Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INTERNET OF THINGS (IOT) TEXNOLOGIYALARINI KASBIY TA’LIMDA AMALIY O‘QUV JARAYONLARIGA INTEGRATSIYALASH
SCIENCE SHINE · Bahodirova Dilnavoz Sayotjon qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu ishda Internet of Things (IoT) — Nesnalar Interneti texnologiyalarining kasbiy ta’lim tizimidagi o‘rni va ularni amaliy o‘quv jarayonlariga integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganiladi. IoT texnologiyalari orqali kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, real vaqt rejimidagi monitoring, masofaviy boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashgan simulyatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni ta’limga joriy etish orqali o‘quvchilarda zamonaviy texnik ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni raqamli iqtisodiyot talablariga mos holda tayyorlash imkoniyatlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: Internet of Things (IoT), Nesnalar Interneti texnologiyalari, integratsiyalash, IoT texnologiyalari, monitoring, masofaviy boshqaruv, simulyatsiya. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormqda. Xususan ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarning o‘rni juda muhum kasb etadi. Ta’lim jarayonida IoT texnologiyalarini integratsiyalash zamonaviy ta’limning rivojlanishini ta’lim sifating tobora yaxshilanishiga yo‘l ochib bermoqda. 2020-yil 5- oktabrda qabul qilingan PF-6079-sonli Prezident farmoni orqali IoT texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli infratuzilmani kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni barcha sohalarga joriy etish bo‘yicha milliy strategiya belgilangan. IoT va bulut texnologiyalari o‘rtasidagi integratsiya - IoT qurilmalari tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlar odatda yuqori darajadagi hisoblash quvvatini va katta hajmdagi saqlash joyini talab qiladi. Bunday hajmdagi ma’lumotlarni lokal (mahalliy) serverlarda qayta ishlash ko‘pincha iqtisodiy jihatdan samarasiz yoki texnik imkoniyatdan cheklanganbo‘ladi. Shu sababli, bulut texnologiyalari IoT tizimlari uchun optimal yechim hisoblanadi. Internet of Things (IoT) texnologiyalarini kasbiy ta’limda amaliy o‘quv jarayonlariga integratsiyalash orqali o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar bilan 164 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 ishlashga o‘rgatish mumkin. Quyida sizga bir nechta amaliy chizma g‘oyasi va qo‘llanma namunalarini ko‘rishimiz mumkin. "Aqlli issiqxona" (Smart Greenhouse)- ushbu amaliy loyihaning maqsadi o‘quvchilar IoT texnologiyasi yordamida avtomatlashtirilgan, masofadan boshqariladigan issiqxona tizimini ishlab chiqarish. Talab etiladigan qurilmalar. Qurilma Tavsifi Arduino UNO yoki ESP32 Markaziy boshqaruv moduli DHT11 sensor Harorat va namlikni o‘lchaydi Tuproq namligi sensori Tuproqdagi namlikni aniqlaydi Rele moduli Nasos yoki suv purkagichni boshqaradi Suv nasosi O‘simliklarni sug‘orish uchun Wi-Fi moduli (ESP8266) Internetga ulanish uchun Buzzer yoki LED Ogohlantirish tizimi Blynk yoki Arduino IoT Cloud Masofadan boshqaruv interfeysi Bu jadval IoT asosida amaliy loyiha yaratish uchun zarur bo‘lgan qurilmalarni aniq ko‘rsatadi. Har bir qurilmaning vazifasi alohida tushuntirilgan, bu esa o‘quvchilarga ularni to‘g‘ri tanlash va ulashda yordam beradi. Shuningdek, bu jadval ustida ishlash orqali o‘quvchilar elektronika va dasturlash asoslarini ham o‘rganishadi. Internet of Things (LOT) texnologiyalarini oʻrganish uchun tadqiqot metodologiyasi koʻp qirrali yondashuvni talab qiladi. Ushbu tadqiqot jarayonida bir nechta metodlar va usullar qoʻllaniladi, bu esa texnologiyaning har bir jihatini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Birinchidan, adabiyotlarni oʻrganish usuli qoʻllaniladi. Bu metod orqali LOT texnologiyalari haqidagi mavjud ilmiy maqolalar, kitoblar va hisobotlar tahlil qilinadi. Adabiyotlarni oʻrganish tadqiqotchilarga texnologiyaning tarixi, hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Empirik tadqiqot usuli muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda aniq maʻlumotlar yigʻish uchun soʻrovnomalar, intervyular va fokus-guruhlar tashkil etiladi. Masalan, 165 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 LOT qurilmalaridan foydalanayotgan foydalanuvchilar va sanoat mutaxassislari bilan intervyular oʻtkazish orqali ularning tajribalari va fikrlarini oʻrganish mumkin. korrensiv tahlil usuli orqali LOT texnologiyalarining turli sohalardagi taʻsiri oʻrganiladi. Bu metod yordamida statistik maʻlumotlar tahlil qilinadi va LOTning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari haqida xulosa chiqaradi. Eksperimental metod yordamida yangi LOT yechimlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish jarayoni amalga oshiradi. Bu jarayon texnologiyaning samaradorligini baholashga va uning turli sharoitlarda ishlashini tekshirishga imkon beradi. Shu tariqa, LOT texnologiyalari boʻyicha tadqiqot metodologiyasi bir necha usullarni oʻz ichiga qilishgaoladi, bu esa texnologiyaning har tomonlama tahlilini taʻminlaydi va uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilashga yordam beradi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki Internet of Things (LOT) texnologiyalari hayotimizda muhim oʻrin egallaydi. Ular
Доказательный фрагмент
«Ushbu ishda Internet of Things (IoT) — Nesnalar Interneti texnologiyalarining kasbiy ta’lim tizimidagi o‘rni va ularni amaliy o‘quv jarayonlariga integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ishda Internet of Things (IoT) — Nesnalar Interneti texnologiyalarining kasbiy ta’lim tizimidagi o‘rni va ularni amaliy o‘quv jarayonlariga integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- monitoring, Nesnalar Interneti texnologiyalari, IoT texnologiyalari, simulyatsiya., Internet of Things (IoT), masofaviy boshqaruv, integratsiyalash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026