Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ATROF -MUHIT HAVOSINI OPTIMIZATSIYA QILISHDA ISTIQBOLLI MANZARA BERUVCHI, KICHIK BO’RIGUL (VINCA MINOR. ) O’SIMLIK TURINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATI.
Salimova Nargiza G’anisher qizi · Xolmo’minova LobarAlisher qizi
Современная наука и исследования · 2009
Аннотация
Kichik bo’rigul turini atrof-muhitni optimizatsiya qilishdagi ahamiyati , kimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyatlari yoritib berilgan. Kalit so’zlar:Vinca minor,optimizatsiya,fenologiya. Kirish. Hozirda dunyo miqyosida atrof-muhitning texnogen ifloslanish darajasi ortishi sharoitida shahar ekologik muhitining optimal darajasini saqlab qolishda mahalliy iqlim sharoitlariga moslashish darajasi yuqori bo‘lgan manzarali o‘simlik turlari kompozitsiyalaridan foydalanish samarali yechimlardan biri hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1045-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentabrdagi «Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft jihatdan tuzish tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3262-sonli Qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmonida mazkur yo‘nalishda dolzarb vazifalar belgilangan. Atrof muhitni optimizatsiya qilishga globallashuv sharoitida atrof-muhit ekologik holatini biologik yo’l bilan yaxshilashga Respublikamizda katta ahamiyat berilmoqda va bir qancha qonunlar qabul qilindi.Bizning ilmiy kuzatishlarimiz yil bo’yi doim yashil bo’lib turuvchi,insonlarga yaxshi kayfiyat beruvchi, gazon sifatida foydalaniladigan kichik bo’rigulning barg anatomiyasi va morfologiyasini o’rganishga bag’ishlandi.Ilmiy kuzatishlar SamDU biologiya fakulteti botanika bog’ida 2018-2021 yillarda olib borildi.Bo’rigul turkum turlari ko’p yillik o’tsimon o’simlik bo’lib,yer ustki va yer ostki organlarida kuchli alkaloidlarni (pubitsin, minorin, vinin, izovinkamin, vinkaminorpin, izomaydin akuamitsin, devinkan...) saqlaydi va tabobatda nerv, yurak qon- tomirlari, yallig’lanish, oshqozon-ichak trakti, sil kabi kasalliklarini davolashda qo’llaniladi [1,2,5]. O’rganish uchun kendrdoshlar (Arosupaseae) oilasi turlaridan kichik bo’rigul (Vinca minor L) olindi. Tadqiqotning maqsadi.Kichik bo’rigulning optimizatsiya jarayonidagi ahamiyatini o’rganish. Tadqiqot materiali va natijalari.Kichik bo’rigulning barglarini morfologik va anatomik tuzilishini o’rganib, yashash sharoitlariga moslashish xususiyatlarini hamda shifobaxshlik xususiyatini o’rganishdan iborat.Vinca minor doim yashil,ildiz poyali,polikarpik(har yili gullab meva hosil qiladi) yarim buta o’simlik. O’simlikning generativ novdalarining bo’g’im oralig’i qisqa bo’lib vertikal o’sadi, uzunligi 30-35 sm. Gullari ko’kish rangda barg qo’ltig’da yakka holatda 115 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL joylashgan. Vegetativ novdalarining bo’g’im oraliqlari uzun bo’lib,gorizontal o’sadi,shoxlanadi,uzunligi 60-80 sm.Barglari oddiy ovalsimon, yuzasi tuksiz o’tkir uchli, butun,yaltiroq, qalin, ustki tomoni yashil ,ostki tomoni kulrangsimon rangda, uzunligi 3-5sm, kengligi 1,5-2,5sm, qisqa bandli, poyada qarama-qarshi joylashgan. Vinca minor asosan soya joylarda o’sishga moslashgan o’simlik bo’lib, ochiq quyoshli joylarda ham uchraydi.Vinca minor barglari ustki va ostki tomonlaridan qalin kutikula va bir qatorli epidermis to’qimasi bilan qoplangan .Qalin kutikulaning mavjudligi ushbu o’simlik turi tanasida,barglarida suvni yuqori darajada saqlab nisbatan suv kam bo’lgan vaqtda ham mumitga yuqori darajada moslashuvini ta’minlaydi [3,4]. Ustki epidermis to’qimasining hujayralarining qobiqlari egri-bugri bo’lib, ko’p sonli og’izchalar uchraydi. Og’izchalar apparati patsit tipida. Barg mezofilli dorsovental tipida bo’lib, 2-3 qatorli ustunsimon va 6-8 qatorli keng hujayra oraliqlariga ega bo’lgan g’ovak to’qima hujayralaridan iborat. Barglarning asosiy o’rta tomiri bargning ustki va ostki tomonlaridan bo’rtib chiqib turadi.Asosiy tomirning o’tkazuvchi sistemasi ko’p sonli ksilema naychalaridan va floema to’qimasidan iborat bog’lamni tashkil etadi.Bog’lam kallateral tipida bo’lib, ustki va ostki tomonidan hujayra qobiqlari qalinlashgan mexanik to’qima o’rab turadi.Kichik bo’rigulning yashash sharoitlariga moslashish xususiyatlari: barg epidermis hujayralarining qobiqlarini kuchli egri-bugriligi qalin kutikula bilan o’ralganligi, ustki epidermisda og’izchalarning uchramasligi,ostki epidermis ko’p sonli og’izchalarning bo’lishi, barg mezofilidagi ustunsimon hujayralarning zich joylashishi, g’ovak to’qimada keng hujayra oraliqlarining mavjudligi, bargning asosiy tomirining ustki va ostki tomonlaridan mexanik to’qimalarining o’rab turishi, mezofill yoki barg eti to’qimalarida chang va og’ir moddalarni ko’p miqdorda to’planishidan iborat.Uning barglarining qalin kutikula bilan qoplanganligi va barg sathi yuzasining kichikligi uni suvni o’zida yaxshi saqlashidan dalolat beradi [3,5].O’simlikdagi kuzatishlar va tadqiqotlar anatomik , fenologik kuzatishlar esa umumiy qabul qilingan standart usu
Доказательный фрагмент
«Kichik bo’rigul turini atrof-muhitni optimizatsiya qilishdagi ahamiyati , kimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyatlari yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюKichik bo’rigul turini atrof-muhitni optimizatsiya qilishdagi ahamiyati , kimyoviy tarkibi va dorivorlik xususiyatlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- optimizatsiya, Vinca minor, fenologiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945