К содержанию
РецензированоUZ2024

DO’PPI TURLARI

DO’PPI TURLARI · Barotova Shahnoza · gullari tikilgan. O’zbekistonda (Termiz Davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Texnologik taʼlim) · Samarqand, do’ppilari (Termiz Davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Texnologik taʼlim)

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Do‘ppi, o‘zbek xalqi va boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining milliy kiyimlaridan biri bo‘lib, qadimiy va boy madaniyatimizning muhim qismidir. Bu kiyim boshni yopish uchun ishlatiladigan, o‘ziga xos dizayni va shakli bilan ajralib turadigan an’anaviy bosh kiyimidir. Do’ppi boshni issiqdan hamda sovuqdan himoya qilish uchun foydalanilaniladi Ushbu maqolada asosiy do’ppining turlari do‘ppining tarixi, uning ma'nosi, xalq orasida qanday qabul qilinishi va bugungi kunda uning zamonaviy shakllaridagi o‘zgarishlari ko‘rib chiqiladi.do’ppi turli viloyatlarda tyrlicha bo’lin naqsh bezaklari bilan ham farq qiladi Kalit so’zlar: Do’ppi,Do’ppiturlari, Naqsh turlari, kuloh, araqchin, tus to’ppi, do’ppi tikish Do’ppi uchun mato tanlash texnоlogiyasi, doʻppi tarixi, Do’ppi haqida. — O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim.Do’ppi boshni issiqdan sovuqdan saqlash uchun kiyiladigan bosh kiyim Do’ppi turli hil viloyatlarda turli hilda tikiladi. Do’ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar o’rtasida, Rossiyada esa XIII asrda rasm bo’lgan. Asrlar davomida do’ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg’a shoyiga ip, ipak va zar bilan do’ppi gullari tikilgan. O’zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, do’ppilari mavjud. Iroqi, Chust do’ppi, Gilam do’ppi, Chakma to’r, Zardo’ppi, To’ldirma deb nomlanadigan milliy do’ppilar bor. Har bir do’ppi yaratilish uslubiga ega bo’lib, ular naqshlari bezaklari bilan bir-biridan farqlanadi O’zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega bo’ladi. «Kuloh», «araqchin», «tusdo’ppi». Nomli turlari mavjud Kuloh- konussimon bosh kiyim. U asosan darveshlar qalpog’i. Uning matohi toq uchburchak parchalaridan bichilib yonlamasiga tikiladi. Kuloh (erkaklar bosh kiyimi) judakam uchraydigan do’ppi hi Araqchin — sharsimon do’ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do’ppilar kanda xayol, bosma, chakmato’r, iroqi chok usullarida tikiladi. Tus do’ppi — Keng tarqalgan yassi yuzali do’ppi. Ko’pincha tus do’ppi chust do’ppi deb yuritiladi. Tus do’ppilarning birgina klassik variantining o’zida sakkizta yuvelir chok uslubi qo’llaniladi. Masalan, zanjira, to’g’ri chok, chita, kungura, 433 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 yetalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do’ppisi-ning tepasiga kvadrat shaklida bo’rtib chiqib, yarim shar ko’rinishida bo’ladi. Toshkent do’ppisi sidirg’a baxmaldan (gulsiz) tikilgan bo’ladi. Buxoro do’ppilari sidirg’a yoki gulli baxmaldan jiyakli qilib tikiladi, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo’rma usulida tikilgan bo’ladi. Qadimgi davrlarda bosh kiyimga qarab o`zbeklarning etnik va lokal guruhlari bilan farq qilingan. Erkaklar boshiga asosan turli xildagi do`ppi (do`ppi, taqyo) kiygan, ayollar esa ko`pincha rang -barang ro`mol yopingan. Do`ppining dastavval tagini va gardishi (kizagi) ni ayrim holda tikib kashtalaganlar va mayda kavalab qo`shib tikkanlar. Biroz yapaloq yassi shaklda ichiga o`rab qog`oz bilan mayda qaviq qilingan do`ppilar asosan Farg`ona vodiysida ma`lum. Ayniqsa «Bodom» yoki «qalampir» chaqish oq ipak ip bilan tagi qora matolarga kashtalangan Chust do`ppisi nafaqat vodiyda, balki Chustdan tashqarida ham mashhur. Tagi kashta qilinib, rang -barang gul shaklidagi Xo`jand-o`rtatepa do`ppilari butun O`zbekitonga tarqalgan. Odatda, do`ppiga nozik gul qadab tikiladi, ayrim ayollarning do`ppisiga mayda munchoq, marjonlar. Xorazmliklarda jiyak va popuk taqiladi. Ilgari konus shaklidagi do`ppilar Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda tarqalgan, endi esa Shahrisabzda saqlangan. Bugungi kunda Respublika Davlat amaliy san’at muzeyida badiiy ijodiyotning mustaqil turi bo‘lgan o‘zbek do‘ppilarining noyob namunalari saqlanadi. Xususan, Toshkentning «iroqi», «chorgul», «chamanda gul», «takdo‘zi», «oqlar», Shahrisabzning «iroqi», «gilam do‘ppi» deb ataluvchi turlari, Chustning qora satinga oq ipak bilan tikilgan «qalampir» nusxasi, Denov, Urgut, Samarqand va boshqa joylarda tayyorlangan do‘ppilar bir-biridan o‘ziga xos kashta gullari bilan ajralib turadilar, ulardan hayratlanmaslik mumkin emas. Ayollar do‘ppilarini bezashda asosan gullar, mevalar va qushlardan foydalaniladi. Gul naqshlari orasida keng tarqalgani atirgul, gulsapsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, olma gullari va boshqalar, mevalar orasida esa anor, olcha va gilos, bodom va qalampir tasvirlari va boshqalar hisoblanadi. Gullar ko‘pincha yuqorida va 434 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 yon tomonda tasvirlanadi. Gullar ichidagi jihatlar, ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan ishlanadi. Qushlar ham bezakning asosiy naqshini tashkil qilishi mumkin. Asosan, bu tustovuq, xo‘roz, bulbulning tasvirlaridir. Hunarmand ayollarning go‘zallikka, mukammallikka intilishi ularning mehnatini

Доказательный фрагмент

«Do‘ppi, o‘zbek xalqi va boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining milliy kiyimlaridan biri bo‘lib, qadimiy va boy madaniyatimizning muhim qismidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Do‘ppi, o‘zbek xalqi va boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining milliy kiyimlaridan biri bo‘lib, qadimiy va boy madaniyatimizning muhim qismidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Do’ppi, araqchin, do’ppi tikish Do’ppi uchun mato tanlash texnоlogiyasi, Do’ppiturlari, tus to’ppi, kuloh, Naqsh turlari, doʻppi tarixi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники