilmadi. Aslida Shohruxning bu vaqtda Ozarbayjonga yurish boshlashi dargumon bo’lib, Iskandar mirzo Shohruxning harakatlarini o’ziga qarshi qaratilgan harakat deb hisobladi. Iskandar mirzo Shohruxga rad javobi berish bilan cheklanmay, Shohrux qo’lida bo’lgan Seyiston, Qandahor, Garmser kabi viloyatlarga choparlar jo’natib, ularni Hirotga yurish qilishga chaqirdi va ularga umumiy g’alabadan so’ng katta suyurg’ollar va‘da qildi. Natijada Shohrux mirzo ham yurishni to’xtatib, o’z viloyatlarida tinchlikni ta‘minlashga e‘tibor qaratdi va o’g’li Boysung’ur mirzoni poytaxtni mustahkamlash uchun Hirotga jo’natdi. 1414-yilning 5-aprel kuni Shohrux mirzo Iskandar mirzoga qarshi yurishini boshladi. Natijada birin-ketin butun Markaziy Eron shaharlari va viloyatlari Shohrux mirzo qo’liga o’tdi. Shohrux Isfahonning Mirzo Rustamga, Hamadon va Luristonni Mirzo Boyqaroga, Sherozni Mirzo Ibrohimga suyurg’ol qilib berdi. Lekin ko’p o’tmay Mirzo Rustam va Mirzo Boyqarolar turli sabablar bilan suyurg’ollaridan ayrildilar va ularning yеrlari ham Shohrux avlodlari qo’liga o’tdi. Shohrux Ozarbayjonga yurishlari to’xtatib, Hirotga qaytadi. 1421-yili Shohrux mirzo Ozarbayjondan qaytganidan so’ng bu yеrda hokimiyat Qora Yusufning o’g’li Amir Iskandar qo’liga o’tdi. U o’z hokimiyatini mustahkamlab olgach, 1428- 29-yillarda temuriylar da

Доказательный фрагмент

«This article explores the western military campaigns of Amir Temur and his descendants—Shahrukh Mirza and Sultan Abu Said Mirza—towards Azerbaijan, Iran, and Iraq based on historical sources.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the western military campaigns of Amir Temur and his descendants—Shahrukh Mirza and Sultan Abu Said Mirza—towards Azerbaijan, Iran, and Iraq based on historical sources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Amir Temur, Shahrukh Mirza, Sultan Abu Said, Azerbaijan, Iran, western, Sulton Abusaid, harbiy yurishlar, G‘arbiy yurishlar, Eron, Shohrux Mirzo, Temuriylar, Ozarbayjon, tarixiy tahlil., siyosiy kurash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники