Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT BOSHQARUVIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY ASOSLARI, NAZARIY VA AMALIY TAHLIL
Sayfiyeva Bog’dagul Umirjon qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной научной статье рассматриваются вопросы применения современных информационно-коммуникационных технологий в системе государственного управления Республики Узбекистан, их правовая основа, практическое состояние и возникающие актуальные проблемы. Также на основе зарубежного передового опыта выдвигаются перспективные предложения в рамках цифровизации государственных услуг, формирования инфраструктуры электронного правительства, укрепления интерактивных отношений с гражданами и правовых реформ. Ключевые слова: Информационно-коммуникационные технологии, электронное правительство, цифровая трансформация, электронный документооборот, электронная подпись, «Цифровой Узбекистан-2030». XXI asr boshidan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) jamiyat hayotining barcha jabhalariga, jumladan davlat boshqaruvi tizimiga ham chuqur kirib bordi. Jahon tajribasi ko‘rsatmoqda-ki, raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish natijasida davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi oshmoqda. AKT vositalari yordamida ma’muriy yuklamalar kamaymoqda, inson omilining noxolis ta’siri bartaraf etilmoqda va boshqaruv jarayonlari avtomatlashtirilmoqda. Zamonaviy raqamlashtirish tendentsiyalari inson hayotining barcha jabhalariga, jumladan, davlat boshqaruviga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Elektron hukumat davlat organlari faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan davlat islohotlarining asosiy yo'nalishlaridan biridir.1 O‘zbekiston Respublikasi ham bu global tendensiyalardan chetda qolmadi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, fuqarolar bilan muloqotning soddalashtirilishi va axborot xavfsizligi tizimlarining mustahkamlanishi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 1 Bekkers, V. J. J. M. va Homburg, V. M. F. (2007). Elektron hukumat haqidagi afsonalar: yangi va yaxshiroq hukumat farazlaridan tashqariga qarash. Axborot siyosati, 12(3), 1-15. https://scientific-jl.org/obr 1 3 4 Выпуск журнала №-70 Часть–9_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 AKT vositalarining davlat boshqaruvidagi roli o’ta muhim omildir.Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bugungi kunda davlat xizmatlarining samaradorligini oshirishda, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va ishonchni mustahkamlashda muhim vositaga aylangan. Elektron hukumat tizimlari, raqamli hujjat aylanishi, onlayn murojaatlar portallari, elektron identifikatsiya va elektron raqamli imzolar AKT vositalarining eng muhim turlaridan hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar yordamida davlat organlari o‘z faoliyatini tez, samarali va eng asosiysi, shaffof tarzda tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga, fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashdan ozod bo‘lmoqda. Bu esa O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33-moddasida belgilangan — “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart- sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.”2 Mavjud huquqiy asoslar quyidagilar,jumladan: -O‘zbekiston Respublikasida AKTni davlat boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilmoqda: 2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Mazkur yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son) https://old.lex.uz/docs/6445145 https://scientific-jl.org/obr 1 3 5 Выпуск журнала №-70 Часть–9_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 -“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun ; -“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonun; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari (jumladan, 2020 yildagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni); -O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari; -Idoraviy me’yoriy hujjatlar va reglamentlar. Ushbu huquqiy asoslar AKT vositalari yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatish, hujjatlarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni identifikatsiyalash va arxivlash kabi amaliyotlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi. Bunda elektron hukumat tushunchasi asosiy boshqaruv tushunchalaridan biri sanaladi.Elektron hukumat davlat va fuqarolar, biznes va davlat organlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yaxshilash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnolo
Доказательный фрагмент
«В данной научной статье рассматриваются вопросы применения современных информационно-коммуникационных технологий в системе государственного управления Республики Узбекистан, их правовая основа, практическое состояние…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной научной статье рассматриваются вопросы применения современных информационно-коммуникационных технологий в системе государственного управления Республики Узбекистан, их правовая основа, практическое состояние… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information and communication technologies, e-government, digital, elektron hukumat, raqamli transformatsiya, raqamli imzo, elektron hujjat aylanishi, Kalit so’zlar: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026