Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY MUNOSABATLARDA AGRESSIV XULQ ATVORNING YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR
YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR · Nilufar Kirgizbayeva
Лучшие интеллектуальные исследования · 1 · 2025
Аннотация
The three articles provide basic information on the observation of family relationships and individuals. In psychology, the family is defined as a system of interpersonal interactions that protects the individual from possible manipulative influences from society, while also adapting him to the lifestyle of this society and producing products that allow him to function normally in it. Keywords: manipulation, maturity, interactions, accommodation, structures. Аннотация: представлена основная информация о семейных отношениях и наблюдениях за отдельными людьми в трех статьях. В психологии семья определяется как система межличностных взаимодействий, которая защищает индивида от возможных манипулятивных влияний со стороны общества, а также адаптирует его к образу жизни этого общества и производит продукты, позволяющие ему нормально в нем функционировать. Ключевые слова: манипуляция, зрелость, взаимодействие, приспособление, структуры. https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 7 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 Kirish: Oiladagi ichki interaksiyalar psixologiyasi oilani tashkil etuvchi alohida individlarning taraqqiyot muammolari bilan bevosita bog‘liqdir. Zero inson hayot yo‘lining barcha bosqichlarini: nafaqat personallashgan bolalik, balki personallashgan yetuklik, keksalikni ham o‘z ichiga olish bilan- oila bashariyatning eng dolzarb ekzistensial muammolarini qamrab oladi. Vaxolanki oila har bir odamzot individining ijtimoiy taraqqiyot vaziyatini muhim tarkibiy qismidir. Shaxsga va ijtimoiyga doir barchasi bu nuqtada murakkab, ziddiyatli o‘zaro munosabatlarda aks etgan.[1] Oiladagi ichki shaxslararo interaksiyalar, bir tomondan, madaniy loyihalarni shaxs strukturasiga assimilyatsiya qilishiga ko‘mak bersa, boshqa tomondan- individning ichki (botiniy) olamini jamiyatning madaniy loyihalarida akkomodatsiya qiladi. Bunday assimilyatsiya va akkomodatsiya ba’zan shaxsga doir voqelikning turli jihatlarini uzuq-yuluqliligini bartaraf etishga yordam bersa, ba’zan shaxsga doir komplekslarni, “soyalarni” yuzaga kelishiga sabab bo‘lib, ularni keskinlashtiradi. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Pozitivlik-negativlik tushunchasi nafaqat an’anaviy, balki oila psixoterapiyasi va oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasining zamonaviy konsepsiyalarida ham eng muhimi deb e’tirof etilgan. Masalan, xulq atvorga yo‘naltirilgan nazariyalarda oiladagi ichki nizolar pozitiv o‘zaro qo‘llab-quvvatlash quyi normasining funksiyasi sifatida ko‘zdan kechirilsa, terapevtik harakatlar oila a’zolari o‘rtasidagi kommunikatsiyalar negativligini pasaytirishga qaratilgan bo‘ladi.[2] An’anaviy psixoanalitik yondashuv oiladagi nafaqat gorizontal, balki vertikal interaksiyalarni murakkablashtiruvchi va siqib chiqarilgan hamda g‘ayrishuuriy kechinmalarda namoyon bo‘luvchi ilk negativ hayotiy tajribani diqqat markaziga chiqaradi. Oilaning tizimli psixoterapiyasini pirovard natijasi- bir butun yaxlitlik sifatidagi oilani, oila a’zolari o‘rtasidagi negativ patologik kommunikatsiyalarni belgilovchi, mohiyatan negativ o‘zarotobe’liklar va psixologik himoyalardan xalos etishdir. https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 8 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 Oilaning gumanistik psixoterapiyasi diqqat markazida esa oiladagi ichki interaksiyalar pozitivi sifatida empatik shaxslararo o‘zaro munosabatlar yotadi. Italyan psixologi A.Menegetti tomonidan ishlab chiqilayotgan ontopsixologiya va oilaning ontopsixoterapiyasi nazariyasiga binoan negativ psixologiya deb nomlanadigan qator fenomenlar mavjuddir[3]. Bunda oilaning bir a’zosi oilang boshqa bir a’zosi hayotiga g‘ayrishuuriy tarzda kirib boradi va uning botiniy pozitiv yadrosini, uning haqiqiy voqeligini soyada qoldiradi. Muhokama va natijalar: Oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi inson tirik mavjudot ekanini va u o‘z urug‘lari shajarasi- ajdodlar va avlodlar- silsilasining bir uzviy qismi ekanini inkor etolmaydi. V.Satir ta’kidlaganidek: “Bizning har birimiz ma’naviyatning umumjahon daraxtida vujudga kelamiz. Mazkur daraxt ildizlari barcha tirik mavjudotlari bilan bog‘liqdir. Har birmiz hayotni asrab-avaylovchi, uni sevguvchi va unga g‘amxo‘rlik qilguvchi oqil ustozga aylanishimiz mumkin... Bizlarni hayotning ma’naviy jihatlariga bo‘lgan munosabatimiz bizlar hayotni qay darajada qadrlashimiz nishonasidir. Mening ma’naviyatim Yer yuzidagi barcha tiriklikni birday hurmat qilishimda namoyon bo‘ladi”[4]. Shu bilan birga shuni ham alohida e’tirof etishimiz kerakki, psixologiyaga individ tashqi muhit bilan muttasil o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayoniga jalb etilgan tirik organizmdir degan an’anaviy qarash xosdir. Muhit bilan o‘zaro ta’sirga kirishar ekan organizm o‘zining fiziologik mexanizmlari yordamida moslashib boradi. Ya’ni optimal reaksiyalarni saralash asnosida o‘zining aktual xolatini o‘zgartirib ularning eng adekvatlarini saqlab qolishga urinadi. Ch.Darvin ta’limoti psixik aks ettirishni organik olam evolyusiyasining yagona tizimining uzviy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etgan. Mazkur g‘oya esa keyinchalik biologi
Доказательный фрагмент
«The three articles provide basic information on the observation of family relationships and individuals.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe three articles provide basic information on the observation of family relationships and individuals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- manipulation, maturity, interactions, accommodation, structures, структуры., structures., yetuklik, зрелость, Ключевые слова: манипуляция, Kalit so‘zlar: manipulatsiya, akkomodatsiya, interaksiyalar, Keywords: manipulation, приспособление, strukturalar., взаимодействие
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025