К содержанию
РецензированоUZ2026

DINIY LEKSIKANING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI (UNING BOSHQA TURDAGI LUG‘AT QATLAMIDAN FARQLI VA O‘XSHASH JIHATLARI: EKZOTIK LEKSIKA, FRAZEOLOGIZMLAR, PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR MISOLIDA)

MANAGEMENT AND ECONOMY · PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR MISOLIDA) · Hamdamova Nasiba To‘rabekovna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Mazkur maqola diniy leksikaning lingvistik xususiyatlari uning boshqa turdagi lug‘at qatlamidan farqli va o‘xshash jihatlarini ekzotik leksika, frazeologizmlar, paremiologik birliklar misolida keng tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ushbu maqolada diniy leksika o‘zining semantik xususiyatlari bilan boshqa turdagi lug‘at qatlamidan ajralib turishi, bu so‘zlar odatda an’anaviy va rasmiy kontekstda ishlatilib, ko‘pincha chuqur ramziy ma’noga ega bo‘lishi, diniy leksikaning ma’nosi ko‘pincha kontekstual bo‘lib, u diniy matn yoki marosimning mazmuniga qarab o‘zgarishi mumkinligi, bu esa diniy leksikani semantik tahlil qilishda qiyinchilik tug‘dirishi, chunki uning ma’nosi faqat so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan cheklanmasligi, balki uning ramziy va diniy ahamiyati bilan bog‘liqligi, iymon va e’tiqod konseptlarining badiiy ijod va tilshunoslikdagi o‘rni, ularning madaniyat va milliy o‘zlikni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib beruvchi muhim ilmiy manba hisoblanishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: diniy leksika, frazeologik birliklar, ekzotik leksika, frazeologizmlar, paremiologik birliklar lingvistik tahlil, ramziy ifoda, metafora, simvolik obrazlar, madaniy qadriyatlar, urf-odat, milliy o‘zlik, badiiy adabiyot, ma’naviy qadriyatlar, estetik ifoda, sinonimiya, antonimiya, badiiy til, poetik struktura. Annotatsion: This article is devoted to an extensive analysis of the linguistic features of religious lexicon (its different and similar aspects from another type of vocabulary layer on the example of exotic lexicon, phraseologisms, paremiological units. In this article, it is thought that religious lexicon is distinguished by its semantic properties from another type of vocabulary layer, that words are usually used in a traditional and formal context, often have deep symbolism, the meaning of religious lexicon is often contextual, it can change depending on the content of a religious text or ritual, which creates difficulties in semantic analysis of religious lexicon, since its meaning is not limited. 102 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Keywords: religious lexicon, phraseological units, exotic lexicon, phraseologisms, paremiological units linguistic analysis, symbolic expression, metaphor, symbolic images, cultural values, tradition, national identity, fiction, spiritual values, aesthetic expression, synonymy, antonymy, artistic language, poetic structure. Diniy leksika o‘zining semantik xususiyatlari bilan boshqa turdagi lug‘at qatlamidan ajralib turadi. Bu so‘zlar odatda an’anaviy va rasmiy kontekstda ishlatiladi va ko‘pincha chuqur ramziy ma’noga ega bo‘ladi. Diniy leksikaning ma’nosi ko‘pincha kontekstual bo‘lib, u diniy matn yoki marosimning mazmuniga qarab o‘zgarishi mumkin. Bu esa diniy leksikani semantik tahlil qilishda qiyinchilik tug‘diradi, chunki uning ma’nosi faqat so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan cheklanmaydi, balki uning ramziy va diniy ahamiyati bilan bog‘liqdir. Diniy leksika, shuningdek, sintaktik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu leksik birliklar ko‘pincha ibodatlar, duo va marosimlar matnlarida qat’iy sintaktik tuzilmalarda qo‘llaniladi. Bunday matnlarda diniy so‘zlar va iboralar odatda o‘ziga xos tartibda joylashadi va bu tartib ularning ma’nosini va ta’sirchanligini oshiradi. Masalan, Qur’on oyatlari yoki va’z matnlarida so‘zlarning joylashuvi va tuzilishi matnning tantanavorligini va ma’nosini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Pragmatik nuqtai nazardan, diniy leksika o‘zining kommunikativ vazifalari bilan ajralib turadi. Diniy nutq va matnlar ko‘pincha axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni ifodalash, jamiyatning diniy e’tiqodlarini mustahkamlash, shuningdek, diniy marosimlarda qatnashuvchilarni birlashtirish uchun ishlatiladi. Diniy leksika yordamida insonlar o‘zlarining diniy e’tiqodlarini ifodalaydilar, boshqalar bilan diniy muloqotga kirishadilar va diniy tajribalarini o‘rtoqlashadilar. Diniy leksika ko‘pincha boshqa leksik qatlamlardan kiritilgan so‘z va iboralarni ham o‘z ichiga oladi. Bu jarayonni leksik ko‘chirma yoki zaimka deb atash mumkin. Masalan, islom dini bilan bog‘liq ko‘plab arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga kiritilgan va ular diniy leksika sifatida qabul qilingan1. Ushbu ko‘chirilmalar odatda asli tilidan farqli ravishda ishlatiladi va yangi tilning diniy kontekstida o‘zining yangi ma’nosini oladi. Diniy leksikaning yana bir muhim xususiyati uning qattiq ma’naviy va axloqiy yuk bilan bog‘liq bo‘lishidir. Ushbu leksik birliklar insonlar orasida katta hurmat va ehtirom bilan qabul qilinadi. Diniy leksikaning noto‘g‘ri yoki noto‘g‘ri kontekstda ishlatilishi odamlar orasida norozilik yoki mojaroga olib kelishi mumkin. Shu sababli, diniy leksika juda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi lozim. Umuman olganda, diniy leksika til tizimida muhim o‘rin tutadi 103 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference va uning lingvistik xususiyatlari tilshunoslikning tu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola diniy leksikaning lingvistik xususiyatlari uning boshqa turdagi lug‘at qatlamidan farqli va o‘xshash jihatlarini ekzotik leksika, frazeologizmlar, paremiologik birliklar misolida keng tahlil qilishga bag…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola diniy leksikaning lingvistik xususiyatlari uning boshqa turdagi lug‘at qatlamidan farqli va o‘xshash jihatlarini ekzotik leksika, frazeologizmlar, paremiologik birliklar misolida keng tahlil qilishga bag… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
religious lexicon, phraseological units, exotic lexicon, ma’naviy qadriyatlar, estetik ifoda, madaniy qadriyatlar, badiiy adabiyot, diniy leksika, antonimiya, ramziy ifoda, frazeologizmlar, metafora, poetik struktura., urf-odat, frazeologik birliklar, sinonimiya, paremiologik birliklar lingvistik tahlil, ekzotik leksika, badiiy til, milliy o‘zlik, simvolik obrazlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники