Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
HUJAYRA O‘LIMINING IKKI SHAKLI: NEKROZ VA APOPTOZ
Isroilov Asilbek Muxiddin o‘g‘li · Rahmonaliyev Marufjon Murodjon o‘g‘li (Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti Patologiya va sud-)
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada hujayra o‘limining ikki asosiy shakli — apoptoz va nekroz tahlil qilinadi. Apoptoz bu hujayraning genetik dastur asosida, tartibli va fiziologik tarzda o‘zini yo‘q qilishidir. U organizmda to‘qimalarning yangilanishi, embriogenez, immun javob va saraton hujayralarining bartaraf etilishida muhim rol o‘ynaydi. Aksincha, nekroz bu tashqi zararli omillar (infeksiya, jarohat, zaharlanish va boshqalar) ta’sirida hujayra tarkibining parchalanishi va atrof to‘qimalarda yallig‘lanish chaqiruvchi patologik jarayon hisoblanadi. Maqolada ushbu ikki mexanizmning molekulyar asoslari, morfologik belgilar, funksional farqlari va klinik ahamiyati bayon etiladi. Shuningdek, apoptoz va nekrozning tibbiyotda, xususan, onkologiya, yurak-qon tomir kasalliklari va nevrologik kasalliklar kabi sohalarda diagnostika va davolashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola fiziologiya, patofiziologiya va hujayra biologiyasi yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda tibbiy amaliyotchilar uchun foydali ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: apoptoz, nekroz, hujayra o‘limi, yallig‘lanish, genetik dastur, patofiziologiya, saraton, mitoxondriya, kasallik mexanizmi, hujayra biologiyasi. Kirish: Hujayra — barcha hayotiy organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashovchi eng kichik boʻlagi sifatida belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayrali boʻlib, faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidir (masalan, oʻrtacha inson organizmi 100 trillion yoki ta hujayradan iborat; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogrammni tashkil etadi). Eng katta hujayra bu — tuyaqush tuxumi boʻlib, uning uzunligi 15 sm, massasi esa 1,4 kg gacha yetadi. Hujayrani ilk bor 1665-yilda Robert Guk tomonidan kashf etilgan. Hujayra alohida organizm sifatida (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) mustaqil hayot kechirishi yoki koʻp hujayrali organizmlar tarkibidagi toʻqimalar tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazmadan membrana bilan ajralgan yadroda joylashgan boʻlsa, prokariotlarda u nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayralar meyoz natijasida hosil boʻladi. Hujayralar oʻlchami 0,1—0,25 mkm (ayrim bakteriyalar) dan 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi) boʻlishi mumkin. Hujayralarning xilma-xil funksiyalarini esa ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlariga yadroda joylashgan xromosomalar, sitoplazmadagi ribosoma yallig‘lanishi bilan bog‘liq salbiy ta’siri ham klinik ahamiyatga ega. Shu bois, hujayra o‘limining ushbu shakllarini chuqur o‘rganish va ularni nazorat qilish mexanizmlarini tushunish, zamonaviy terapiya usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. 4 Apoptoz va nekroz hujayra hayotining tugashiga olib keluvchi ikki asosiy biologik yo‘l bo‘lib, ular hujayralarning hayot siklida, shuningdek, organizmning normal funksiyasini saqlab qolishida muhim o‘rin tutadi. Apoptozning tartiblanganligi tufayli organizmga kam zarar yetadi va bu jarayon ko‘pincha fiziologik holat sifatida qaraladi. Aksincha, nekrozda hujayralar tartibsiz, ko‘pincha yallig‘lanishli reaksiya bilan birga nobud bo‘ladi, bu esa organizmga zarar yetkazishi mumkin. Apoptoz jarayonida hujayraning yadro membranasi parchalanadi, DNK fragmentatsiyalanadi, hujayra kichik tanachalarga — apoptotik bodlarga ajraladi va bu tanachalar fagotsitar hujayralar tomonidan yutiladi. Bu jarayon yallig‘lanishni keltirib chiqarmaydi. Nekrozda esa hujayra shishadi, membranasi yoriladi va uning tarkibi tashqariga chiqib, atrofdagi to‘qimalarda yallig‘lanish chaqiradi. Apoptoz mitoxondriyaviy va tashqi signal yo‘llari orqali faollashadi. Mitoxondriyaviy yo‘l — bu ichki omillarning ta’sirida mitoxondriya membranasining o‘tkazuvchanligi oshishi va apoptogen oqsillar sitoplazmaga chiqishi bilan bog‘liq. Bu oqsillar orasida eng muhimlari sitoxrom c, AIF-flavoproteini va prokaspazalardir. Sitoxrom c APAF-1 bilan bog‘lanib apoptosoma hosil qiladi, bu esa kaspaza-9 ni faollashtirib, keyinchalik kaspaza-3 ni ishga tushiradi. AIF esa DNK fragmentatsiyasini mustaqil ravishda boshqaradi. Tashqi yo‘l esa hujayra yuzasidagi o‘lim retseptorlariga ligandlar bog‘lanishi orqali boshlanadi. Masalan, Fas ligand yoki TNF (tumor nekroz faktori) hujayra yuzasidagi mos retseptorlarga birikadi va bu hujayra ichidagi kaskad reaksiyalarni qo‘zg‘atadi. Bu yo‘l ham oxir-oqibat kaspaza-8 va kaspaza-3 ni faollashtiradi va hujayraning apoptoz yo‘li bilan nobud bo‘lishiga olib keladi. Nekroz esa aksariyat hollarda tashqi omillar ta’sirida yuzaga keladi. Bunga kimyoviy modda, toksin, issiqlik, sovuq, infeksiya, qon aylanishining buzilishi, shikastlanish kabi sabablar kiradi. Bu holatlarda hujayra energiyasining tanqisligi, membrana strukturasi buzilishi va lizosomal fermentlar ajralishi orqali hujayra parchalanadi. Ushbu jarayonlarda yallig‘lanish reaksiya asosiy rol o‘ynaydi. Nekroz holatida yalli
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hujayra o‘limining ikki asosiy shakli — apoptoz va nekroz tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hujayra o‘limining ikki asosiy shakli — apoptoz va nekroz tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yallig‘lanish, hujayra biologiyasi., apoptoz, mitoxondriya, kasallik mexanizmi, genetik dastur, nekroz, saraton, hujayra o‘limi, patofiziologiya
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025