Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAMOAT JOYLARIDAGI E’LONLAR VA YORLIQLARNING ADABIY TIL ME’YORLARIGA NOMUVOFIQLIGI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ME’YORLARIGA NOMUVOFIQLIGI (in-academy.uz/index.php/yo) · Kulmanova Komila Ubaydulla qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article analyzes cases of violations of literary language norms found in public spaces such as streets, public transportation, shopping centers, and both governmental and non-governmental institutions, particularly in announcements, advertisements, written texts, and labels. It also discusses the causes, consequences, and possible solutions to these issues. Keywords: advertisement texts, announcements, language norms, public inscriptions, state language, language culture. Til – xalqning ma’naviy qadriyatlarini, tafakkurini, tarixini ifoda etuvchi muqaddas boylikdir. Ayniqsa, davlat tili maqomidagi tilning nufuzini saqlashda uning adabiy me’yorlariga amal qilish muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tilga e’tibor kuchaygan bo‘lsa-da, jamiyat joylaridagi yozma matnlarda, ayniqsa reklama va e’lonlarda adabiy til qoidalariga zid holatlar hali-hanuz uchrab turibdi. Adabiy til me’yorlari – tilning fonetik, leksik, grammatik, uslubiy jihatdan tartibga solingan, umumiy qabul qilingan shaklidir. Bu me’yorlar quyidagilardan iborat: -Fonetik me’yor – tovushlar talaffuziga oid qoidalar. -Leksik me’yor – so‘zlarning ma’nodoshligi, sinonimlar tanlovi. -Grammatik me’yor – so‘z yasalishi, so‘z birikmalari va gap tuzilishi. -Imlo me’yorlari – so‘zlarning yozilishi va tinish belgilarining qo‘llanilishi. Til madaniyatining asosiy ko‘rinishi bu me’yorlarga rioya etishdir.( G‘afurov Q, Mamarasulov A. – Til madaniyati va amaliy stilistika, 2018.) Bugungi kunda ko‘chalarda, savdo rastalarida reklama peshtaxtalarida uchrayotgan yozuvlarda adabiy til me’yorlariga zid bo‘lgan holatlar ko‘p uchramoqda.Shahrimizning ko‘plab hududlarida reklama matnidagi grammatik qoidalarni buzish holatlarini guvohi bo‘lyapmiz. Misol tariqasida, “Samsaga marxamat” deb nomlangan reklama peshtaxtasida ikkita harf noto‘g‘ri yozilgan. Nurobod tumani markazida “Osh markazi” degan reklama yozuvi mavjud. Oshda ham markaz bo‘ladimi? Unda “Lag‘mon markazi”, “Sho‘rva markazi”, “Qovurma markazi” deb ketaverish kerak ekan-da. Shuningdek, ayrim reklama matnlarida o‘, q, g‘, h harflari o‘rniga u, k, g, x havflari yozilganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, “Muzkaymok bor”, “Dukon ochik”, “Oshga marxamat”, “Plastikka savdo kilamiz”. Bunga o‘xshash holatlar barcha shahar va tumanlarda ko‘plab uchraydi( zarnews.uz) Kirillcha harflar bilan yozilgan peshtaxtalarda xatoliklar ko‘p. Negaki so‘nggi chorak asr mobaynida lotin alifbosida o‘qigan avlod, kirillcha yozuvlarda oqsab qolyapti. Shu sababli 148 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo reklama matnini yozishda va reklama peshtaxtalarini chop qilishda albatta, imlo va grammatik qoidalarga rioya etish maqsadga muvofiq. (Til madaniyati asoslari. – T.: O‘zRFA Til va adabiyot instituti nashriyoti, 2020) Umuman olganda, reklama iste’molchilar va mahsulot yaratuvchilar o‘rtasidagi ko‘prikdir. Ko‘prik qanchalik mustahkam va ishonchli bo‘lsa, iste’molchilarning ko‘lami ham kengayib boradi. Shu o‘rinda aytish kerakki, 2022-yil yangi tahrirda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga davlat tiliga oid norma kiritildi. Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin: – reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak; – tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak; – reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak; – teleradiokanallarda, shuningdek, bosma nashrlarda tarqatiladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oshmasligi kerak. Bundan tashqari, “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 20- moddasiga asosan, lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtirilishi va e’lon qilinishi belgilangan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” qo‘mitasi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda reklamalarning davlat tili qoidalariga muvofiqligini ta’minlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, hududlarda joylashgan tashqi reklama ob’ektlaridagi reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini o‘rganish yuzasidan 9,5 mingga yaqin monitoring o‘tkazildi.( raqobat.gov.uz) Shundan 35 foiz holatda reklamalar “Reklama to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan davlat tiliga oid talablarga muvofiq emasligi aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko
Доказательный фрагмент
«This article analyzes cases of violations of literary language norms found in public spaces such as streets, public transportation, shopping centers, and both governmental and non-governmental institutions, particular…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes cases of violations of literary language norms found in public spaces such as streets, public transportation, shopping centers, and both governmental and non-governmental institutions, particular… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- advertisement texts, announcements, language norms, public inscriptions, reklama matnlari, til me’yorlari, jamiyatdagi yozuvlar, til madaniyati, imloviy xatoliklar, e’lonlar, davlat tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026