К содержанию
РецензированоUZ2025

NEMIS TILIDA SINONIMLAR

NEMIS TILIDA SINONIMLAR · Mahkamova Sugdiyona Qilichbek qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada nemis tilidagi sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning qo‘llanilish doiralari va uslubiy farqlari tahlil qilinadi. Sinonimlar til boyligini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Maqolada shuningdek, sinonimlarni ajratish mezonlari, ular orasidagi nozik ma’no tafovutlari, va sinonimik qatorlarning kommunikativ funktsiyalari o‘rganiladi. Nemis tilidagi ayrim sinonim juftliklari tahlili asosida, ularning kontekstda to‘g‘ri tanlanishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot tilshunoslik va tarjimashunoslik jarayonlarida sinonimiyaning o‘rni va ahamiyatini ochib beradi. Kalit so‘zlar. Nemis tili, sinonim, sinonimiya, leksik ma’no, uslubiy tafovut, sinonimik qator, kontekst, tilshunoslik. Har bir til o‘zining boy va serqirra lug‘at tarkibi bilan ajralib turadi. Tilning leksik boyligini ta’minlaydigan asosiy vositalardan biri bu — sinonimlardir. Sinonimlar bir-biriga yaqin yoki o‘xshash ma’noga ega bo‘lgan, biroq shaklan turlicha bo‘lgan so‘zlardir. Ular nutqga uslubiy rang-baranglik, ifoda boyligi va aniqlik baxsh etadi. Nemis tilida ham sinonimlar juda keng tarqalgan bo‘lib, ular og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri va o‘rinli ishlatilganda muloqot samaradorligini oshiradi. Shu sababli, sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlarini chuqur o‘rganish nafaqat tilshunoslik uchun, balki tarjimashunoslik, uslubshunoslik va nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada nemis tilidagi sinonimlarning tasnifi, ular orasidagi semantik va uslubiy tafovutlar, shuningdek, sinonimlardan kontekstga mos holda foydalanish zarurati tahlil qilinadi. Bu orqali o‘quvchi va tadqiqotchilarda sinonimiyaga ilmiy yondashuv shakllanishi ko‘zda tutiladi. Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 368 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tilshunoslikda “sinonim” atamasi bir xil yoki o‘xshash leksik ma’noga ega bo‘lgan, ammo fonetik jihatdan farqlanuvchi so‘zlarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Sinonimlar lug‘at boyligini oshiruvchi, ifoda vositalarini kengaytiruvchi va uslubiy rang-baranglik yaratuvchi muhim birliklardir. Nemis tilida sinonimlar o‘zining keng ko‘lamli qo‘llanilishi bilan ajralib turadi va har xil nutq vaziyatlarida turli funktsiyalarni bajaradi. Nemis tilidagi sinonimlar bir necha guruhlarga ajratiladi: Leksik sinonimlar: Ular bir xil tushunchani anglatib, bir-birining o‘rnida almashtirilishi mumkin. Masalan, beginnen va anfangen — “boshlamoq” ma’nosini bildiradi. Uslubiy sinonimlar: Bu so‘zlar ma’nodosh bo‘lsa-da, qo‘llanish sohalariga ko‘ra farqlanadi. Masalan, sterben (rasmiy) va krepieren (qo‘pol, og‘zaki) — ikkalasi ham “o‘lmoq” degan ma’noni anglatadi, biroq uslubiy darajasi farq qiladi. Konnotativ sinonimlar: Bunday sinonimlar denotativ ma’no jihatdan o‘xshash, ammo emosional-yuklama yoki ifoda darajasi jihatidan farqlanadi. Masalan, Haus va Heim — “uy” ma’nosida, biroq Heim ko‘proq hissiy bog‘lanishga ega. Sinonimlardan foydalanishda kontekst muhim rol o‘ynaydi. Biror so‘z sinonimi boshqa kontekstda o‘sha ma’noni to‘liq bera olmasligi mumkin. Masalan, sehen (“ko‘rmoq”) va blicken (“qaramoq”) so‘zlari sinonim sifatida qaralsa-da, sehen rasmiyroq va kengroq qo‘llanadi, blicken esa ko‘proq ma’lum bir yo‘nalishga qarash ma’nosida ishlatiladi. Til o‘rganuvchilar uchun sinonimlar orasidagi nozik semantik farqlarni anglash oson emas. Ayniqsa, tarjimada bir so‘zning noto‘g‘ri sinonimi tanlansa, ma’no noto‘g‘ri yoki nomaqbul chiqishi mumkin. Shu bois, sinonimlarning qo‘llanilish konteksti, uslubiy yuklamasi va so‘zlovchi maqsadi chuqur tahlil qilinishi lozim. Nemis tilida sinonimlar ko‘pincha sinonimik qatorlar shaklida mavjud bo‘ladi. Sinonimik qator — bu ma’nodosh, biroq ifodalanish shakli va uslubiyati jihatidan farqlanuvchi so‘zlar to‘plamidir. Masalan, sagen, äußern, formulieren, mitteilen — Выпуск журнала №-27 Часть–1_Июнь –2025 369 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT barchasi “aytmoq” mazmuniga ega bo‘lsa-da, har birining qo‘llanilish sohasi va ohangi farq qiladi. Bunday qatorlar til egasiga ma’lum kommunikativ vaziyatda eng mos va mazmunga yaqin sinonimni tanlash imkonini beradi. Bu esa muloqot aniqligi, lo‘ndaligi va uslubiy boylikni ta’minlaydi. Shuningdek, sinonimik qatorlar yozma nutqda takrorlarning oldini olish va matnning stilistik yaxlitligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Tarjimashunoslikda sinonimiyaga e’tibor berish nihoyatda muhimdir. Nemis tilidan boshqa tillarga tarjima qilinayotganda, tarjimon sinonimlar orasidagi semantik va uslubiy farqni to‘g‘ri anglab, ma’no yo‘qolishini oldini olishi lozim. Aks holda, tarjima mazmunga to‘liq mos kelmasligi mumkin. Masalan, Schüler va Lernender so‘zlari har ikkisi ham “o‘quvchi” degan ma’noni bersa-da, Schüler maktab o‘quvchisi, Lernender esa kengroq — o‘rganuvchi shaxs ma’nosini anglatadi. Bu farqni e’tiborsiz qoldirish tarjimada semantik noaniqliklarga olib keladi. Til o‘rgatish metodikasida sinonimiyaga alohida e’tibor qaratish lozim. Talabalar sinonim so‘zlarni faqat yodlash emas, balki ularning qo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nemis tilidagi sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning qo‘llanilish doiralari va uslubiy farqlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nemis tilidagi sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning qo‘llanilish doiralari va uslubiy farqlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tilshunoslik., sinonimik qator, sinonimiya, kontekst, Nemis tili, sinonim, uslubiy tafovut, leksik ma’no
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники