Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AGAR-AGARLI OZUQA MUHITIDA BAKTERIYALARNI HAR XIL SHAROITDA O’STIRISH.
Nargiza Raxmatovna Turniyozova
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada agar-agarli ozuqa muhitida havo tarkibidagi bakteriyalarning o’sishini har-xil sharoitda ya’ni harorat tasirida o’zgarishi kuzatish uchun olib borilgan tatqiqot yoritilgan. Olib borilgan tatqiqot nazariy ma’lumotlar asosida o’tkazilgan. Har bir kuzatilgan jarayonlar zamburug’larning yashashi kelib chiqishi ko’payish sharoitlarini yaratishga asoslangan. Kalit so‘zlar: Bakteriyalar, ozuqa muhitlari, petri idishlari, havo muhiti, sterillizatsiya, chang zarralari, quyosh radiatsiyalari, agar-agar. Kirish. Havoda mikroblarning rivojlanishi uchun oziq muhitlar bo‘lmaydi. Undan tashqari, quyosh radiatsiyasi, haroratning o‘zgarishi va boshqa omillar mikroblarga o‘ldiruvchan ta'sir ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan havoda ma'lum miqdorda mikroblar uchraydi, ular tuproqning yuza qismidan chang bilan havoga ko‘tariladi. Havodagi mikroblar o‘zgaruvchandir. Sanoat shaharlarida havo iflos, qishloqlarda esa tozaroq, o‘rmon, dengiz, tog‘larda havo toza bo‘ladi. Mikroblar havoning yuqori qismida pastki qismiga qaraganda kamroq bo‘ladi, qishda esa yozga qaraganda kamroq bo‘ladi. Patogen mikroblar havoga bemorlar yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda, shuningdek, ifloslangan tuproq va moddalardan tarqaladi. Bunga havo-tomchi yo‘li orqali tarqalish deyiladi. Masalan, bo‘g‘ma, gripp, qizamiq. Bunda havo changi orqali kokklar, sil, kuydirgi, sporali mikroorganizmlar tarqaladi. Bularning oldini olish uchun dokali niqob taqish tavsiya etiladi¹. Havo tarkibidagi bakteriyalarni maxsus agar-agarli ozuqa muhitida, har xil sharoitlarda o’stirib ko’rish uchun avvalambor ozuqa muhitlarini to’g’ri tayyorlash muhim hisoblanadi. Mikroorganizmlarni hayot faoliyatiga ma’lum sharoitlarni yaratgan holatdagina o‘stirish mumkin. Mikroorganizmlar yuksak o`simliklarga qaraganda temperaturaga ancha chidamli bo`ladi ya’ni yuqori temperaturaga ham bardosh bera oladi. Masalan, Vas. subtilis temperatura 5°C dan 57°C gacha bo`lganda ham rivojlanish jarayoni davom ettira oladi. Ko`pchilik saprofit bakteriyalar 20°C dan 35°C gacha temperaturada rivojlana oladi, patogen mikroorganizmlar esa 36-37°C da rivojlanadi. Bundan yuqori temperaturada ular nobud bo`ladi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun temperatura 3 nuqtada bo`lishi mumkin: minimum, optimum va maksimum nuqtalari. Bu nuqtalar bir-biridan farq qiladi. Optimum nuqtasi mikroorganizmlar uchun eng qulay nuqtasi bo`lib, bunday temperaturada mikroorganizmlar tez ko`payadi va yaxshi rivojlanadi, minimum va maksimum nuqtalari esa ancha chegaralidir sababi mikroorganizmlar nobud bo’lishi mumkin. Termofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori temperatura ta‘sirida inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakteriyalardan korxonalarda keng ravishda foydalanish mumkin. A. A. Imsheneskiy fikricha, termofill bakteriyalar mezofillardan kelib chiqqan degan fikrini olg’a surgan. Tabiatdagi o`zgarishlar, jumladan, temperaturaning ko`tarilishi mezofillarning ko`pchiligini nobud qilgan bo`lsa, bir qismi tirik qolgan va bu yuqori 122 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” temperaturaga moslasha olganlari tirik qoladi. Bora-bora yuqori temperatura ular uchun zaruriy faktor bo`lib qolgan. A. A. Imsheneskiyning bu fikrini Ye. N. Mishustin ma‘qullagan. Kulturaning boshqa mikroorganizmlar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan sun‘iy sharoitlarni probirkalar, kolba yoki Petri idishida hosil qilish mumkin. Tekshirilayotgan biomaterialni ozuqa muhitlariga ekish mikroorganizmning toza kulturasini ajratib olish, uning turini aniqlash va antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Ozuqa muhiti (Culture medium) – o‘zida tabiiy va/yoki sintetik ingridientlarni saqlovchi, mikroorganizmlar uchun mo‘ljallangan suyuq, yarimsuyuq va zich holatdagi moddalarning aralashmasidir². Ozuqa muhiti tayyorlash uchun 100 gr miqdorda qoramol go’shti toza idishda, 4 soat davomida, suvda qaynatildi. Albatta laboratoriya sharoitida. Qaynatilgan go’sht dokadan o’tkazilib, 5:1 nisbatda agar-agar kukuni solindi. Vodorod ionlari konsentrasiyasi (рН) o‘stirilayotgan mikroorganizm uchun qulay bo’lishi lozim (рН 4,5-8,5 oralig‘ida)³. Tayyorlangan ozuqa suyuqligini muhiti o’lchanganda o’rtacha PH =6.8 ni ko’rsatdi. Keyingi jarayonlarda idishlar (petri shisha) 6 dona sterillizatsiya uchun tayyorlandi. Sterillizatsiya jarayonida 20-30 daqiqa davomida idishlar qaynatildi. Qaynatilgandan so’ng maxsus shkafda quritildi. Tayyor idishlarga agarli ozuqa muhiti quyib olindi. Bir tekisda yoyilib sovutildi. Shundan so’ng tayyor ozuqa muhitlari biroz muddatlarda har-xil xonalarda ochiq havo muhitida qoldirildi. Havo tarkibidan tushgan mikroblar uchun yetarli sharoit yaratish muhim. Petri idishlarini berkitildi. Teskari holatda issiq sovuq va o’rta harorat ostida qoldirildi. 10-kun davomida kuzatildi. Har-xil rangdagi bakteriyalar mikroorganizmlar koloniyasi paydo bo’ldi. Xulosa 1.Nisbatan sovuq, muhitda qoldirilgan idishda mikroorganizmlar o’sishi biroz qiyin bo’ldi. Issiq muhitda o’stirilgan mikroo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada agar-agarli ozuqa muhitida havo tarkibidagi bakteriyalarning o’sishini har-xil sharoitda ya’ni harorat tasirida o’zgarishi kuzatish uchun olib borilgan tatqiqot yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada agar-agarli ozuqa muhitida havo tarkibidagi bakteriyalarning o’sishini har-xil sharoitda ya’ni harorat tasirida o’zgarishi kuzatish uchun olib borilgan tatqiqot yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ozuqa muhitlari, quyosh radiatsiyalari, petri idishlari, sterillizatsiya, Bakteriyalar, chang zarralari, havo muhiti, agar-agar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026