К содержанию
РецензированоUZ2025

XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMI

Xolmurodova Umida Meylimurod qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article studies the education systems of foreign countries, analyzes their advantages, methodological approaches and important aspects of educational policy. In particular, the quality of education, teaching methods, assessment systems, and student-centered approaches are considered in the case of developed countries such as Finland and Germany. Recommendations are also made on the modernization of the education system of Uzbekistan based on foreign experience. The article serves to improve local education through an in-depth analysis of international experience. Keywords: education, Finland, Germany, stages of education, teaching methods, modernization, assessment system. Kirish. Hozirgi kunda dunyoning har bir burchagida ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda va bundan tashqari yangidan yangi innovatsiyalar kiritilmoqda. Bu esa o’z o’zidan mamlakatimizni jahon ta’lim tizimini yanada ko’proq o’rganishga va o’rganilgan tajribalari asosida, yurtimiz ta’limini yanada rivojlantirishga asos bo’ladi. Prezidentimiz aytganidek: “Dunyo ta’limidagi ilg’or tajribalarni o’rganish va ularni O’zbekistonga olib kirish bizning strategik vazifamizdir”. Ushbu so’zlar bejizga emas, o’rganilgan xorijiy ta’lim tizmi shaxsni rivojlantirishga, mustaqil fikrlashga va ishlashga o’rgatishiz lozim. Xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizmini o’rganish bilan bir qatorda, ularni o’z 1 46 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mamlakatimiz muhitiga moslab amalda qo’llay olishimiz ham zarur. Asosan hozirgi kunda yurtimiz maktablarida Finlandiya ta’lim tizmi asosida darsliklari tuzildi va joriy etildi. Ushbu darsliklar asosan o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga, o’z fikrlarini erkin bayon eta olishga va bundan tashqari har qanday vaziyatni real hayotga bog’lagan holda yondashishga o’rgatadi. Germaniya, Singapur va AQSH mamlakatlarining ta’lim tizmi ham o’rganib borilmoqda. Ko’plab talaba yoshlar chet elda o’qish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda, bundan tashqari kadarlarni qayta tayyorlash uchun o’qituvchilarni xoriy mamlakartlarda malaka oshirishlari uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu esa mamlakatimiz ta’lim tizmini yanda rivojlantirishga, PIRLS, PISA va boshqa xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalariga erishishga yordam beradi. Bulardan asosiy maqsad kelajakda mamlakatimiz nufuzini yuqoriga ko’tarish va yurtimiz uchun bilimli, erkin fikrlaydigan barkamol avlodni yetkazib berishdir. Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerakligini aytdik. Keling, misol tariqasida rivojlangan davlatlardan biri bo’lgan Germaniya ta’lim tizimini ko’rib chiqamiz. Germaniya – jahon ilm-fani va madaniyati o‘choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablarni, Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn singari olim va ijodkorlarni bilan dunyoga mashhur. Xalqaro doirada eʼtirof etilgan olmon taʼlim dargohlarida mustaqil fikr hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida eʼtibor beriladi. Taʼlim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so‘nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Germaniyada ta’lim tizmi asosida uch bosqichdan iborat: Mamlakatda 16 ta federal hududlar mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining taʼlim to‘g‘risidagi qonuniga ega. Shu sababli federal hududlarning maktab taʼlim tizimida ayrim farqlar bor. Masalan, aksariyat hududlarda boshlang‘ich taʼlim 4 yil (birinchi sinfdan to‘rtinchiga qadar), poytaxt Berlinda esa – 6 yil. Ammo bu kabi farqlarga qaramasdan, barcha hududlar uchun umumiy tartib-qoidalar amal qiladi. Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda taʼlim olishi shart qilib belgilangan. Maktab taʼlim tizimi esa boshlang‘ich, o‘rta va yuqori bosqichlarga bo‘linadi. Ikki yoki uch yoshdan katta bolalar uchun nemis maktabgacha ta'limning asosiy yo'nalishlari: -Til, yozish, muloqot, -Shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish, -Qadriyatlar va diniy ta'limni rivojlantirish, -Matematika, tabiiy fanlar, (axborot) texnologiyasi -Tasviriy san'at/turli media bilan ishlash 1 46 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ -Tana, harakat, salomatlik -Tabiat va madaniy muhit. Boshlangʻich taʼlimda dastlabki 2 yil mobaynida oʻquvchilar baholanmaydi. Oʻqituvchilar baho oʻrniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi va oʻzlashtirish tavsifnomasi beriladi. Boshlang'ich ta'lim Grundshule deb yuritiladi. Bolalar 5-6 yoshdan bos-hlang'ich maktabga qatnaydi. Boshlang'ich maktabda o'qish davri 4 yildan 6 yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o'quvchilarga baho qo'yilmaydi. O'qituvchilar baho o'rniga bolaning individual, psixologik rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O'quvchilarga 3-sinfdan baho qo'yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qab

Доказательный фрагмент

«This article studies the education systems of foreign countries, analyzes their advantages, methodological approaches and important aspects of educational policy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article studies the education systems of foreign countries, analyzes their advantages, methodological approaches and important aspects of educational policy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, Finland, Germany, stages of education, teaching methods, o’qitish metodlari, Finlandiya, ta’lim, ta’lim bosqichlari, Germaniya, modernizatsiya, baholash tizimi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники