Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURLI MAMLAKATLARDA MEDICAGO SATIVA ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH CHORALARI
Bekchanov Muzaffar Xudaybergenovich · Alimboyeva Salomat Maqsad qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2017
Аннотация
В данной статье представлена информация об основных вредителях растения Medicago sativa и мерах борьбы с ними, применяемых в различных странах. Kalit so’zlar: Medicago, Yangi Zelandiya, Xitoy, beda shirasi, beda tripsi, Sitona diskoideus Gyllenhal, Therioaphis maculate, Acyrthosifon kondoi Shinji, Sitona discoideus, kumestrol, fitoestrogen birikmasi. Keywords: Medicago, New Zealand, China, alfalfa sap, alfalfa thrips, Sitona discoideus Gyllenhal, Therioaphis maculata, Acyrthosiphon kondoi Shinji, Sitona discoideus, coumestrol, phytoestrogen compound. Ключевые слова: Medicago, Новая Зеландия, Китай, сок люцерны, трипсы люцерны, Sitona discoideus Gyllenhal, Therioaphis maculata, Acyrthosiphon kondoi Shinji, Sitona discoideus, куместрол, фитоэстрогенное соединение. Beda – Medicago, dukkakli ekinlar oilasiga mansub ildizpoyali ko’p yillik o’t o’simlik hisoblanadi. 100 ga yaqin turi mavjud bo’lib, asosan yem-xashak sifatida yetishtiriladi. Bedaning vatani Eron bo’lib, Xitoy, Yangi Zelandiya, Amerika hamda O’rta Osiyoda madaniy o’simlik sifatida yetishtiriladi. Xitoyda medicago sativa asosan yem-xashak sifatida yetishtiriladi. 2017-yilda 4.15 million ga2 maydonga beda ekilgan va hosildorlik 29.3 million tonnani tashkil etgan. Beda o’simligining zarakunandalari yer usti va yer osti zararkunandalariga ajratiladi. Xitoyda beda o’simligi hashorotlariga beda shirasi, beda tripsi va Hypera 504 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya postica hisoblanadi. Hypera postica Ningxia va Shinjon mintaqalarida tarqalgan. Shiralarning Acyrthosiphon kondoi, Aphis craccivora, Acyrthosiphon pisum, Therioaphis trifolii turlari bedaga katta zarar yetkazadi. Tripsning esa Odontothrips loti, Thrips tabaci, Frankliniella occidentalis va Frankliniella intonsa turlari asosiy zararkunanda hisoblanadi. Shiralar va Tripslar asosan bedaning bargi va yosh poyalariga zarar yetkazadi. Bundan tashqari bedaga virus ham yuqtirishadi. Shiralar asosan beda mozaikasi va beda jingalagi virusi tashuvchilari ekanligi aniqlangan. 2017- yil hisobotlariga ko’ra shira va tripslarning ta’sirida bir yilda bedaning hosildorligi 20% gacha kamayadi, iqtisodiy yo’qotish esa 9.144 milliard yuanni tashkil qiladi. Yangi Zelandiyada bedaning asosiy zararkunandalari Sitona diskoideus Gyllenhal, Therioaphis maculate, Acyrthosifon kondoi Shinji va A. pisum hisoblanadi. Bu hasharot turlari bedaga juda katta zarar yetkazadi. Ular Yangi Zelandiyaga xos bo’lmagan hasharotlar hisoblanib, asosan ekzotik qit’alardan o’tib qolgan deb tahmin qilinadi. Bedaga unchalik ham zarar bermaydigan hasharot turlariga Naupactus leucoloma hamda Atrichonotus taeniatulus kiradi. Ko’chilik Sitona discoideus turkum vakillari bedaning ham yer usti, ham yer osti qismlariga jiddiy zarar yetkazadi. Bu tur vakillari avvalo beda ildizini azot o’zlashtiruvchi qismini yemirib tugadi. Keyinchalik esa yer usti qismini kemira boshlaydi. Tez ko’payish xususiyati esa butun dalani tez fursatda yemirib tugatishlariga yo’l ochadi. Shu sababdan bu hasharot bilan kurashish uchun tabiiy biokurashchilardan foydalanish samaraliroq hisoblanadi. Hasharotlar o’simliklarni kemirib zarar yetkazishidan tashqari ularga turli virusli va bakteriyali kasalliklarni ham yuqtirib kelishadi. Buning natijasida zararkunanda bartaraf qilinsada, o’simlikda patogen reaksiya paydo bo’lishda davom etadi va so’liy boshlaydi. Hasharotlar so’lagida patagenlarni u o’simlikdan boshqa o’simlikka faol olib o’tadi. Bu esa mikroorganizmni jadal suratda tarqalishiga olib keladi. Xitoylik olim Liu va uning hamkorlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra ikki haftalik beda ko’chatlari barglariga so’lak salbiy ta’sir qilib, uni o’sishdan to’sadi. Bundan tashqari so’lak tekkan barglarda mikroorganizmlardan to’sib turuvchi modda – yasmon kislota sintezini buziladi. Turli kimyoviy moddalar ta’sirida yetishtiriligan beda o’simligi ham o’z navbatida hayvonlarga biroz salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, ikkilamchi o’sish davrida bo’lgan beda o’simligi tarkibida kumestrol, fitoestrogen birikmasi bo’lganligi sababli qo’ylarning reproduktivlik ko’rsatkichlarini kamaytiradi. 505 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Bundan tashqari iqlimning o’zgarishi ham beda o’simligiga ham uning zararkunandalariga ta’sir o’tkazadi. CO darajasining ko’tarilishi hasharotlarning 2 fenologiyasini va ularga bog’liq parametrlarni o’zgartiradi. Shu bilan birga uglerod azot nisbatlari hasharotlarda shira ishlab chiqarilishini oshirib yuboradi. Bu davrda ular yanada ko’proq feramon ishlab chiqaradi va shiddat bilan ko’payadi. Biroq bunday sharoit beda o’simligiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu davrda o’simlik ildiz massasi 85% ko’proq o’sadi va tugunaklar miqdori 22% gacha ortadi. Amerika Qo’shma Shtatlarida bedaning ashaddiy dushmani Hypera postica (Gyllenhal) (Coleoptera: Curculionidae)
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена информация об основных вредителях растения Medicago sativa и мерах борьбы с ними, применяемых в различных странах.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена информация об основных вредителях растения Medicago sativa и мерах борьбы с ними, применяемых в различных странах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Medicago, New Zealand, China, alfalfa sap, alfalfa thrips, Sitona
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026