Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL- MILLAT KO‘ZGUSI
TIL- MILLAT KO‘ZGUSI · Yuldosheva Mohidil Shuhrat qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article discusses the invaluable wealth of the Uzbek language. The unique charm of the Uzbek language, its important role in the development of the nation is reflected in this article. Kalit so‘zlar: til, millat, shoir, e’tibor, turkiy til, o‘zbek tili, qadriyat, bebaho boylik. Key words: non-standard task, non-standard exercises, problem situations, role-playing games, non-traditional methods, non-traditional dictations. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin. Shavkat Mirziyoyev Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak” deb ta’kidlaganlaridek ona tili qadriyatlarimiz gultoji va bitmas tuganmas bebaho ma’naviy boyligimizdir. Til har bir millatning o‘ziga hos belgisi, ulkan va betakror boyligi, ajdodlarning bebaho merosidir. Shu bois ham “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Til bilgan el biladi” singari naqllarda ham bir olam ma’no bor. Tilimizdagi ilk yozma manbalar milodiy V-VIII asrlarga mansub. Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Boborahim Mashrab, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘ofur G‘ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf singari buyuk so‘z san’atkorlari tilimizda go‘zal va betakror nazm durdonalarini yaratib, uning umrboqiyligini taminlab ketganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21- oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan 131 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilandi va respublikasimizda keng miqyosida nishonlanib kelmoqda. Bu tarixiy hujjat ona tilimizning nufuzini oshirish bilan bir qatorda xalqaro miqyosida uning obro‘- e’tiborini kuchaytirib yubordi. Hattoki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambileyasida hamda xalqaro anjumanlarda Prezidentimiz sof o‘zbek tilida ma’ruza qilishlari xalqaro jamiyatning va xalqimizning e’tibori va e’tirofiga sazavor bo‘lmoqda. Mustaqillik yillarida “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek Milliy Ensiklopediyasi”, “Alisher Navoiy qomusi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur Ensiklopediyasi”, “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar lug‘ati”, “Adabiyotshunoslik lug‘ati” kabi ko‘plab kitoblarning nashr etilganligi tilimizga bo‘lgan e’tiborning yuksak namunasidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida o‘zbekcha gaplashadiganlarning umumiy soni 50 milliondan oshdi. Bu sayyoramizda har 200 kishidan biri yoxud yarim foizi o‘zbekcha gaplashadi deganidir. Bugun dunyoda tobora ommalashib borayotgan. O‘zbek kurashi ham “chala”, “halol”, “yonbosh”, “dakki”, “tanbeh” singari o‘zbek tilidagi bir qancha so‘zlarning xalqaro miqyosida qo‘llanishi uchun yo‘l ochmoqda. Nazm mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy xalqimizning tili, milliy an’analari, qadriyatlariga chuqur humat bilan yondashganlar: Senga bor esa so‘z bilurdin mazoq, Uzum sari boqma, so‘zim sari boq. Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV arsda tilimiz himoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan qolishmasligini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o‘zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boyisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonning qanday ma’naviyatga ega ekani uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo‘ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’analari tilda mujassam bo‘ladi. Shunday ekan ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to‘liqligicha yetkazishimiz kerak. Til millatning ma’naviy boyligidir. Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto, olam barqarorligining asosi ham bu tildir. Shu sababli o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. Til – beqiyos kuch. Til har bir millat qiyofasining bir bo‘lagi. Til har bil milllat madaniyatining o‘zagidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’analarini saqlaydi. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning 132 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin Bilki guhari
Доказательный фрагмент
«This article discusses the invaluable wealth of the Uzbek language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the invaluable wealth of the Uzbek language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- non-standard task, non-standard exercises, problem situations, e’tibor, bebaho boylik., millat, til, shoir, turkiy til, qadriyat, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026