Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GENDER TENGLIGI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI VA XALQARO HUQUQIY STANDARTLAR
XALQARO HUQUQIY STANDARTLAR · Hayitova Diyora Yorqinovna
Академические исследования в современной науке · 2019
Аннотация
Ushbu maqola gender tengligi tushunchasining ilmiy asoslarini keng yoritib, tarixiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy kontekstda uning mazmunini tahlil qiladi. Gender tengligi erkaklar va ayollarning teng huquqlarga ega bo‘lishini ta'minlaydigan tushuncha sifatida bayon etiladi. Kalit so’zlar: gender tenglik, jamiyat, oila, ijtimoiy tenglik, turmush tarzi, tarixiy-madaniy shart-sharoitlar, hayotiy ehtiyoj, huquq, imkoniyat. Olimlar gender tengligi tushunchasini ijtimoiy taraqqiyot, oilaviy va jamoat munosabatlari, milliy an’ana va madaniy qadriyatlar bilan bog‘lashgan. Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar hisoblanadi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra , gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Milliy qonunchiligimizga «gender» tushunchasi 2019-yil 3-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni bilan kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra gender — xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati hisoblanadi. Shuningdek, ushbu qonun bilan gender statistikasi — davlat statistikasining jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holati to‘g‘risida har bir jins bo‘yicha alohida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, har xil jinsdagi shaxslarning ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi tegishli holatini aks ettiradigan, gender muammolarini va jamiyatdagi munosabatlarni yoritadigan qismi, gender-huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish kabi tushunchalar ham qonunchiligimizga kiritildi. Mazkur qonunning 1- 20 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference moddasida, ushbu qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi ta’kidlangan bo‘lib, qonunda davlat organlaridagi vakolatli shaxsning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi vakolatlari, davlat xizmati sohasida xotin- qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, davlat xizmatidagi lavozimlarni egallash uchun tanlovlarda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi, saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, uy mehnatini bajarishda teng munosabatlar kafolatlari belgilangan. Shuningdek, ushbu qonunda agar shaxs o‘zini jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egaligi, bunda jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmasligi, xotin- qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni sudlarda ko‘rish chog‘ida advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlarga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda, ularning xohishiga ko‘ra davlat hisobidan qoplanishi ham nazarda tutilgan. Hozirgi vaqtda siyosiy va iqtisodiy institutlarning tenglik darajasi mamlakatlar demokratiyasining ko‘rsatkichi hisoblanadi va bu ma’lumotlar ko‘plab xalqaro indekslarga kiritilgan. Global miqyosda erkaklar siyosatda ayollarga qaraganda ko‘proq qatnashadi va lavozimlarni egallaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, boshqa barcha kasblar orasida ayniqsa siyosat sohasida gender tengligiga erishish juda mushkul. Shunday qilib, jinsiy tafovut bo‘yicha Global hisobotga ko‘ra, agar siyosiy vakillikdagi gender tengligining o‘zgarish darajasi hozirgi darajada saqlanib qolsa, dunyoda gender tengligiga erishish uchun o‘rtacha 95 yil, ta’lim sohasida gender tenglikka erishish uchun esa 12 yil kerak bo‘ladi. Ayollar masalasi jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, millatlar, davlatlar, madaniyat va sivilizatsiyalar bilan uzviy aloqad
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola gender tengligi tushunchasining ilmiy asoslarini keng yoritib, tarixiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy kontekstda uning mazmunini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola gender tengligi tushunchasining ilmiy asoslarini keng yoritib, tarixiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy kontekstda uning mazmunini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquq, imkoniyat., tarixiy-madaniy shart-sharoitlar, oila, jamiyat, ijtimoiy tenglik, gender tenglik, hayotiy ehtiyoj, turmush tarzi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026