К содержанию
РецензированоUZ2026

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING ISHLATILISHI

TEXNOLOGIYALARNING ISHLATILISHI · Davronova Nazokat Tolibjon qizi · Ilmiy rahbar: Maxmudova Nilufar Murodovna

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ko‘plab xorijiy tillarni o‘qitish davomida hamda o‘rganish mobaynida zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va ularning o‘rni haqida aytib o‘tilgan. Shu bilan birga turli dasturlar, multimedialar hamda ilovalarning xususiyatlari ko‘rsatilib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Duolingo, multimedia, Internet, audio darsliklar, kompyuter texnologiyalari Hozirgi kunda zamonimiz rivojlanib, o‘sib boryapti. XXI asr biz yoshlarga ko‘plab imkoniyatlar eshikini ochdi desak adashmaymiz.Olimlar hamda ixtirochilar bizga kundalik hayotimizda yordam beradigan yangidan-yangi ixtirolarni va gadjetlarni yaratishmoqda. Mana shu zamonaviy texnologiyalar hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi. Biz yoshlar hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar yordamida ko‘plab bilimlarni olishimiz mumkin. Hamda ko‘plab xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan imkoniyatlar ko‘paydi. Zamonaviy ta’lim deganda biron bir bilimni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘rganish ya’ni bunga turli xil zamonaviy metodlarni, internetni va turli xil ijtimoiy tarmoqlarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Hozirgi kunda,ushbu, zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi har tomonlama rivojlangan, axborot sohasiga yo‘naltirilgan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z o‘rnini egallaydigan, axborot va yangi texnologiyalar bilan to‘g‘ri ishlay oladigan insonlarni tayyorlashdan iborat. Bu bizga ta’lim sifatini oshirishda,hamda uni samarali qilishda juda katta yordam beradi.Men ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘rganishda zamonaviy texnologiylarning o‘rni haqida aytib o‘tmoqchiman. Yurtimizda rus, nemis, fransuz, xitoy,koreys ayniqsa ingliz tili juda ommalashgan. O‘quvchilarning aksariyat qismi ham ushbu tillarni sevib o‘rganishadi. Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Dars jarayonlarida o‘qituvchilar turli xil texlonologiyalardan hamda metodlardan foydalanishadi.Buning natijasida o‘quvchilar ushbu tillarni oldingiga qaraganda samarali o‘rganishmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish deganda turli xil materiallardan, metodlardan foydalanishni tushunamiz. Shu bilan birga zamonaviy texnologiyalardan foydalanish tilga bo‘lgan qiziqishni va ishtiyoqni, uni o‘rganishga bo‘lgan xohishni ~ 66 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oshiradi. Keling endi Ingliz tilini zamonaviy texnologiyalar yordamida tezroq va osonroq o‘rgatish uslublarini ko‘rib chiqamiz. Ingliz tilini o‘rganishning ilk bosqichida, o‘quvchilarga tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatish talab qilinadi. Fonetikani o‘rgatish jaroyonida native speakerlar tomonidan talaffuz qilingan turli video va audio materiallardan foydalanilsa bo‘ladi. Bundan tashqari so‘zlarning talaffuzini boshqaradigan va uni to‘gri talaffuz qilmaguncha keyingi bosqichga o‘tkazmaydigan ilovalardan foydalansa ham bo‘ladi. Mana shunday ilovalarga “Duolingo” ilovasini yorqin misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Bu ingliz tili bilan birga turli tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan. Hamda bu ilovani turli xil bosqichlari bor va foydalanuvchiga o‘rganayotgan tilida gaplar tuzishda, lug‘at boyligini oshirishda va talaffuzini to‘g‘irlashda yordam beradi. Bu ilovaning yana bir funksiyalaridan biri til o‘rganilayotganda foydalanuvchi bosqichma-bosqich o‘rganadi, darslarni o‘tkazib yubora olmaydi. Menimcha, bu til o‘rganish jarayonida juda ham samarali yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalarning yana bir turi bu multimedialardir. Bugungi kunda yoshlar orasida zamonaviy multimedia darsliklaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda. “The English without accent” ilovasi va boshqa turli xil multimedia kitoblar fonetikani va to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatishda va intonatsiyani shakllantirishda juda katta yordam beradi. Bunda ekranda tovushlar, so‘zlar, so‘z birikmalari hamda gaplar ko‘rsatiladi. Shu tufayli o‘quvchilar native speakerni harakatatlarini kuzata oladi va to‘g‘ri intonatsiyasini eshitib, ulardek gapirishga harakat qiladi. Hozirgi zamonaviy texnologiyalarning yana bir turi bu Internet desak adashmaymiz. Internet xorijiy tillarni o'qitishda muhim o'rin tutadi. Bu talabalarga asl matnlar bilan ishlash, native speakerlarni tinglash va ular bilan muloqot qilishga bo'lgan imkoniyatlarni ochadi. Internet o'qituvchining yordamchisi o'laroq, turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: - keyingi darslarning rejalarini bilishda - biron bir loyiha yoki mavzu haqida ma'lumotlar topishda - internetning turli resurslaridan foydalanib, dars mobaynidagi didaktik muammolarni yechishda - o'qish ko'nikmalarini oshirishda, ya’ni darajasi yuqori bo'lgan matnlar bilan ishlashda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini olishda - audio materiallarga tayangan holda eshitish ko'nikmalarini oshirishda - lug'at boyligini oshirishda ya'ni biron bir millatning madaniyati, tarixi, ijtimoiy- siyosiy jihatlarini o'rganish mobaynida yordam beradi. ~ 67 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Xorijiy tillarni o

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ko‘plab xorijiy tillarni o‘qitish davomida hamda o‘rganish mobaynida zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va ularning o‘rni haqida aytib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ko‘plab xorijiy tillarni o‘qitish davomida hamda o‘rganish mobaynida zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati va ularning o‘rni haqida aytib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
audio darsliklar, multimedia, Internet, kompyuter texnologiyalari, Duolingo
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3