Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY MATNDA KONNOTATIV MA’NONING IFODALANISHI
Masharipova Nargiza.
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article discusses the expression of connotative meaning in a literary text and its importance in revealing the inner depth of the literary text, the world of images, and the aesthetic intention of the author. It reflects not only the richness of the language, but also the cultural consciousness of the people. Key words: Connotative, meaning, artistic, text, language, linguistics, word, expressive. Til nafaqat aloqa vosita bo ‘lmasdan, balki estetik tafakkur, madaniy va ma’rifiy jihatdan ham dunyoqarashning ifodasidir.Biz bilamizki, ko‘proq badiiy matnlarda til vositalari turlicha ma’no qatlamlari orqali qo‘shimcha ma’nolarni ifodalaydi.Asosan, badiiy matnlarda bu holatlarni uchratishimiz mumkin. Badiiy matnlarda til vositalari turlicha ma’no qatlamlari orqali chuqur ma’nolarni ifodalaydi. Bu qatlam esa konnotativ ma’no bo‘lib, u so‘zning asosiy ma’nosidan tashqari yuklangan emotsional, ekspressiv ma’nolarni ifodalaydi. Konnotatsiya – tilshunoslikda so‘zning bevosita ma’nosidan tashqari, u bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha semantik (ma’no) qatlami bo‘lib hisoblanadi. Badiiy matnlarda qahramonlarning ichki tuyg ‘ularini va xarakterini ochib berishda ko‘proq ishlatiladi. Ular orqali ifodalangan nutq eshituvchiga va kitobxonga ta’sir qilish quvvati ancha yuqori bo‘ladi. Konnotativ ma’no badiiy matnning ichki chuqurligini, obrazlar dunyosini va muallifning estetik niyatini ochib berishda muhim vositadir. U nafaqat til boyligini, balki xalqning madaniy ongini ham namoyon etadi. Shu boisdan, badiiy asarlarni tahlil qilishda konnotatsion qatlamni aniqlash adabiy-estetik anglash uchun zarurdir. Konnotatsiya yozuvchining so ‘z tanlash mahoratida muhim qism hisoblanadi. Har bir so ‘z alohida ahamiyat kasb etib, birgalikda jumla, parcha, sahna yoki butun hikoya uchun ma’lum biro hang yaratishi mumkin. Konnotatsiyalar quyidagilar uchun ham ishlatilishi mumkin: https://scientific-jl.com 9 9 46-son_2-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1.Rang-barang tasvirli asar yozishda. Bunda asarda tasvirni yaratishda konnotatsiya juda muhim hisoblanadi. 2.Qahramonlarni shakllantirishda. Kitobxonlar yozuvchining berilgan ta’riflari asosida asardagi qahramonlarni tasavvur qilishadi.Agar qahramon ijobiy konnotatsiyalar bilan tasvirlangan bo‘lsa, kitobxonlar nazdida ijobiy xarakterga ega bo‘lgan qahramon jonlanadi va asarga bo‘lgan qiziqish ham oshadi. 3.Badiiy asarda til vositasisiz his-tuyg‘uni ko‘rsatishda. Bunda konnotatsiya yozuvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham his-tuyg ‘uni namoyish etadi.[1]. Konnotativ ma’no turli vositalar yordamida amalga oshiriladi. Konnotativ ma’no fonetik va leksik usullar orqali namoyon bo‘ladi. Har biri o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga egadir.Fonetik usul orqali ifodalanishi badiiy matnning ta’sir kuchini oshiradi. Tovushlarning har biri ifodalaydigan konnotativ ma’no badiiy matnning qiymatini va o‘qilishini oshiradi.Leksik vositalar orqali ifodalashda turli xil ko‘rinishlarda amalga oshirish mumkin. Asosan, konnotativ ma’no ifodalashda leksik usullar orqali ifodalashda so‘zlarning o‘z o‘rnida qo‘llay bilish va ular ifodalaydigan ma’nodan tashqari ifodalaydigan ma’nolarning mavjudligi matnning ta’sirchanligini oshiradi. Konnotativ ma’noning leksik usul bilan ifodalanishi, ya’ni metafora, metanimiya va senikdoxa orqali ifodalash asarning ta’sir qilish va kitobxonga tez yetib boradi. So ‘zlarning ma’nolarini tushunishda ham katta yordam beradi. Badiiy matnlarda, she’riyatda ko‘chimlarning eng ko‘p qo‘llanuvchi turlaridan biri bu metaforalardir. Bu, asosan, so‘zlarni metaforik ma’noda qo‘llash nutqning obrazliligini tasviriyligini oshirish uchun foydalaniladi. Metaforik qo‘llashda bir predmet shaklining, belgisi yoki harakatining o‘xshash tomoni boshqa bir narsaga ko‘chiriladi. Shuning uchun ham yozuvchi asar ta’sirchanligini ko‘chaytirish, obrazliligini oshirish maqsadida foydalaniladi. Har bir ko ‘chim turidan foydalanish badiiy matning qiymatini oshirish bilan birga, asarning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish, his- tuyg ‘uni oshirish uchun katta zamin tayyorlaydi. Shuning uchun ham badiiy matnlarda qo ‘llash orqali butun bir asarning qiymatini va til vositalarining o ‘rni qandayligini belgilab beradi.O’zbek adabiyotida ko ‘plab ijodkorlar asarlarida konnotativ ma’nolar orqali qahramonlar xarakterini, ularning ichki kechinmalarini va shu bilan birga til me’yorlarini ham qo ‘llanishi haqida ma’lumotga ega bo ‘lamiz. Buyuk yozuvchi va shoirlarimiz har bir yaratgan asarlarida o‘zgacha uslub, so‘z qo‘llash mahorati va kam so‘zdan chiroyli badiiy jihatdan jilolangan barqaror birliklarni qo‘llash kabi o‘ziga xosliklarni o ‘qish jarayonida ko ‘rishimiz mumkin. Har bir ijodkorlarimizning mahorati shunchalikki, bir qo‘llagan so‘zni ikkinchi marta qo‘llamasdan, balki uning sinonimlarini va ko‘chma ma’nolarini qo‘llashlarini ko‘rishimiz mumkin. Chunki so‘zlarni qayta-qayta takror qo‘llash asar jozibasiga putur yetkazadi. Asarlarni o‘qir ekanmiz asardagi so‘zlarning ma’nosi
Доказательный фрагмент
«This article discusses the expression of connotative meaning in a literary text and its importance in revealing the inner depth of the literary text, the world of images, and the aesthetic intention of the author.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the expression of connotative meaning in a literary text and its importance in revealing the inner depth of the literary text, the world of images, and the aesthetic intention of the author. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Connotative, meaning, artistic, text, language, linguistics, word, so‘z, tilshunoslik, til, ma’no, Kalit so‘z: Konnotativ, matn, badiiy, ekspressiv.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026