Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARGA YARIMO’TKAZGICHLI LAZERLARNI O’RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN FOYDALANISH
Tojiboyeva Z.A. · Sharifboyeva M.M. · Sansizbaeva S.A. · Shukirlayev A.M.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada fizika yo‘nalishidagi universitet talabalari uchun yarimo‘tkazgichli lazerlarni o‘qitishda axborot texnologiyalari va virtual laboratoriyalardan foydalanish masalasi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Amaldagi ta’lim jarayonida mazkur texnologiyalarning yetarli darajada qo‘llanilmayotgani muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Lazer hodisasining murakkab fizik tabiati va uni an’anaviy metodlar bilan tushuntirishdagi qiyinchiliklar yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan interaktiv dasturlar, 3D modellashtirish, virtual laboratoriyalar va multimedia vositalarining talabalarda mavzuni tushunishga bo’lgan ta’siri o’rganilgan. Kalit so’zlar: Yarimo'tkazgichli lazerlar, optik rezonator, axborot texnologiyalari, virtual laboratoriyalar, 3D modellashtirish, animatsiya, lazer nurlanishi 1. Kirish Zamonaviy ilm-fanning yuksalishi bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham yangi yondashuvlar, innovatsion metodlar va ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Fizika fani esa bu jarayonda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Chunki fizika-tabiat qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish, texnikaviy yechimlar topish va ularni amaliyotga tatbiq etish imkonini beruvchi asosiy fanlardan biridir. Ayniqsa, yarimo‘tkazgichli lazerlar kabi murakkab fizikaviy tushunchalarni o‘rgatishda bu texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi. Axborot texnologiyalari yordamida talabalar nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lab, mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlari mumkin [1]. Lazerlar — o‘ziga xos fizikaviy hodisa bo‘lib, kvant mexanikasi, elektromagnit to‘lqinlar, nurlanish energiyasi kabi murakkab tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Talabalarga bu mavzuni an’anaviy ta’lim metodlari orqali o‘rgatish ko‘pincha qiyinchilik tug‘diradi, chunki bu tushunchalar ko‘p hollarda tasavvur qilish qiyin bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Bunday murakkab mavzularni yoritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish katta samara beradi. Virtual laboratoriyalar, 3D modellar, animatsiyalar, multimedia vositalari orqali o‘quvchilarda mavzuga nisbatan chuqur tushuncha va mustahkam tasavvur shakllanishiga erishiladi. Bu ishdan asosiy maqsad lazerlarning yaratilishi, ularning ishlash prinsipi, turlari va xossalarini kompyuter yordamida takomillashtirilgan holatda boshqalarga yetkazib berish. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali lazerlar bilan bog‘liq tajribalarni vizual ko‘rinishda taqdim etish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish va talabalarning faolligini oshirish mumkin. Bu esa nafaqat o‘quv jarayonining sifatini oshiradi, balki talabalarda mustaqil fikrlash, izlanish va ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantiradi. 4 46 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mazkur ilmiy ishda yarimo’tkazgichli lazerlarning fizika fanidagi o‘rni, ularni o‘rganishda duch kelinadigan muammolar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining bu muammolarni hal qilishdagi roli, talabalarda mavzuga nisbatan motivatsiyani oshirish yo‘llari keng yoritiladi. Ayniqsa, fizikani zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘un holda o‘rgatish orqali ta’lim jarayonining interaktiv va samarali tashkil etilishi asoslab beriladi [2]. II. Lazerlarning yaratilishi, yarimo’tkazgichli lazerlarning ishlash prinsipi. Lazer texnologiyasining paydo bo‘lishi fizikadagi muhim nazariy kashfiyotlarga tayanadi. 1917-yilda mashhur olim Albert Eynshteyn tomonidan majburiy (stimullangan) nurlanish nazariyasi ilgari surildi. Eynshteyn bu nazariya orqali atomlar tashqi elektromagnit to‘lqin ta’sirida foton chiqarishi mumkinligini nazariy jihatdan isbotladi. Bu esa lazerlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi. Lazerlarning bevosita ajdodi hisoblangan Maser (mikroto‘lqinli kuchaytiruvchi) 1953- yilda amerikalik olimlar Charlz Tovns, Jeyms Gordon va Gerbert Zeyger tomonidan yaratilgan. Maser infratovush yoki mikroto‘lqin diapazonida ishlovchi qurilma bo‘lib, u stimullangan nurlanish asosida kuchaytirilgan elektromagnit to‘lqinlar hosil qilar edi. Ushbu texnologiya lazerning yaratilishiga yo‘l ochdi . 1957–1959-yillar oralig‘ida amerikalik fizik Gordon Gould lazer g‘oyasini kengroq ishlab chiqdi va uni “Light Amplification by Stimulated Emission of Radiation” (L.A.S.E.R) ya’ni “Stimullangan nurlanish yordamida yorug‘likni kuchaytirish” deb atadi. Shundan so‘ng “LASER” so‘zining qisqartmasi keng tarqaldi. Garchi Gould birinchi bo‘lib lazer qurilmasini yaratmagan bo‘lsa-da, bu atama ilm-fan sohasida qo‘llanila boshladi va u lazerlar bilan bog‘liq patent olish uchun kurash olib bordi. 1960-yil lazer texnologiyasi tarixida burilish davri bo‘ldi. Teodor Meiman tomonidan qizil rangli rubin kristalli lazer muvaffaqiyatli ishlab chiqildi. Bu dunyodagi birinchi amaliy lazer qurilmasi hisoblanadi. Mazkur lazer stimullangan nurlanish yordamida tor doiradagi yorug‘lik nurlarini hosil qila oldi. Meimanning ushbu kashfiyoti lazer fizikasi uchun katta turtki bo‘ldi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada fizika yo‘nalishidagi universitet talabalari uchun yarimo‘tkazgichli lazerlarni o‘qitishda axborot texnologiyalari va virtual laboratoriyalardan foydalanish masalasi nazariy jihatdan tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada fizika yo‘nalishidagi universitet talabalari uchun yarimo‘tkazgichli lazerlarni o‘qitishda axborot texnologiyalari va virtual laboratoriyalardan foydalanish masalasi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- optik rezonator, animatsiya, axborot texnologiyalari, 3D modellashtirish, virtual laboratoriyalar, lazer nurlanishi., Yarimo'tkazgichli lazerlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025