Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI YOKI ULARDAN FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI · Majidov Jamshed Abdulla o’g’li
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
This article discusses the improvement of legislation regulating the investigation of crimes related to the violation of road traffic safety rules or the operation of vehicles. The author presents opinions and suggestions for enhancing investigative procedures in this area. Keywords: Inquirer, investigator, crime scene, inspection, individual rights, individual freedoms, road traffic and vehicle operation safety, road traffic accident. Kundalik hayotning yangilanib, turli xildagi ijtimoiy munosabatlarning shakllanib borishi bu borada tartibga soluvchi qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi bilangina chegaralanib qolmay, amaldagi mavjud qonunchilikka ham ayriim o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish zaruratini keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda butun jahon hamjamiyati ijtimoiy munosabatlarda eng avvalo shaxsning huquq va erkinliklari va ularning poymol qilinishini oldini olish borasida turli xildagi tajribalarni qo’llab kelmoqdalar. 21 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa avvalambor shaxsning konstitutsion huquqlarini ta’minlash, shaxsga nisbatan hukumatning ta’sirini yumshatish, qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli chora ko’rishda adolatli tizim yaratishdir. Protsessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat protsessida dalillarni to’plash, ularga baho berish tizimini xorijiy tajribadan foydalangan holda qayta ko’rib chiqish, jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, sodir etilgan har bir jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog’liq jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov oldi tekshiruv va dastlabki tergov hamda sud bosqichlaridagi ishlarni yuritishda yanga innovatsion yondashuvlarni qo’llash, shaxsning protsessual erkinligi, aybsizlik prezumptsiyasi kabi masalalarni yana bir bor ko’rib chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari bo’yicha tergovni takomillashtirish nafaqat O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga balki uning qatorida bo’lgan boshqa qonun normalariga ham bir qator o’zgaratirishlar kiritish lozimligini taqazo etadi. Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining: 91-moddasini birinchi va uchinchi qismlarini quyidagi yangi tahrirda bayon etishni: “91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzish va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo‘llanishga ko‘maklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin. Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar, chizmalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o‘tkazilgan joyi, sanasi ko‘rsatilgan izohlovchi matn bo‘lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o‘z imzolari bilan tasdiqlaydilar.” 22 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference 137-moddasiga “Inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan hududlarni, katta maydonlarni va binolarni, shuningdek aholiga turli noqulayliklar tug‘diradigan sharoitlarda ko‘zdan kechirishda mutahassis ishtirokida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish mumkin” jumlasini qo’shishni; 325-moddasiga bunday hollarda xech bo‘lmaganda yaqin qarindoshlari o‘rtacha og‘irlikdagi yoki og‘ir shikast olgan vaziyatldarda faqatgina ularning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘rab murojaat qilgan arizasi bilangina jinoyat ishi qo‘zg‘atish lozimligi haqidagi normani kiritishni tavsiya sifatida taklif etish mumkin. Yuqoridagi nazariy takliflar bilan bir qatorda quyidagi amaliy takliflarni ham inobatga olinishi joiz deb hisoblaymiz, ya’ni hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdagi muammolardan eng asosiysi yomon ob-havo sharoiti tufayli nafaqat izlar va joyning holatini qayd etish, balki ba’zan hodisa joyiga etib borish yoki tergov harakatini o‘tkazishning ilojsiz ekanligidadir. Ayniqsa deyarli qishloq aholisi yoki qishloq sharoiti degan tushuncha nutqimizni tark etayotgan, yangi kontseptsiyalarga ko‘ra barpo etilayotgan, eng so‘nggi fan-texnologiya yutuqlari joriy etilayotgan, har soniyada transport vositalari soni ortib borayotgan shaharlashgan hayotimizda YTH sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish o‘t
Доказательный фрагмент
«This article discusses the improvement of legislation regulating the investigation of crimes related to the violation of road traffic safety rules or the operation of vehicles.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the improvement of legislation regulating the investigation of crimes related to the violation of road traffic safety rules or the operation of vehicles. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inquirer, investigator, crime scene, inspection, individual rights, surishtiruvchi, hodisa sodir bo’lgan joy, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi, ko’zdan kechirish, shaxsning huquqlari, shaxsning erkinliklari, tergovchi, yo’l-transport hodisasi.
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииЭгамбердиев Фармонқул Турсунқулович, Ёқубжонова Ҳулкарбону Ёқубовна2018
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018