Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QADRIYATLAR VA ULARNI ASRAB-AVAYLASHDA TARIXIY DAXLDORLIK HISSINING O‘RNI
DAXLDORLIK HISSINING O‘RNI · Nosirova Nozima Safarovna
Исследователь · 2026
Аннотация
This article presents a scientific and philosophical reflection on the importance and stages of a sense of historical involvement in preserving values and their value. It also provides information about the sense of involvement in history, its essence, content, role and characteristics in preserving values. In addition, the study provides information about the components necessary for educating young people in the spirit of loyalty to the Motherland. Keywords. Value, tradition, person, society, upbringing, morality, behavior, tradition, system, task, sense of involvement and experience. Аннотация. В статье рассматриваются научные и философские соображения о важности и этапах чувства исторической причастности к сохранению ценностей и их охране. В нем также содержится информация о чувстве принадлежности к истории, его сути, содержании, роли и особенностях сохранения ценностей. Кроме того, в исследовании представлена информация о компонентах, необходимых для воспитания молодежи в духе преданности Родине. Ключевые слова. Ценности, традиции, люди, общество, воспитание, этика, поведение, обычаи, системы, обязанности, чувство принадлежности и опыт. Hozirgi davrda milliy va ma’naviy qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatining oshib borishi, yoshlar kamolotidagi o‘rni barchamiz uchun muhim ahami-yat kasb etmoqda. Biz yuqorida milliy-ma’naviy, madaniy, ta’lim-tarbiya, axloq https://scientific-jl.com 9 2 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali kabi qadriyat turlari, uning mohiyati, inson tafakkuri, dunyoqarashiga ta’siri, komil inson tarbiyasidagi o‘rni kabi masalalarni imkon qadar yoritishga harakat qildik. Shu o‘rinda yoshlar tarbiyasini ma’naviy qadriyat va milliy istiqlol mafkurasi tamoyillari bilan uyg‘unlikda olib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning o‘ziga xos udumlari, uning yuksak axloqiy fazilatlari ma’naviyatimiz o‘zagidir. Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda milliy qadriyatlarni tiklash, takomillashtirish, o‘zligimizni bilish, ma’naviy qadriyatlar tizimini yaratish umummiliy, dolzarb vazifalardan biridir. Tadqiqot metodologiyasi. Yuksak ma’naviy qadriyatlarni milliy g‘oya va mafkura bilan uyg‘unlikda olib borishda umuminsoniy qadriyatlar, ta’lim-tarbiya, ilm-fan va odob-axloqning o‘rni o‘zgachadir. Jumladan, axloqiy tarbiya va axloqiy dunyoqarash o‘z yaqinlari, Vatani oldidagi burch va javobgarlik hissini shakllantiradi. Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad - muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etgan g‘oyalar tizimidir. Uning falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari bor. Mafkuraning maqsadi – insonlarni muayyan g‘oyaga ishontirish, bu yo‘lda ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish, insonlarni g‘oyaviy tarbiyalash yo‘llarini uyushtirish, insonlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishga safarbar etishdir. Qadriyat – uning mohiyati va mazmuni, milliy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllarini va ularning asosiy xususiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Shuningdek, qadriyat mavzularida O‘zbekiston tarixini sharqona qadrlash, ularga vatanparvarlik ruhida munosabat bildirish, yoshlar ongida istiqlol va qadriyatlarga nisbatan qarashning ijobiy tomonga o‘zgarishi, milliy qadriyatlarni asrash va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini ta’minlash juda muhimdir. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan uning tili, urf-odatlari, an’analari, dini, madaniyati, ezgulikni ifodalovchi axloqiy fazilatlari vujudga kela boshlagan. Ularning mazmunida xalqning hayot tarzi, ruhiyati, ma’naviyati, madaniyati, turmush tarzi, o‘y-xayollari aks etgan. Milliy qadriyat – millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Qadriyat atamasi arabcha “qadr” so‘zidan olingan bo‘lib, qimmatli, foydali degan ma’noni anglatadi. Qadriyat – bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan shaxsiy va ijtimoiy-ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan moddiy-madaniy, ma’naviy omillar yig‘indisidir. Bizning mentalitetimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlardan andisha, sabr - toqat, vazminlik, mulozamat, sertakalluflik, keksalarga hurmat - ehtirom, ijtimoiy hayotda bosiqlik qon-qonimizga singib ketgan. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘zbek xalqi milliy, ma’naviy qadriyatlar va axloq-odobga bag‘ishlangan maxsus, teran ta’limotlarning merosxo‘ridir. Jumladan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-xaqoyiq” asarlari, Kaykovusning “Qobusnoma”, https://scientific-jl.com 9 3 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Burhoniddin Marg‘inoniyning yetti kitobdan iborat “Hidoya”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” nomli odob - axloq me’yorlarini batafsil yoritib bergan asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini, dolzarbligini yo‘qotmagan. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. B.Ziyomuhammadov o‘
Доказательный фрагмент
«This article presents a scientific and philosophical reflection on the importance and stages of a sense of historical involvement in preserving values and their value.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents a scientific and philosophical reflection on the importance and stages of a sense of historical involvement in preserving values and their value. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Value, tradition, person, society, upbringing, morality, behavior, tarbiya, Kalit so‘zlar. Qadriyat, xulq, tizim, vazifa, an’ana, axloq, jamiyat, inson, udum, daxldorlik tuyg‘usi va tajriba.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025