Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUQADDAS AYOL – MEHRIBON ONA
Ahadova Jahona Jahongir qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola onalarning hayotimizdagi muqaddas o'rni, ularning mehribonligi va fidoyiligi haqida hikoya qiladi. Maqolada onalarning farzandlar tarbiyasidagi o'rni, oila mustahkamligini ta'minlashdagi hissasi, shuningdek, jamiyatdagi faoliyati va yutuqlari tahlil qilinadi. Maqola onalarning cheksiz mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida muhim o'rin tutishini ta'kidlaydi va ularga bo'lgan chuqur hurmatimizni namoyon etadi. Kalit so'zlar: Muqaddas ayol, ona, mehribonlik, fidoyilik, tarbiya, oila, jamiyat, hurmat, minnatdorchilik. Annotatsiya: This article tells the story of the sacred role of mothers in our lives, their kindness, and dedication. The article analyzes the role of mothers in raising children, their contribution to ensuring family stability, as well as their activities and achievements in society. The article emphasizes that the boundless love, dedication, and patience of mothers play a crucial role in human life and demonstrates our deep respect for them. Kalit so'zlar: Sacred woman, mother, kindness, dedication, upbringing, family, society, respect, gratitude. Ona... Bu muqaddas so'z har bir inson uchun qalb tubidagi eng aziz tuyg'ularni uyg'otadi. Ona - bizni dunyoga keltirgan, tunlari bedor bo'lib tarbiya qilgan, hayotning har qanday sinovlarida bizga suyanch bo'lgan buyuk zot. Onalarimizning mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida bebaho o'rin tutadi. https://scientific-jl.com/luch/ 9 0 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 Onalar nafaqat farzandlarining jismoniy, balki ruhiy kamolotida ham muhim rol o'ynaydilar. Ular farzandlariga mehribonlik, rahm-shafqat, sadoqat va vatanparvarlik kabi oliyjanob fazilatlarni singdiradilar. Onalar oila mustahkamligining asosi, jamiyatning ustunidir. Ularning faoliyati va yutuqlari jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo'shadi. Bugungi kunda onalarga bo'lgan hurmat va e'tibor yanada kuchaymoqda. Davlatimiz tomonidan onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, onalarning mehnatini qadrlash va ularga munosib sharoitlar yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada biz onalarning hayotimizdagi muqaddas o'rni, ularning mehribonligi va fidoyiligi haqida hikoya qilamiz. Biz onalarning farzandlar tarbiyasidagi o'rni, oila mustahkamligini ta'minlashdagi hissasi, shuningdek, jamiyatdagi faoliyati va yutuqlarini tahlil qilamiz. Maqola onalarning cheksiz mehr-muhabbati, fidoyiligi va sabr-toqati inson hayotida muhim o'rin tutishini ta'kidlaydi va ularga bo'lgan chuqur hurmatimizni namoyon etadi. Ayol kim? Ayol mehribon ona, go‘zal farzand, opa-singil, sadoqatli turmush o‘rtoqdir. Biz uchun ayol bu- bizning onamiz. Ona murabbiy, shifokor va mehrga limmo-lim qalbdir. Ona o‘rgatadi, davolaydi, mehr beradi. Farzandi uchun jonini berishga ham tayyor bo‘ladigan qalqon bu-ona. Mening onam-mening qahramonim! Mening onam yo‘limni yorituvchi yo‘lchi yulduzim, o‘zidan mehr iforini taratib turuvchi insonim, hayotim ma‘nosi, ko‘zlarimning nuri, boshimdagi tojim, gullab, yashnayotgan qalbimning egasi, dunyolardan bebaho, yagonam.Men har kuni menga shunday ota-ona bergan Allohga shukronalar aytaman. O‘zimga havasim keladi. "Men ham shunday qat'iyatli ayol bo‘la olarmikanman",- deb o‘zimga savol beraman. Chunki hayotda o‘z o‘rniga ega, o‘qimishli, haqiqiy ayol bo‘lish hammaga ham nasib qilavermaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 9 1 Часть-40_ Том-2_ Март-2025 Men o‘z onamdan faxrlanaman. Ularning farzandlari bo‘lib dunyoga kelganimdan faxrlanaman. Ushbu shiddat bilan rivojlanib kelayotgan ushbu davrda barchamiz ko‘rib turganimizdek biz ayol va qizlarga juda ko‘plab shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Men esa bu imkoniyatlardan yurtimiz poydevori bo‘lmish ayol-qizlar oqilona foydalana olayotganini bemalol ayta olaman. Boisi shundaki har bir jabhada ularning beqiyos o‘rnini ko‘rishingiz mumkin. Mamlakatimiz ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘qishlari uchun barcha qulayliklarni yaratib berish g‘oyalarini ilgari surmoqda. Hozirgi kunda ayollarni o‘qishi uchun davlat tomonidan mablag‘ ajratilyapti. Ishsiz va uysizlarni uy va ish bilan ta‘minlashyapti. Ularning holidan xabar olinayapti. O‘zlari istagan kasb egalari bo‘lish va hattoki chet davlatlarida o‘qish va ishlashlari uchun alohida e‘tibor berilyapti.Ayollar ham Davlatimizga o‘z hissasini qo‘shishmoqda. Bizning mamlakatimizda ayollar va erkaklarning huquqi teng. Ayollar jamiyatimizda o‘zi xohlagan ish bilan shug‘ullana oladilar. Davlatning ishonchini oqlay oladilar. Jumladan, Milliy Gvardiya sohasida ham kundan kunga ayollarning soni ortib bormoqda. Har bir sohada ularning o‘z o‘rinlari bor.Ayol va qizlarimizning o‘z sohasidagi turli erishayotgan yutuqlari berilgan imkoniyatlardan manfaatli foydalanayotganliklarini isbotlaydi. Ular rivojlansa, butun jamiyat yuksaladi.Ayol kishi hurmat, mehr va e'tiborga loyiq. Ayol mo‘jiza yaratuvchi muqaddas zot. Adabiyotlar ro'yxati: 1. Azizova, M. (2018). O'zbek ayoli: kecha va bugun. Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti. 2. Bekmurodov, A.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola onalarning hayotimizdagi muqaddas o'rni, ularning mehribonligi va fidoyiligi haqida hikoya qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola onalarning hayotimizdagi muqaddas o'rni, ularning mehribonligi va fidoyiligi haqida hikoya qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muqaddas ayol, ona, mehribonlik, fidoyilik, tarbiya, oila, hurmat, upbringing, Kalit so'zlar: Muqaddas ayol, mother, family, kindness, respect, jamiyat, gratitude., Kalit so'zlar: Sacred woman, dedication, minnatdorchilik., society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026