К содержанию
РецензированоUZ2026

JAHOLATPARASTLIK – MA’RIFATLI JAMIYATNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHGA TO‘SQINLIK QILUVCHI KUCH

Achilova Nilufar Norbutayevna

Академические исследования в современной науке · 12 · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi kuch hisolanadigan jaholatparastlikning ma’no-mazmuni, obyektiv va subyektiv omillar, g‘ayriinsoniylikdan iborat vazifalari, namoyon bo‘lish shakllari, ularni bartaraf etish uslub va vositalari atroflicha yoritilgan. Kalit so‘zlar. Yangilanayotgan O‘zbekiston, ma’rifat, ma’rifatli jamiyat, ma’rifatli inson, ma’rifatparvarlik, jahl, jaholat, jaholatparstlik, johillar, g‘azab, dunyoviy va diniy dunyoqarash, jahl va aql. Yangi O‘zebkiston - bu ma’rifatli insonlar aql-zakovati bilan shakllanib, rivojlanib boradigan, har bir fuqaroning adolatlilik prinsiplari asosida barcha tabiiy yashash, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy huquqlarini kafolatlaydigan bir ma’naviy-ma’rifiy makon zaminiga quriladigan “suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatdir”[1.4.]. Ma’rifatli jamiyat esa bu har tomonlama dunyoviy va diniy ilmlar ziyosini o‘zida mujassamlashtirgan, ana shu ziyoni quyosh nuri kabi ijtimoiy borliqqa taratadigan ma’rifatli insonlar hamjamiyatidir. Globallashuv sharoitida ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishning oson kechmasligi, tabiiy holdir. Chunki, olamdagi sirli sinoatlardan biri bu ma’rifat bilan bir qatorda uning ziddi bo‘lgan jaholatning ham mavjudligidir. Jaholatni insoniyat rivoji tarixidagi voqealar silsilasida hamma vaqt g‘ayriinsoniy ruhiy-axloqiy fenomen sifatida baholab kelishgan. Chunki, u o‘zining g‘ayri tabiiy ko‘rinishdagi xatti-harakatlari bilan shaxslar, jamoalar, elat, millat va xalqlar boshiga ko‘plab kulfatlarni yog‘dirgan. Bu xususda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev:” ..turli xalqlar o‘rtasida urush olovini yoqish, milliy va diniy ziddiyatlarni avj oldirishga urinayotgan kuchlar ham afsuski, yo‘q emas. Bunday xatarlar ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Bunday yovuz kuchlarga qarshi kurashda, avvalo doimiy hushyorlik va ogohlik, butun xalqimizning birligi va hamjihatligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bunday xavf-xatarlarga qarshi faqat kuch ishlatish usullari bilan emas, balki, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish lozim”[2.288-289.],-deb yozgangan edi. 68 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Xo‘sh, shunday ekan jaholat nima, degan savol tug‘iladi ? «Jaholot» so‘zi kundalik ma’noda nojo‘ya xatti-harakatdan, gapdan yoki voqea-hodisadan ranjish, achchiqlanish, g‘azzablanish tuyg‘usi, degan ma’noni anglatuvchi «jahl» ( arabcha – nodonlik, aqlsizlik; ilmsizlik) so‘zidan olingan bo‘lib[3.78.], biron bir kimsaning ilmsizligini, qoloqligini, madaniyatsizligini, nodonligini anglatish uchun ishlatiladi. Bunda, shuni unutmaslik kerakki, «jahl» so‘zi kundalik hayotda bir tomondan ijobiy, ya’ni mavjud voqelikni chuqur anglagan holda, uni o‘rganish va o‘zgartirish borasidagi fikr va xatti-harakatlarga qarshi chiquvchilarga qarshi jahlu-g‘azab orqali, ikkinchi tomondan salbiy, ya’ni mavjud narsa, voqaye, hodisalarning tub mohiyatini tushunmasdan ularga nisbatan ilmsizlarcha, nodonlik bilan munosabat bildirish sifatida qo‘llanilishi mumkin. «Jaholot» tushunchasi o‘z ichiga «jahl» so‘zining o‘zagi asosida qurilgan, jahldorlik, jahillanmoq, jahlli, johil, johllik, jaholotparasitlik kabi tushunchalarni qamrab oladi. Masalan, jahldor – salga jahli chiqaveradigan, hadeb jahl qilaveradigan, serjahl, achchig‘i tez odamning salbiy fazilatini; jahlli – odamning g‘azabi kelganligini, g‘azab bilan to‘lganlikni; johillik – odamning nodonlik, qoloqlik, madaniyatsizlik, o‘jarliligini, johil – odamning jaholatda qolgan, ilm- ma’rifatdan mahrum, qoloqlik, madaniyatsizlik, nodonlikni anglatadi. Bunda, shunga alohida e’tibor berish kerakki, jahl – bu odamdagi ko‘proq ruhiy holatni, aniqrog‘i o‘zini tutolmasdan xatti-harakat sodir qilishni bildiradi. Jaholat esa keng odamlar, ijtimoiy guruhlardan tashkil topgan jaholatparastlar tomonidan sodir etiladigan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarni aks ettiruvchi axloqiy-falsafiy kategoriyalar jumlasiga kiradi. Demak, yuqorida keltirilgan so‘zlarning mazmun- mohiyatidan kelib chiqqan holda jaholat tushunchasiga quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin. Jaholat – bu odamning eskilikka yopishib ilm-ma’rifatdan mahrum bo‘lib qolgan holda, o‘zini idora qilolmasdan o‘zgalarga nisbatan ilmsiz tarzda qiladigan nodonlarcha g‘ayriinsoniy ruhiy-axloqiy xatti-harakatlarining muayyan tizimidir. Jaholat ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga zarar yetkazuvchi g‘ayriinsoniy ruhiy-axloqiy hodisa sifatida o‘z obyekti va subyektiga egadir. Bunda jaholatning obyektini jaholatparastlarning diqqat e’tibori qaratilgan narsa, hodisa va jarayonlar, uning subyektini esa jaholatparaslikka asoslangan bo‘zg‘unchi vayronkor g‘oyalarni amalga oshirish ilinjida yurgan johil odamlar va ularning uyushmalari tashkil qiladi. 69 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Jaholatning obyekt

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqolada Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi kuch hisolanadigan jaholatparastlikning ma’no-mazmuni, obyektiv va subyektiv omillar, g‘ay…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqolada Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi kuch hisolanadigan jaholatparastlikning ma’no-mazmuni, obyektiv va subyektiv omillar, g‘ay… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifatparvarlik, johillar, dunyoviy va diniy dunyoqarash, g‘azab, Yangilanayotgan O‘zbekiston, jahl va aql., ma’rifatli jamiyat, ma’rifatli inson, jaholatparstlik, jahl, jaholat, ma’rifat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники