Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UYG‘ONISH DAVRI G`ARB ADABIYOTI
Amonova Shaxnoza Abdialimovna · Annotatsiya: Ovrupa Uyg‘onish adabiyoti asoslari · Italiya Uyg‘onish
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ovrupa Uyg‘onish adabiyoti asoslari, Italiya Uyg‘onish adabiyoti Petrarka ijodi; Bokachcho ijodi. Fransiya adabiyoti. Rable ijodi Dante Aligeri ijodi Kalit so'zlar: Renessans, gumanistlar, Antik adabiy merosi , Dante Aligeri ,” Ilohiy komediya”, Petrarka, Bokkachcho, “Dekameron”, Rable, “Gargantyua va Pantagryuel”. Ovrupa o‘rta asrlar tamaddunining yakunlanishi insoniyat tarixida Uyg‘onish(yoki ilm-fanda qabul qilingan, fransuz atamasi Renessans) nomini olgan ajoyib davr bilan bog‘liq. Uyg‘onish antik yoki o‘rta asrlarga nisbatan ancha qisqa muddat davom etgan bo‘lsa-da, fan va madaniyatda erishilgan ulkan yutuqlar uni alohida bir bosqich sifatida e’tirof etish imkonini beradi. XIV asrning o‘rtalarida Italiyada, XV asrning ikkinchi yarmida Fransiya, Angliya, Ispaniya, Germaniya va Niderlandiyada katta iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ovrupa ning turli mamlakatlarida yuz bergan bu protsessni italyanlar – Kvinkvechento, fransuzlar – Renessans, nemislar – Reformatsiya, umuman olganda Uyg‘onish deb ataganlar. O‘rta asrlar feodalizmi sharoitida shakllana boshlagan kapitalistik munosabatlar G‘arbiy Ovrupa da Renessans (Uyg‘onish) harakatining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Madaniyat tarixida Renessans nomi bilan yuritiladigan ushbu harakat dastlab Italiyada (XIV) va keyinchalik Ovrupa ning boshqa mamlakatlarida ham yuzaga keladi. Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar (Ovrupa uchun Amerikaning kashf etilishi, Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi) va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 6 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari – bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi. Antik madaniyat ta’sirida Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi. Italiya, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Germaniyada yangi zamon adabiyoti vujudga keldi. Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni cherkov sirtmog‘idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar – o‘zlarini gumanistlar (lotincha – humanis ya’ni insoniylik) deb atadilar. Inson shaxsini ulug‘lash, kishi ongini dinning sarqitlaridan tozalash, tabiat va jamiyatni inson manfaatlariga xizmat ettirish uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari hisoblanadi. Uyg‘onish davrining xususiyatlaridan yana biri antik madaniyatga bo‘dgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Gumanistlar o‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun antik davr ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham diqqatlarini qaratdilar. Italyan olim va yozuvchilari, jumladan birinchi gumanist Bokachcho unutib yuborilgan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib topishga kirishdilar. Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanistik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda bo‘lganligidadir. Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolatuchun kurash g‘oyalarini oldilar. Antik adabiyotning bunday xususiyatlaridan ta’sirlanish F.Rablening “Gargantyua va Pantagryul”, M.Servantesning “Don Kixot”, V.Shekspir va Q.Marloning tragediyalarida yaqqol gavdalanadi. Xalq turmushidan olingan tematik obraz va folklor motivlari Bokachcho va M.Novarskaya ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uyg‘onish davri vakillari yangi gumanistik ideallar uchun kurashda antik meros bilan bir qatorda ikkinchi zo‘r manba – xalq ijodidan ham foydalanganlar. Xalq yaratgan asarlarning mazmuni, obrazlar sistemasi, shakli, jamiyat hayotining turli https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 7 Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025 tomonlarini xalq nuqtai nazaridan baholashi bilan gumanistlarga katta ta’sir etgan. Tenglik, adolat, vijdon erkinligi g‘oyalari va hayotni sevish, dunyo lazzatlaridan foydalana olishni gumanistik yozuvchilar faqat folklordagina topadilar. Uyg‘onish davrining eng buyuk gumanist yozuvchilari Bokachcho, Ramble, Servantes va Shekspir ana shu tuganmas manbadan to‘la foydalanganlar. Ovrupa mamlakatlari gumanizmi va realistik san’atining shakllanishida antik va xalq elementlari bilan bir qatorda italyan gumanizmi va adabiyoti ham katta rol o‘ynagan. Uyg‘onish davri avval Italiyada XVI asrda boshlangan bo‘lib, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Angliya va boshqa mamlakatlarda san’at va adabiyotning rivojlanishida antik meros, xalq ijodi bilan bir qatorda italyan gumanizmi, Petrarka va Bokkachcholarning roli ham nihoyatda katta bo‘lgan. Antik madaniy meros bilan qiziqish, xalq ijodidan foydalanishning o‘zi ham boshqa Ovrupa mamlakatlarida italyan gumanizmi ta’siri ostida boshlangan edi. Ovrupa Uyg‘onish harakatining ilk vatani – Italiyada kapitalis
Доказательный фрагмент
«Ovrupa Uyg‘onish adabiyoti asoslari, Italiya Uyg‘onish adabiyoti Petrarka ijodi; Bokachcho ijodi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOvrupa Uyg‘onish adabiyoti asoslari, Italiya Uyg‘onish adabiyoti Petrarka ijodi; Bokachcho ijodi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Renessans, gumanistlar, Antik adabiy merosi, Dante Aligeri, “Dekameron”, Rable, Kalit so'zlar: Renessans, “Gargantyua va Pantagryuel”., Petrarka, ” Ilohiy komediya”, Bokkachcho
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026