К содержанию
РецензированоUZ2026

BUYRAK KASALLIKLARIDA HOMILADORLIK TUG'RUQ VA CHILLA DAVRINING KECHISHI VA ZAMONAVIY DAVO CHORALARI.

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Hafizova Dilbar Abdumonnonovna · Umirqo’lova Feruza Abdusamat qizi

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2026

Аннотация

This article explores the course of pregnancy, childbirth, and the postpartum period in women with kidney diseases, based on current medical theory and clinical practice. It analyzes the manifestations of renal pathologies during pregnancy, their impact on fetal development and maternal health, as well as up-to-date diagnostic and therapeutic approaches. Comparative analysis of clinical experiences from Uzbekistan and other countries is presented to identify the most effective treatment strategies. Keywords: kidney diseases, pregnancy, childbirth, postpartum period, gestational complications, nephropathy, preeclampsia, modern treatment, perinatal health. Mavzuning dolzarbligi Hozirgi kunda buyrak kasalliklari bo‘yicha global epidemiologik ko‘rsatkichlarning ortib borayotgani, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar orasida, ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirmoqda. Buyrak funksiyasining buzilishi homiladorlik davrida jiddiy asoratlar — preeklampsiya, intrauterin rivojlanishning susayishi, erta tug‘ruq va perinatal o‘lim xavfini sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) fonida homiladorlik yuritish klinik va terapevtik jihatdan katta qiyinchilik tug‘diradi. Shuningdek, zamonaviy diagnostika texnologiyalari, nefrologik va ginekologik xizmatlar integratsiyasi, hamda homiladorlikni individual kuzatish va boshqarish uslublarining joriy etilishi ushbu yo‘nalishda yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro sog‘liqni saqlash tajribasida buyrak kasalliklariga ega homilador ayollarni nazorat qilish algoritmlari doimiy takomillashib bormoqda. Shu boisdan, buyrak kasalliklari fonida homiladorlikning kechishini chuqur ilmiy-tahliliy o‘rganish va zamonaviy davolash choralari bilan solishtma yondashuvni ishlab chiqish bugungi kundagi tibbiyot fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 561 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” So‘nggi yillarda buyrak kasalliklarining aholi orasida, ayniqsa reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalishi ularning homiladorlik davriga ta’sirini chuqur o‘rganishni zarur qiladi. Homiladorlik davrida organizmda yuz beradigan fiziologik o‘zgarishlar buyrak faoliyatiga qo‘shimcha yuklama keltirib chiqaradi, bu esa mavjud nefrologik kasalliklarning kuchayishi yoki yangi patologik holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi, glomerulonefrit, diabetik nefropatiya va gestatsion proteinuriya kabi holatlar homiladorlikning davomiyligiga, tug‘ruq jarayoniga va chilla davrining kechishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Buyrak kasalliklari fonida homiladorlik yuritilishi bir vaqtning o‘zida ikki hayotni — ona va homila salomatligini ta’minlashga qaratilgan murakkab terapevtik va diagnostik yondashuvlarni talab etadi. Shuning uchun bu sohada nefrologiya, akusherlik-ginekologiya va neonatologiyaning integratsiyalashgan yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada homiladorlik va tug‘ruq davrida buyrak kasalliklarining klinik ko‘rinishlari, ularning asoratlari va zamonaviy davolash usullari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar klinik amaliyotidagi yondashuvlar tahlil qilinib, samarali strategiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy xulosalar taqdim etiladi. 1. Buyrak kasalliklarining homiladorlikka ta’siri Buyrak kasalliklari homiladorlik davrida nafaqat ayolning sog‘lig‘i, balki homila rivojlanishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlikning o‘zi fiziologik jihatdan buyraklarga yuklama ortishiga sabab bo‘lib, glomerulyar filtrlatsiya tezligi 50% gacha oshadi. Bu esa mavjud buyrak yetishmovchiligi yoki yengil kechayotgan kasalliklarni kuchaytirishi mumkin. 2. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) fonida homiladorlik SBY bilan homiladorlik yuritilishi murakkab klinik holat hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, GFR (glomerulyar filtrlatsiya tezligi) <60 ml/min/1.73m² bo‘lgan ayollarda homiladorlik asoratlari xavfi sezilarli ortadi. Bunday hollarda homilada rivojlanishning orqalanishi, erta tug‘ruq, homilaning bachadonda nobud bo‘lishi yoki onada preeklampsiya rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu bois SBY bilan homilador ayollar doimiy nefrologik nazorat ostida bo‘lishi lozim. 3. Gestatsion nefropatiyalar Homiladorlik paytida yuzaga keladigan buyrak muammolari orasida eng ko‘p uchraydiganlari — gestatsion proteinuriya, preeklampsiya va eklampsiyadir. Bu holatlar odatda homiladorlikning ikkinchi yarmida kuzatiladi va ona va homila hayoti uchun xavf tug‘diradi. Ayniqsa, arterial gipertenziya, ko‘p miqdorda protein yo‘qotilishi (≥300 mg/kun), shishlar bilan kechuvchi preeklampsiya homiladorlikni muddatidan oldin tugatish zaruratini keltirib chiqaradi. 562 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 4. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (OBY) OBY homiladorlikda nisbatan kamroq uchrasa-da, u ham alohida xavf guruhini tashkil qiladi. A

Доказательный фрагмент

«This article explores the course of pregnancy, childbirth, and the postpartum period in women with kidney diseases, based on current medical theory and clinical practice.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the course of pregnancy, childbirth, and the postpartum period in women with kidney diseases, based on current medical theory and clinical practice. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kidney diseases, pregnancy, childbirth, postpartum period, gestational, preeklampsiya, buyrak kasalliklari, perinatal salomatlik., nefropatiya, homiladorlik, gestatsion asoratlar, zamonaviy davolash, chilla davri, tug‘ruq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники