К содержанию
РецензированоUZ2025

BANK TIZIMI VA MARKAZIY BANKNING PUL KREDIT SIYOSATI

Xurramov Shavkat Abdulazizovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Maqolada bank tizimi va markaziy bankning pul kredit siyosati yoritilgan. Kalit so’zlar: bank tizimi, hisob stavkasi, pul- kredit siyosati, global iqtisodiy inqiroz, markaziy bank. Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Hozirda koʻpchilik tomonidan umumiy qabul qilingan nuqtai nazar: narxlar barqarorligi, iqtisodiy oʻsish va bandlikni ta’minlash uchun zaruriy shartsharoitni ta’minlashdir. Agar mamlakatda yuqori inflyatsiya uzoq muddat davr davom etishi iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Аyni vаqtdа vаlyutа bоzоrini libеrаllаshtirish bоrаsidаgi islоhоtlаrning muvаfаqqiyatli tugаllаnishi ko’p jihаtdаn pul-krеdit siyosаtini tаkоmillаshtirish, tijоrаt bаnklаri fаоliyatini mustаhkаmlаsh hаmdа bаnk tizimini rivоjlаntirish chоrаlаri sаmаrаdоrligi bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. Hozirgi vaqtga kelib davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat moliyasining ahamiyati yanada yuksaldi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarini ta'minlash, xalqning moddiy va ma'naviy jihatdan farovon turmush tarziga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar barpo qilish, davlat organlarini mablag' tomonlama ta'minotini qoplash, davlatni idora qilish singari sohalarda yetakchi https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 vosita sifatida o'rin egalladi. Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me'yorini o'zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o'z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo'ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo'lgan zaxiralarning eng quyi normasini o'rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta'sir etadi. Bu me'yor qanchalik yuqori bo'lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo'li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo'ladi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko'pincha bir necha vosita birdaniga qo'llanilishi, ya'ni kompleks siyosat o'tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko'rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o'sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo'lgan talabni oshiradi va o'z navbatida, YaIM miqdorining ko'payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma'lum davrda o'z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to'xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. Pul-kredit siyosatining oqibati to'g'risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM miqdori o'sishini rag'batlantirgan hamda ma'lum darajada samaradorlikka erishgan https://scientific-jl.com/luch/ 4 4 Часть-40_ Том-1_ Март-2025 bo'lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta'sir etishi jarayonlarini o'rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o'rtasida ko'p yillardan beri tortishuvlar bo'lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta'sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta'sirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar. Iqtisodiyotni samarali rivojlantirish uchun zarur shartsharoitlardan biri, Markaziy bankning biznes faoliyatini barqarorlashtirish, tijorat banklarining faoliyatini na

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
markaziy bank., hisob stavkasi, Kalit so’zlar: bank tizimi, global iqtisodiy inqiroz, pul- kredit siyosati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники