Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GOʻDAKLIK DAVRIDA BOLA RIVOJLANISHI
Kudratova Lola Ravshanova · Abduraxmonova Risolat Botir qizi
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada goʻdaklik davrida (0–1 yosh) bolaning jismoniy, psixologik, kognitiv va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Goʻdaklik davri bolaning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‘lib, bu bosqichda harakatlanish, his- tuyg‘ularni ifodalash, nutqning ilk shakllari, shuningdek, atrof-muhit bilan o‘zaro munosabat shakllanadi. Maqolada go‘dakning asosiy ehtiyojlari, tashqi muhit ta’siri va ota-ona mehrining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot bolaning erta rivojlanishini chuqur tushunish va sog‘lom psixik shakllanishiga xizmat qiluvchi omillarni aniqlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: goʻdaklik davri, bola rivojlanishi, jismoniy rivojlanish, psixologik rivojlanish, kognitiv rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish, erta bolalik, emotsional holat, tashqi muhit ta’siri, ota-ona munosabati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida bola rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Prezident ta’kidlaganidek, bola dunyoga kelganidan boshlab, maktabgacha bo‘lgan yoshda uning aqliy, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlari shakllanadi. Shu bois, maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish va har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir .[1] Goʻdaklik davri — inson hayotidagi eng muhim va intensiv rivojlanish bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davrda bolaning psixologik, jismoniy, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi tez va sezilarli darajada shakllanadi. Goʻdaklik davrida bolaning asab tizimi, nutqi, emotsional holati, ijtimoiy munosabatlari, his-tuyg‘ularni ifodalash va tashqi muhitga moslashish kabi rivojlanish jarayonlari davom etadi. Goʻdaklik davrining dolzarbligi bolaning keyingi hayotidagi sog‘lom psixologik va jismoniy rivojlanishining poydevorini tashkil etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan psixologik va fiziologik ta'sirlar bolaning kelajakdagi salomatligi, ta'limdagi muvaffaqiyati, shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Goʻdaklik davrida bolaga to‘g‘ri va sog‘lom tarbiya berish, ota-ona va atrofmuhitning to‘g‘ri ta'sirini ta'minlash, bolaning emotsional xavfsizligini yaratish — uning keyingi rivojlanishi uchun 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 122 Ustozlar uchun pedagoglar.org muhim omillardir. Shuning uchun goʻdaklik davridagi bola rivojlanishining ilmiy o‘rganilishi va sog‘lom rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlarning yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, jamiyatning kelajagi uchun sog‘lom, baxtli va muvaffaqiyatli avlodni shakllantirishga xizmat qiladi. Goʻdaklik davrida bola rivojlanishining asosiy jihatlari psixologik, jismoniy, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda bolaning rivojlanishining har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega va keyingi hayotida muhim rol o‘ynaydi. Goʻdaklik davri bolaning jismoniy rivojlanishida eng muhim bosqichlardan biridir. Ushbu davrda bolaning tana o‘sishi, mushak va suyak tizimining shakllanishi, motor ko‘nikmalarining rivojlanishi davom etadi. Goʻdaklarning birinchi yillarida harakatlarining o‘rganilishi, masalan, boshni ko‘tarmoq, o‘tirish, yuralish kabi motor ko‘nikmalarining rivojlanishi kuzatiladi. Bunda otaonaning bola bilan aloqasi va muhitning ta'siri katta rol o‘ynaydi. Goʻdaklik davrida bolaning psixologik rivojlanishida emotsional bog‘lanish (attachment) juda muhim rol o‘ynaydi. Bolaning ota-onasi yoki unga g‘amxo‘rlik qilayotgan kishilar bilan hissiy bog‘lanishi bolaning keyingi psixologik rivojlanishiga ta'sir qiladi. Bu davrda bolaning histuyg‘ularni ifodalash, o‘zini tahlil qilish va boshqalar bilan munosabatlarni shakllantirish jarayonlari boshlanadi. Bolaning kognitiv rivojlanishi, ya'ni tafakkur, yodlash, o‘rganish va tilning rivojlanishi goʻdaklik davrida boshlangan jarayonlardir. Goʻdaklar ilk oylarida atrof- muhitdagi tovushlarni, shakllarni va ranglarni ajratishni o‘rganadilar. Nutq rivojlanishi ham juda muhimdir, chunki bola so‘zlarni aytishni boshlash bilan atrof-muhitga oid tushunchalarni rivojlantiradi. Kognitiv rivojlanishning asosiy asosi — bolaning o‘ziga va atrof-muhitga bo‘lgan qiziqishi, bu esa o‘rganish jarayonini rag‘batlantiradi. Jean Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi go‘daklik davrida bolaning fikrlash jarayonlarining qanday o‘zgarishini tushuntiradi. Piagetning fikriga ko‘ra, bolalar dunyoni o‘zlariga xos tarzda qabul qiladilar va rivojlanish jarayonida bu qarashlar to‘g‘rilanadi.[2] Go‘dakning rivojlanishiga tashqi muhit, ijtimoiy sharoit, ota-onaning munosabati va sog‘liq holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shonkoff va Phillips (2000) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda erta yoshdagi muhitning bolaning miya rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy isbotlangan. Mavjud ijtimoiy-psixologik sharoit bolaning rivojlanish trayektoriyasini belgilab beradi.[3] Goʻdaklik davrida bolaning ijtimoiy rivojlanishi ota-onalar va atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalar orqali
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada goʻdaklik davrida (0–1 yosh) bolaning jismoniy, psixologik, kognitiv va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada goʻdaklik davrida (0–1 yosh) bolaning jismoniy, psixologik, kognitiv va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsional holat, psixologik rivojlanish, bola rivojlanishi, Kalit so‘zlar: goʻdaklik davri, tashqi muhit ta’siri, erta bolalik, jismoniy rivojlanish, ota-ona munosabati., ijtimoiy rivojlanish, kognitiv rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026