Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
TEMURIYLAR DAVRIDA YER-SUV MUNOSABATLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Otaxonova Gulsanam Alisher qizi · Mirzayeva Mexruza Sharofiddin qizi · Sunnatov Murtazo Zamonali oʻgʻli
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
The article examines land-water relations during the Timurid era and the creative activities of Timurid rulers in developing this area based on written sources. An attempt was made to analyze the relevance and significance of the agricultural experience of that period for today. Keywords: Timurids, land ownership, agriculture, Samarkand, development, Timur’s decrees, written sources, Zarafshan Valley, syuyurgol, Аннотация: В статье на основе письменных источников рассматриваются земельно-водные отношения в эпоху Тимуридов и творческая деятельность правителей Тимуридов по развитию этого сектора. Сделана попытка проанализировать актуальность и значимость опыта земледелия того периода для наших дней. Ключевые слова: Тимуриды, землевладение, сельское хозяйство, Самарканд, развитие, указы Тимура, письменные источники, Зарафшанская долина, Сююргол, Tarixdan maʼlumki, davlatning qudrati albatta unda yashayotgan xalqning turmush sharoitiga, dehqonchilik, xususan, aholidan olinadigan soliqlarga bogʻliq boʻlgan. Dehqonchilik qanchalik rivojlanib, taraqqiy etishida albatta hukmdorlar ham birdek manfaatdor boʻlgan , desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bugungi kun bilan bogʻlaydigan boʻlsak, ,, Xalq boy boʻlsa, davlat qudratli boʻlur”. Qadim davrlardan yer odamlarning doʻsti va ularning diqqat e’tiborida boʻlgan. Unga ishlov berish shart-sharoitlari uchun hukmdorlar tomonidan koʻpgina tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, Temuriylar davridagi yer egalik munosabatlariga e’tibor beradigan boʻlsak, yer egaligining 4 xil shakli boʻlgan: mulki devoniy, mulk, mulki vaqf, jamoa yerlari. Bundan tashqari, temuriylar 98 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference davrida yerlarni suyurgʻol qilib berish ham keng tarqalgan. Jumladan, Amir Temurning oʻzi ham egallagan hududlarni oʻgʻillari va nabiralariga suyurgʻol qilib boʻlib bergan. Temuriylar davri manbalariga e’tibor beradigan boʻlsak, yer- suv munosabatlari keng yoritib berilganini koʻrishimiz mumkin. Temuriylar davri yozma manbalari ma'lumotlariga asoslanib Markaziy Osiyo suvlari, umuman, tabiati va xoʻjaligi holatiga nazar solsak, uning iqlimi hozirgiga nisbatan bir oz seryogʻin boʻlgani koʻrinadi. Bunga bir qancha misollar keltirishimiz mumkin: Zarafshonning suvi toshib oqqan yillarda Amudaryogacha yetib borgan. Temuriylar davrida Zarafshon vodiysida sugʻorma dehqonchilik nisbatan keng rivojlangan, yangi yerlar oʻzlashtirilgan, Bogʻ-rogʻlar barpo etilgan, qishloqlar va shaharlar soni ham, aholining umumiy soni ham koʻp boʻlgan. Temuriylar davrida Markaziy Osiyo va Xurosonda koʻplab, yangi sugʻorish tarmoqlari barpo etilib, obodonchilik ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan edi. Bu ishlar Amir Temur davridayoq boshlangan. Samarqand shahri va uning atroflarida bogʻ-rogʻlar yaratilgan. Bogʻi Shamol, Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Chinor, Bogʻi Bixisht, Bogʻi Buldo,Bogʻi amirzoda Shoxrux, Bogʻi Zogʻon, Bogʻi Baland, Bogʻi amirzoda Ulugʻbek, Bogʻi Maydon kabi bogʻlar nonlari Xofizi Abruning ,, Geografiya” asarida sanab oʻtilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning ,, Zafarnoma “sida yuqorida aytilb oʻtilganlarga qoʻshimcha, Samarqand viloyatida yana Taxtaqoracha, Qaratoʻba va Davlatobod bogʻlari nomlari ham eslatiladi. Movarounnahrning asosiy dehqonchilik rayoni doimo Zarafshon vodiysi boʻlib kelgan, undan keyin Qashqadaryo vodiysi turgan. Bu yerlarda hosil boshqa viloyatlarga qaraganda tez pishgan va odatda shimolroqdagi shaharlarga yetkazilgan. Xoʻjand atroflarida ham, donli ekinlar yetishtirilgan, biroq aholi ehtiyojni toʻliq taʼminlamagani uchun ham, uni moʻl hosil olingan Fargʻonadan keltirilgan. Manbalarda Shoshga tutash yerlar ishlov berilganligi bilan ajralib turgan. Movarounnahrning serhosil vodiylaridagi dehqonchilikda turli donli ekinlar yetishtirilgan, asosan, bugʻdoy ekilgan. Geografik holati va yil fasllariga qarab uning turli navlari ekilgan. . Amir Temur ayniqsa Samarqand vohasini sug‘orib obod etishga alohida e’tibor berdi. Obirahmat, Bozor, Korand va Nahri Jadid kabi sug‘orish tarmoqlari orqali obod etilgan birgina Angor tumanida dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qishloqlarning soni 72 taga yetdi. Amir Temur faqat Movarounnahrda emas, balki Xuroson, Eron, Kavkaz va boshqa viloyatlarda ham bir qancha yirik irrigatsiya ishlarini amalga oshirdi. Uning farmoni bilan Murg‘ob vohasida qazdirilgan qator sug‘orish kanallari, Kobul yaqinidagi Jo‘yinav dahasining Bodon anhori yoki Kavkazda Boylaqon mavzeyida Barlos arig‘i shular jumlasidandir. ,,Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa 99 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference yoki koriz qursa, yo biron bog' ko'kartirsa, yoxud biron xarob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hyech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa oliq-soliq qonun qoidaga muvofiq xiroj yig'sinlar.Yana buyurdimki, agar har yer va elning amaldorlari va kalontarlari oddiy fuqaroga jabr-zulm qilsa
Доказательный фрагмент
«The article examines land-water relations during the Timurid era and the creative activities of Timurid rulers in developing this area based on written sources.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines land-water relations during the Timurid era and the creative activities of Timurid rulers in developing this area based on written sources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Timurids, land ownership, agriculture, Samarkand, Samarqand, dehqonchilik, yozma manbalar, suyurgʻol., Temuriylar, yer egaligi, Temur tuzuklari, Zarafshon vodiysi, taraqqiyot
Смежные источники
Решение социальных проблем в управлении и экономикеMANAGEMENT AND ECONOMY, Гиёсова Василя Авазовна +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииХудойқулова Ҳуррият Бердиевна2019