К содержанию
РецензированоUZ2025

MENDEL VA IRSIYATNING DOMINANT-RETSESSIV MODELI

Ulug’murodova Ruhshona Sherzod qizi · Samarqand. O’zbekiston. · Ilmiy raxbar: Ismoilov Komiljon Tuyg’unovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 15 · 2025

Аннотация

This paper analyzes the history of Gregor Mendel's discovery of the laws of heredity, the laws of heredity regarding monohybrid and digibrid hybridization, and the possibilities of predicting the genotype and phenotype of an organism. The relevance of Mendel's experiments on hybridization in the present day and their possibilities for adaptation to interpretations are given. Keywords: Genetics, G.Mendel, gene, T.Morgan, monohybrid, digibrid, polyhybrid, phenotype, genotype, epistasis, polymer, molecular biology, hybridization, Mendelism. Аннотация: В статье анализируется история открытия Грегором Менделем законов наследственности, законов наследственности в отношении моногибридной и дигибридной гибридизации, а также возможности прогнозирования генотипа и фенотипа организма. Дана https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 9 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 актуальность экспериментов Менделя по гибридизации в наши дни и их возможности адаптации к интерпретациям. Ключевые слова: генетика, Г.Мендель, ген, Т.Морган, моногибрид, дигибрид, полигибрид, фенотип, генотип, эпистаз, полимер, молекулярная биология, гибридизация, менделизм. Adabiyotlar tahlili: Genetika irsiyat va o’zgaruvchanlik qonunyatlarini o’rganadigan biologiya sohasi bo’lib, organizmlarning irsiy xususiyatlarini, shu jumladan genlar, xromosomalar va molekulyar biologik jarayonlarni tadqiq qiladi. Genetika, organizmlar irsiy xususiyatlari qanday avlodlarga o’tishini, genetik material DNK va RNK orqali qanday ifodalanganligini o’rganadi. [2,4 ] Genetika fanining rivojlanish tarixini o’rganishda quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkin: 1-bosqich.G.Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish qonunlarining kashf etilishi. 2-bosqich.T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratilishi va uning rivojlantirilishi. 3-bosqich.Genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, kibernetika kabi fanlarning yutuqlarini tatbiq qilish. Bu bosqich asosan elektron mikroskopiya, rentgenostruktur tashxis kabi usullardan foydalanish bilan bog’liq. [1,5] 19-asrning boshlarida Jon Goss no'xat bilan tajriba o'tkazib, o'simliklar yashil-ko'k no'xat va birinchi avlodda sarg'ish-oq no'xat bilan duragaylanganda sariq-oq ranglar olinganini ko'rsatdi. Biroq, ikkinchi avlodda birinchi avlod duragaylarida paydo bo'lmagan va keyinchalik Mendel tomonidan retsessiv deb atalgan xususiyatlar qayta paydo bo'ldi hamda ular bilan birga o'simliklar o'z-o'zini changlatish paytida bo'linmadi. Fransuz o'simlik seleksiyaneri Augustin Sajray asosan qovunlarni gibridizatsiya qilish bo'yicha tajribalar o'tkazadi. U gibridizatsiya tarixda birinchi marta o'simliklarning individual irsiylanuvchi https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 0 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 belgilarini (qipiq, qobig'i va boshqalar) o'rganishga kirishdi va natijada gibridizatsiya davrida ota-ona belgilari bir-biri bilan aralashmasdan avlodlar orasida taqsimlandi. Shunday qilib, Sajray irsiyatning hal qiluvchi xususiyatini aniqlashga uringan: U o'zining "Gibridlar, variantlar va navlarning shakllanishi haqida mulohazalar" (1825) nomli maqolasini chop ettirdi. . [3,6,7] Gregor Mendel (1822-1884) avstriyalik biolog va botanik, irsiylik nazariyasi yaratuvchisi, o’zining o'simliklar belgilarini nasllarga berilishi va gibridizatsiya qilish bo'yicha tajribalari zamonaviy genetika asoslarini yaratdi. Shaxsiy xususiyatlarning irsiylanish mexanizmi va o’zgaruvchanlik mexanizmini o'rganish maqsadida u no'xatning har xil turlari ustida keng ko'lamli tajriba o'tkazib, jami 20 000 ga yaqin duragaylarni o'rgandi. Natijada, u keyinchalik "Mendel qonunlari" nomi bilan mashhur bo'lgan bir nechta asosiy tamoyillarni shakllantirdi. U 1865 yilda Brunn tabiatshunoslar jamiyatidagi kongresda, o’zining hissobotida amalga oshirilgan ishlarni qisqacha tasvirlab berdi. Ammo uning tadqiqotlari ilmiy jamoatchilikni qiziqtirmadi. Keyinchalik, olim o'zining topilmalarini o'simlik va hayvonlarning boshqa turlarida sinab ko'rishga urinib ko'rdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shuning uchun u o'z yutuqlariga ishonchini yo'qotdi va bunday tadqiqotlarga qaytmadi. Lekin uning ishlari mendelizm nomi bilan hozirgacha yetib kelgan.[2,8,10] Mendel qonunlari 1865-yilda kashf etilgan boʻlib, uning zamondoshlari bu kashfiyotga munosib baho bera olmagan. 1900-yilda nemis botanigi K. Korrens, Avstriya olimi E. Chermak va niderland botanigi X. De Frizlar har xil oʻsimlik turlari duragaylarida olib borgan tajribalari asosida bir-birlaridan mustaqil holda Mendel qonunlarini qayta kashf etishdi. Shuning uchun 1900-yil genetika fani tashkil topgan, yaʼni Mendelizmga asos solingan yil hisoblanadi. Mendelizm terminini 1905-yilda R. Pennet taklif etgan. Genetikaning rivojlanishi va Mendelizm nazariy asoslarining yaratilishi Mendelning irsiy omillar (1906-yildan https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 1 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 boshlab U. Betson taklifiga binoan "genlar") haqidagi gʻoyasi katta ahamiyatga ega boʻldi. [8,11,12] Material va usullar: Mendel tajribalari va genetikaga qo’shgan

Доказательный фрагмент

«This paper analyzes the history of Gregor Mendel's discovery of the laws of heredity, the laws of heredity regarding monohybrid and digibrid hybridization, and the possibilities of predicting the genotype and phenotyp…»

Образец извлечения

Демо-превью

This paper analyzes the history of Gregor Mendel's discovery of the laws of heredity, the laws of heredity regarding monohybrid and digibrid hybridization, and the possibilities of predicting the genotype and phenotyp… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Genetics, G.Mendel, gene, T.Morgan, monohybrid, digibrid, polyhybrid, molecular biology, молекулярная биология, менделизм., полигибрид, эпистаз, дигибрид, genotype, phenotype, Г.Мендель, Mendelism., полимер, epistasis, polymer, epistaz, фенотип, fenotip, molekulyar biologiya, genotip, Keywords: Genetics, monogibrid, Ключевые слова: генетика, ген, hybridization, mendelizm., gen, gibridizatsiya, poligibrid, polimer, генотип, Kalit so‘zlar: Genetika, гибридизация, моногибрид, Т.Морган
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники