К содержанию
РецензированоUZ2025

TABIIY FANLAR VA MUHANDISLIK YECHIMLARI ASOSIDA CHIQINDI SUVLARNI TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Allayorov Norbek Baxodir o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu ishda atrof-muhit muhofazasi va chiqindi suvlarni tozalash masalalarida tabiiy fanlar – ekologiya, kimyo, biologiya va fizik fanlarning roli hamda zamonaviy muhandislik yondashuvlarining integratsiyalashuvi yoritilgan. Sanoat korxonalaridan chiqayotgan loyqa va iflos suvlarni samarali tozalash uchun qo‘llanilayotgan quyuqlashtirgich misolida qurilma konstruksiyasini modernizatsiya qilish yo‘llari, reagent sarfini kamaytirish, energiya tejamkorligini oshirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ishga tabiatni muhofaza qilish sohasida muhandislik va ilmiy yondashuvlarning uyg‘unligini asoslashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: chiqindi suv, quyuqlashtirgich, ekologik muhofaza, flokulyatsiya, lamelali modullar, feedwell, energiya tejamkorlik, avtomatlashtirish, tabiiy fanlar, muhandislik yechimlari. Tabiiy fanlar – biologiya, kimyo, fizika, geografiya, ekologiya va boshqa shu kabi fanlar – insoniyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan muhim ilmiy asos bo‘lib, ayniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muvozanatni saqlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. XXI asrda globallashuv, sanoatlashuv va urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi fonida atrof-muhitga antropogen bosim ortib bormoqda. Shu sababli, tabiiy fanlar oldida bir qator dolzarb muammolar paydo bo‘lgan bo‘lib, ularni hal etish bugungi kundagi eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Atmosferaning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi – tabiiy fanlar, xususan kimyo va ekologiya fanlari global isish, issiqxona gazlari (CO₂, CH₄, NOₓ) emissiyasi, atmosferadagi chang zarralari va ozon qatlamining yemirilishi kabi muammolarni o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Ilmiy tadqiqotlar asosida energiya ishlab chiqarishda uglerod neytral texnologiyalar joriy etilishi dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Chiqindilarni qayta ishlash va resurslarni tiklash – qattiq maishiy chiqindilar, sanoat chiqindilari va elektron chiqindilar tabiiy muhitga jiddiy zarar yetkazmoqda. Fizika-kimyo fanlari asosida chiqindilardan energiya olish, ularni qayta ishlash texnologiyalari va “nol chiqindi” konsepsiyasini rivojlantirish zarurati tug‘ilmoqda. Biologik xilma-xillikning kamayishi – biologiya fanining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, yo‘qolib borayotgan hayvon va o‘simlik turlarini o‘rganish va ularni muhofaza qilishdir. Ekotizimlar barqarorligini ta’minlash maqsadida genetik monitoring, ekoturizm, yashil hududlar yaratish dolzarb masalalardandir. Tuproq degradatsiyasi va yer unumdorligining pasayishi – agrokimyo va tuproqshunoslik fanlari yordamida tuproq sifatini yaxshilash, eroziya va sho‘rlanishga qarshi kurashish, ekologik toza o‘g‘itlar qo‘llash bo‘yicha ilmiy yechimlar zarur. Suv resurslarining tanqisligi va ifloslanishi – ekologiya va gidrologiya fanlari suv havzalarini muhofaza qilish, ularni tozalash va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqishda 60 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” yetakchi o‘rin tutadi. Xususan, og‘ir metallar, pestitsidlar, mikroplastiklar bilan ifloslangan suvlarni tozalash bo‘yicha yangi usullar (adsorbsiya, membranali filtratsiya, biologik reaktorlar) ishlab chiqilmoqda. Hozirgi kunda oqova suvlarni tozalashda qo‘llanilib kelayotgan quyuqlashtirgichni ishlash jarayonini yanada samarali va zamonaviy qilish maqsadida bir qator modernizatsion yechimlar taklif etiladi. Ushbu takomillashtirishlar qurilmaning konstruktiv jihatlarini, jarayon boshqaruvini va energiya tejamkorligini yaxshilashga qaratilgan. Quyida muhim modernizatsiya yo‘nalishlari keltirilgan. Qurilmaning markaziy tarqatuvchi bo‘linmasini takomillashtirish – quyuqlashtirish samaradorligini oshirishning eng ta’sirli usullaridan biridir. Taklif etiladigan yechim – yangi avlod feedwell o‘rnatishdir. Maxsus aralashtirgich (deflektor) integratsiyasi: Feedwell ichida koagulyant/flokulyant va suspenziyaning darhol aralashib ketishini ta’minlovchi deflektor qurilma o‘rnatiladi. Bu deflektor bir necha kanallardan iborat bo‘lib, kiruvchi oqim energiyasini yutadi va reagentlar bilan bir tekis aralashuviga xizmat qiladi. Natijada, zarrachalar bir xil flokulalar holida idishga tarqaladi, flokulyant sarfi kamayadi va cho‘kish jarayoni tezlashadi. Feedwell geometriyasini o‘zgartirish - an’anaviy silindr shaklidan farqli ravishda, yangi feedwell bir oz konussimon yoki ko‘p bosqichli (ikki kamerali) qilib loyihalanadi. Bunday yechimlar turbulentlikni keskin kamaytiradi va zarrachalar to‘qnashuvini minimallashtiradi. Quyuqlashtirgichning qirg‘ich mexanizmini modernizatsiya qilish orqali yanada ishonchli va samarali foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunda skrebok qo‘llari va markaziy milni mustahkamlash, konstruksiyaga qo‘shimcha radial tayanchlar qo‘shish taklif etiladi. Bu skrebokning cho‘kma qatlami juda quyuqlashganda ham egilib ketmasligini yoki deformatsiyalanmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, markaziy aylantiruvchi tugunga moment datchigi integratsiya qilinib, ruxsat etilgan yukdan oshganda si

Доказательный фрагмент

«Ushbu ishda atrof-muhit muhofazasi va chiqindi suvlarni tozalash masalalarida tabiiy fanlar – ekologiya, kimyo, biologiya va fizik fanlarning roli hamda zamonaviy muhandislik yondashuvlarining integratsiyalashuvi yori…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ishda atrof-muhit muhofazasi va chiqindi suvlarni tozalash masalalarida tabiiy fanlar – ekologiya, kimyo, biologiya va fizik fanlarning roli hamda zamonaviy muhandislik yondashuvlarining integratsiyalashuvi yori… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chiqindi suv, avtomatlashtirish, quyuqlashtirgich, ekologik muhofaza, tabiiy fanlar, feedwell, lamelali modullar, energiya tejamkorlik, muhandislik yechimlari., flokulyatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники