К содержанию
РецензированоUZ2026

KARTOSHKA OʻSIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Siddiqova Yulduz Xusanovna · Xushmatova Munavvar Yusuf qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada kartoshka oʻsimligining dorivor xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek kartoshka oʻsimligining xalq xoʻjaligi va tibbiyotning turli sohalardagi ahamiyati haqida fikrlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: Kartoshka, xolin va atsetilxolin, Kaliy birikmalari, shamollash, xavfli shishlarni, spazmali kasallikni, kesilgan joylarni davolash, Yoʻtal, tomoq boʻgʻilishi, shamollash, enteritlar, ichak shamollashi, entrokolit. Kartoshka-oziq ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega universal ekindir. U dunyo dehqonchiligida maydoni boʻyicha bugʻdoy, sholi, makkajoʻxoridan keyingi oʻrinda, ahamiyati jihatdan esa ikkinchi oʻrinda turadi. Shuning uchun haqli ravishda ikkinchi non deb yuritiladi. Tuganak biokimyoviy tarkibi 75 % suv va 25 % quruq moddadan iborat. Quruq moddaning 70-80 % i kraxmal boʻlib, tuganakda uning miqdori 13-20 %, oqsil-2-3 %, kletchatka-1 %, moy-0,2-0,3 %, shakar-1 %, kul 0,8-1,0 % ni tashkil etadi.Kraxmal tuganak quruq moddasining 80 foizini tashkil etib, uni oziqali qiymatini – pishirganda ezilishi va yaxshi pishishini taʼminlash bilan birga, texnik qayta ishlashda xom ashyo sifatida foydalanishga xos xususiyatlarini belgilaydi. Kartoshka kraxmal donachalari boshqa oʻsimliklarnikiga nisbatan yirikroq (0,05 dan 0,1 mk gacha) boʻlib 650C gacha qizdirilganda oson yelimlashadi va yopishqoqligi oshadi. Kartoshkaning vatani Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlari boʻlib, u yerlarda xanuzgacha uning yovvoyi va oddiy turlari oʻsadi. Hind qabilalari Janubiy Amerikaning And togʻlarida kartoshkani bundan 8 ming yil muqaddam yetishtirishgan. Amerika qitʼasi ochilgunga qadar kartoshka uning markaziy va shimoliy mintaqalarida nomaʼlum edi. Ispan dengiz sayohatchilari 1536-1537-yillarda hozirgi Peru hududidagi Sorokota hind ovulida va 1538-yilda esa Ekvadorda birinchi marta kartoshkani topganlar. Kartoshka ilk bor Yevropaga 1565-yilda, avval Ispaniyaga va shu yilning oʻzida Italiyaga keltirilgan. Angliyaga esa kartoshka 1586-yilda toʻgʻridantoʻgʻri Janubiy Amerikadan olib kelingan. Kartoshka 1580-yilda Italiyadan Belgiyaga, undan 1588-yili Avstraliya va Germaniyaga, 1564- yilda Germaniyadan Gollandiyaga keltirilgan. Italiyada kartoshkani tryufel qoʻziqoringa oʻxshashligi uchun uni “tartuffoli” deb atadilar. Olmonlar bu soʻz soʻng “tartofel”, keyin esa “kartofel” deb oʻzgartirganlar. Shunday qilib, kartoshka XVI asrning ikkinchi yarmida Janubiy Amerikadan Ispaniya va Angliyaga, soʻng shu asrning oxirlarida va XVII asr mobaynida Yevropa qitʼasi boʻyicha tarqala boshlagan. Kartoshka yetishtirishni oʻzlashtirgan mamlakatlardan, tuganaklar Sharqiy Yevropa davlatlariga tarqala boshladi. Kartoshka ~arbiy Yearopaga tarqalganidan 100-yildan soʻng birinchi marta Rossiyaga keltirilgan. Kartoshkani asosan koʻp miqdorda Rossiyaga keltirilishi XVIII asrning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Kartoshka Rossiyaga Polsha va Latviyadan 1676-1678-yillardan boshlab tarqoq holda kirib kelaboshladi. U shu yerdan Sharqiy Ukraina, Belorussiya, Litva va keyinchalik Kiyev guberniyasiga tarqalaboshlagan. Petr I bir qop kartoshkani 1694-1698-yillarda feldmarshal 91 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Sheremetyevga joʻnatgan deb taxmin qiladilar. Kartoshka 1736-yilda aptekarlar bogʻchasida (dorivor oʻsimliklar yetishtiriladigan tomorqada) yetishtirilgan, 1741-yilda saroy dasturxonlariga kartoshka tansiq (ekzotik) taom sifatida tortilgan, 1757-yilda Peterburg tomorqalarida yetishtirilgan. Rus armiyasi 1756-1763-yillarda kartoshka nima ekanligini Prussiyada bilganlar. 1765- yilgacha safardan qaytayotgan lashkarlar Arxangelsk, Olones, Kiyev, Irkutsk, Novgorod guberniyasi va Moskvaga yaqin hududlarga kartoshkani olib kelganlar. Kartoshka Yevropaga avval dorivor oʻsimlik sifatida tarqalgan, uni botanika bogʻlarida va aptekarlar tomorqalarida yetishtirganlar. Kartoshka Irlandiya qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida oʻz oʻrnini qisqa muddatda topdi, ammo Yevropaning boshqa mamlakatlari xoʻjaliklarida almashlab ekish tizimiga juda sekin va qiyinchilik bilan kirib bordi. Kartoshka aptekar tomorqasidan dehqon dalasiga yetib borgunicha 150-yilga yaqin muddatni oʻtdi. Shu davr bilan Yevropada kartoshka seleksiyasini birinchi bosqichi nihoyasiga yetib, natijada yangi kenja turi- madaniy kartoshka Solanum tuberosum yaratilishiga sabab boʻldi. Markaziy Osiyoga kartoshka XIX asrning 50-chi yillarida Sibirdan keltirilgan. Osiyo va Afrikaning koʻpchilik mamlakatlariga kartoshka bundan kechroq kirib borgan. Kartoshka tuganaklari ushbu mamlakatlarda XX asr boshlarida u darajada maʼlum boʻlmasada, hozirgi davrda esa muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Qadim zamonlardagi atoqli shifokor Gippokrat “Bizni taomlarimiz shifobaxsh dori-darmon vositasi boʻlishi kerak, bizni shifobaxsh vositamiz taomdir” deb taʼkidlagan. Bu talabga kartoshka toʻliq javob beradi. U haqiqatdan ham taom ham doridarmondir. Kartoshka qimmatli oziqa boʻlishi bilan birga, tarkibida vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va boshqa biologik aktiv

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kartoshka oʻsimligining dorivor xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kartoshka oʻsimligining dorivor xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kaliy birikmalari, spazmali kasallikni, Kartoshka, kesilgan joylarni davolash, tomoq boʻgʻilishi, xolin va atsetilxolin, shamollash, xavfli shishlarni, enteritlar, entrokolit., ichak shamollashi, Yoʻtal
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники