Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻSMIRLIK DAVRIDA EMOTSIONAL INTELLEKT BORASIDAGI NAZARIYALAR
Xajiboyeva Maftuna Valisherovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Mazkur tezisda oʻsmirlik davrida emotsional intellekt (EI) rivojlanishi va unga oid yetakchi nazariyalar tahlil qilinadi. Emotsional intellekt – bu oʻz hissiyotlarini anglash, boshqarish, boshqalarning emotsiyalarini tushunish va ular bilan samarali munosabat qurish qobiliyatidir. Tadqiqotda Piter Salovey va Jon Mayerning EI nazariyasi, Deniel Goleman tomonidan ilgari surilgan amaliy model, shuningdek, Reuven Bar-Onning emotsional-ijtimoiy kompetentlik modeli asosida oʻsmirlik bosqichidagi psixologik oʻzgarishlar bilan emotsional intellekt oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik koʻrsatiladi. Ushbu davrda shaxsning identiteti shakllanib borishi, gormonal oʻzgarishlar va ijtimoiy muhit omillari EI rivojiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Tezisda emotsional intellektni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ta’limiy va psixologik yondashuvlar, shu jumladan, metakognitiv treninglar, ijtimoiy-emotsional oʻrganish dasturlari (SEL) samaradorligi muhokama qilinadi. Natijada, oʻsmirlarning psixologik barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi va shaxslararo munosabatlar sifati emotsional intellekt darajasi bilan chambarchas bogʻliqligi isbotlanadi. Mazkur tezis oʻquvchilar, psixologlar hamda pedagoglar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali manba boʻlib xizmat qiladi. Kalit so`zlar: emotsional intellekt, o`smirlik davri, psixologik o`zgarishlar, o`zini anglash, motivatsiya, shaxslararo munosabat, ruhiy salomatlik https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 8 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Kirish. Inson taraqqiyoti davomida psixologik omillar, xususan emotsional intellekt shaxs rivojida muhim oʻrin egallab kelgan. Soʻnggi yillarda ushbu tushuncha nafaqat psixologik nazariyalar, balki ta’lim, ijtimoiy muhit va kasbiy faoliyatda ham muhim omil sifatida qaralmoqda. Emotsional intellekt (EI) atamasi dastlab 1990-yillarda Piter Salovey va Jon Mayer tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan boʻlib, u shaxsning oʻz va boshqalar emotsiyalarini anglash, baholash, boshqarish, emotsional jihatdan to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini ifodalaydi. Keyinchalik Deniel Goleman tomonidan emotsional intellekt konsepsiyasi keng ommaga tanitildi va uning ijtimoiy hamda kasbiy muvaffaqiyatdagi roli chuqur o‘rganila boshlandi. Oʻsmirlik davri inson hayotidagi eng murakkab va oʻtish bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda organizmda fiziologik va psixologik oʻzgarishlar yuz beradi, shaxsiy identitet shakllana boshlaydi, mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish va ijtimoiy rollarni egallash ehtiyoji kuchayadi. Aynan shu bosqichda emotsional intellektning rivojlanishi oʻsmirning ijtimoiy moslashuvi, oʻz-oʻzini anglashi, ruhiy barqarorligi va sogʻlom kommunikatsiyasi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu sababli emotsional intellektning nazariy asoslarini chuqur oʻrganish va ularning oʻsmirlik davridagi ifodasini tahlil qilish bugungi kunda dolzarb ilmiy vazifalardan biridir. Mazkur tezisda oʻsmirlik davrida emotsional intellekt rivojiga ta’sir etuvchi asosiy nazariyalar, ularning oʻzaro farqlari va oʻxshash jihatlari, shuningdek, emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan amaliy yondashuvlar keng qamrovda yoritiladi. Oʻsmirlik davri psixologik rivojlanishning murakkab, biroq sermahsul bosqichlaridan biri boʻlib, bu davrda shaxsiy identitet, mustaqil fikrlash, o‘zini anglash va ijtimoiy moslashuv jarayonlari jadallashadi. Aynan shu bosqichda emotsional intellektning (EI) shakllanishi va mustahkamlanishi oʻsmirning jamiyatdagi oʻrnini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon boʻladi. EI tushunchasi zamonaviy psixologiyada keng talqin etilib, bir qator nazariy https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 9 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 yondashuvlar orqali izohlanadi. Avvalo, Piter Salovey va Jon Mayer (1990) tomonidan ilgari surilgan emotsional intellekt modeli EI ni toʻrt asosiy komponentga ajratadi: (1) emotsiyalarni aniqlash, (2) emotsiyalar orqali fikrlashni ragʻbatlantirish, (3) emotsiyalarni tushunish, (4) emotsiyalarni boshqarish. Ushbu model asosida EI insonning kognitiv va emotsional funksiyalarini uygʻunlashtirishga xizmat qiladi. Deniel Goleman (1995) esa emotsional intellektni amaliy kontekstda rivojlantirib, uni shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalar orqali tahlil qiladi. U EI ni besh asosiy yo‘nalishga ajratgan: oʻzini anglash, oʻzini boshqarish, motivatsiya, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalar. Ayniqsa, oʻsmirlik davrida empatiya va ijtimoiy koʻnikmalarning shakllanishi, maktab va tengdoshlar orasidagi munosabatlarning barqarorlashuvi uchun muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, Reuven Bar-Onning (1997) emotsional-ijtimoiy intellekt modeli EI ni kengroq doirada tahlil qilib, shaxsning stressga qarshi kurashish qobiliyati, qaror qabul qilish strategiyalari va umumiy moslashuvchanligini ham o‘z ichiga oladi. Unga koʻra, emotsional intellekt insonning hayotdagi turli vaziyatlarga ijobiy yondashuvi, emotsional muvozanatini saqlay olishi va ijtimoiy muvaffaqiyatga erishishi uchun poydevor vazifasini bajaradi. Oʻsmirlik davridagi emotsional intellektning rivojlani
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda oʻsmirlik davrida emotsional intellekt (EI) rivojlanishi va unga oid yetakchi nazariyalar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda oʻsmirlik davrida emotsional intellekt (EI) rivojlanishi va unga oid yetakchi nazariyalar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o`smirlik davri, psixologik o`zgarishlar, o`zini anglash, shaxslararo munosabat, ruhiy salomatlik, motivatsiya, Kalit so`zlar: emotsional intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026