Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARNING ISSIQLIKKA BARDOSHLILIGINI OSHIRISH
BARDOSHLILIGINI OSHIRISH · Bekzod Nabiyev Ne’matjonovich
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
The article provides information on the types of polymeric materials and classification of composite materials and the determination of their heat resistance. Kalit so`zlar: Polimer, kompozitsion material, materialshunoslik, reaktoplast, texnologik usullari, chidamlilik, elektr toki. Ключевые слова: полимер, композитный материал, материаловедение, реактопласт, технологические методы, выносливость, электрический ток. Keywords: polymer, composite materials, material science, reaktoplast, technological methods, endurance, electric current. So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan Respublikadagi mashinasozlikka katta e`tibor qaratilmoqda, korxonalarini xususiylashtirilishi hozirgi kundagi zamon talablariga javob beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan, zamon zayliga, odamlarning didiga tez moslashuvchan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo bo’lishiga olib keldi va ularning hammasi davlatning sanoati va iqtisodining rivojlanishiga zamin bo`ladi. Bugungi kunda har bir sohada izlanishlar va rivojlanishlar bo`ladigan zamon va unga yetarlicha imkoniyatlar ham berilmoqda hukumatimiz tomonidan [1]. Jahonda zamonaviy mashinasozlik sanoatini takomillashtirish, ishlab chiqarishning turli sohalari uchun jahon talablariga mos, raqobatbardosh va import o‘rnini bosadigan texnologiyalar, mashinalar va mexanizmlarning yangi takomillashgan qurilmalarini yaratish, chuqur fundamental tadqiqotlarni olib borish, dolzarb ilmiy-texnik masalalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, paxtani qayta ishlovchi mashinalarning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlashda yuqori samarali kompozitsion polimer materiallardan maqsadli foydalanish, texnologik jihozlar ishchi sirtlarining paxta 69 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sirtlariga salbiy ta’sirini yangi materiallar qo‘llash orqali kamaytirish hal etishni kutayotgan dolzarb ilmiy - texnik muammolardan biri hisoblanadi. Bugun dunyo yangi texnika va texnologiya taraqqiyotiga qadam qo’yilmoqda. Fan-texnikani rivojlanishi natijasida metallurgiyada ham katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Metal o’rnini bosuvchi yangi turdagi zamonaviy mahsulotlar yaratilmoqda va ishlab chiqarilmoqda [2]. Masalan: eng yaxshi po’lat yoki alyuminiy qotishmalari bilan tenglasha oladigan material – bu kompozit yoki kompozitsion materiallardir. Ensiklopedik materiallarga ko’ra “Kompozitning” ma’nosini quyidagicha berilgan: “Berilgan yo’nalishi bo’yicha mustahkamlovchisi bo’lgan metall yoki metallmas materiallar. Zamonaviy kompozitsion materiallardan biri – temirbeton”. Ma’lumki, temir-beton olishda, po’lat armature atrofida betonni qotiriladi. Natijada o’ziga xos monolit xosil bo’lib, beton asosan siquvchi kuchga, armature chizuvchi kuchga ishlaydi. Kompozitsion materiallar -oʻzaro yaxshi taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar bilan mustahkamlangan); dispersion-zichlangan (dispers zarralar bilan mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokatlab olingan). Kompozitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullari: mustahkamlovchi tolalarga matritsa materiali shimdirish; mustahkamlagich va matritsa lentalariga press-qolipda shakl berish; komponentlarni sovuqlayin presslab, keyin qovushtirish; mustahkamlagichga matritsani purkab, keyin qisish; komponentlarning koʻp qatlamli lentalarini diffuziya usulida payvandlash; armaturalovchi elementlarni matritsa bilan birga prokatkalash va h.k. Material qancha yengil boʻlsa, uning zichligi kam boʻlishi maʼlumdir (bir xil mustaxkamlikda). Xisob-kitob ishlarida asosan solishtirma mustaxkamlik va bikrlik modulidan foydalaniladi, yaʼni materialning bu koʻrsatkichlari solishtirma ogʻirligiga nisbati olindi. Shuning uchun solishtirma mustaxkamlik va solishtirma bikrligi kilometrda oʻlchanadi, boshqacha qilib aytganda uzunlik 70 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference oʻlchamiga egadir. Konstruksion materiallar ishlab chiqarishda fan-texnika yaxshi natijalarga erishmoqda. Agar 1940-yilda unga sifatli poʻlatning mustaxkamligi 110-130kg/mm2 boʻlsa, 1985-yilda 200-250kg/mm2 ga yetdi. Oʻta mustaxkam alyuminiy qotishmalarida uni mustaxkamligi 40kg/mm2 va 50- 60kg/mm2 (mos ravishda 1940 va 1985-yillar). Oʻta past temperaturani, titrash yuklanishini,
Доказательный фрагмент
«The article provides information on the types of polymeric materials and classification of composite materials and the determination of their heat resistance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information on the types of polymeric materials and classification of composite materials and the determination of their heat resistance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- polymer, composite materials, material science, reaktoplast, elektr toki., chidamlilik, texnologik usullari, materialshunoslik, kompozitsion material, Polimer
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026