К содержанию
РецензированоRU2024

Вопросы библиотечного дела в деятельности активистов джадидизма

Зариф Бегимкулов (Институт переподготовки и повышения квалификации специалистов по физической культуре и спорту)

in Library · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada Turkistonda XIX asrning oxirlarida maydonga kelgan, XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik harakatining mashhur namoyandalari faoliyati, yangi usul maktablari, buyuk jadidchilik namoyondalari tashabbuslari bilan ziyo maskani deb ataluvchi, jamiyat hayotining ajralmas qismi hisoblangan, nafaqat Turkistonda, balki Osiyo va Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida ham ma’lum va mashhur bo‘lgan kutubxonalarning tashkil etilishi, ularni tarixda tutgan o‘rni, adabiyotlar bilan to‘ldirilishi, saroy kutubxonalaridan farqli jihatlari haqida so‘z boradi. Summary: In this article, the activities of famous representatives of the Jadidism movement, which appeared in Turkestan at the end of the 19th century and formed at the beginning of the 20th century, the new method schools, and the initiatives of the great Jadidism representatives, which are called the place of enlightenment, are considered an integral part of the life of the society, not only in Turkestan but also in many countries of Asia and Europe. It also talks about the organization of well- known and famous libraries, their place in history, their filling with literature, and their differences from palace libraries. Kalit so‘zlar: Jadid, kitob, jamiyat, uyg‘onish harakati, qiroatxona, madrasa. Keywords: Jadid, book, society, revival movement, reading room, madrasa. Odatda kutubxona deyilganda avvalo ko‘z o‘ngimizda kitoblar jamlangan ziyo maskani gavdalanadi. Bu ma’rifat maskanlari jamiyat hayotining ajralmas qismi hisoblanib, unda kishilik jamiyati tarixi bilan chambarchas bog‘liq boʻlgan, nodir manbalar to‘plangan insonparvar muassasa hisoblanadi. Kutubxonalar asrlar osha insonlarni yovuzlikka, jirkanch g‘oyalarga, jaholatga qarshi kurashga undab, yosh avlodning ma’naviy salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishda, ularni ona yurti va xalqiga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘usi ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. XIX asrning oxirlari va XX asr boshlariga kelib Turkistonda jamiyatning eng ilgʻor fikrli qatlamlari, ya’ni jadid namoyandalari kurashlarini aks ettirgan milliy uygʻonish muayyan mafkura 254 15 марта 2024 г. Raqamlashtirish davridagi kutubxona sohasi ekotizimi: hamkorlik, integratsiya va innovatsiyalar sifatida, birinchi navbatda, maʼrifatchilikda koʻrindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, “... o‘tgan asr boshlarida, g‘oyat murakkab tarixiy sharoitda milliy ozodlik, uyg‘onish va taraqqiyot g‘oyalari bilan maydonga chiqqan ma’rifatparvar ajdodlarimiz o‘zlarining benazir salohiyati, noyob insoniy fazilatlari bilan fidoyilik va jasorat namunasini ko‘rsatdilar”. Milliy uyg‘onish harakati namoyandalari hisoblanuvchi jadidlar o‘z xalqining erki, ozodligi uchun kurashib, ilmsizlikning taraqqiyotga keltirayotgan salbiy ta’sirini aniq misollar bilan ko‘rsatib, o‘z oldilariga xalqni maʼrifatlashtirish maqsadini qo‘yganlar. Shu maqsadda ular nafaqat yangi maktablar ochganlar, balki keng xalq ommasi uchun yangi kutubxonalar ham tashkil qilganlar. Buni Turkistonda jadidchilik davri tarixi va adabiyoti vakillari ijodini oʻrganganimizda ham kuzatishimiz mumkin. “O‘rta Osiyo jadidlarining otasi” deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) yangi zamon o‘zbek madaniyatining asoschisi edi. U birinchi o‘zbek dramasi “Padarkush”ni yozadi. Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan Mahmudxo‘ja Behbudiy dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi. U haj safari davomida Arabiston, Misr, Turkiyada bo‘lgan va unda yangi maktab ochish fikri mustahkamlanib borgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi hisoblanadi. Eng birinchi fan bo‘yicha darsliklar yaratgan Behbudiy kutubxona tashkil qilishda ham birinchilardan bo‘ldi. Uning tashabbusi va say harakatlari bilan o‘z otasi sharafiga dastlab “Eski Samarqand musulmonlar kitob va qiroatxonasi”, keyinchalik “Behbudiya kutubxonasi” deb atalgan kutubxona tashkil qilingan. Behbudiy Samarqandda kutubxona tshkil etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘radi. Manbalarda keltirilishicha u o‘n ikki nafar maslakdoshlari bilan birga 27 “bob”dan iborat dastur va nizom tuzib, uni Samarqand shahrining harbiy gubernatoriga yo‘llab, ruxsat olinadi. Ushbu ziyo maskani Samarqand gubernatoridan rasman ruxsat olinib, 1908-yil 11-sentabr kuni shaharning “Yangi rasta” qismida ochilgan. Lekin kutubxona ochilishi ancha avval ovoza bo‘lib ketadi. Chunki bu haqda eng ommabop nashr “Turkiston viloyatining gazeti” xabar qilgan edi. Ziyo maskani faoliyatida Mahmudxo‘ja Behbudiyga safdoshlari Hoji Muin, Vasliy Samarqandiy va muallim Abdulqodir Shakuriy ko‘maklashishgan. Tarkibiy jihatdan juda boy, xilma- xillikka ega fondi bo‘lgan. Jumladan, turli davlatlarda nashr qilingan diniy hamda dunyoviy kitoblar, suratli jurnal va gazetalar, ensiklopediya, lug‘atlar, xarita va atlaslardan o‘qib foydalanish mumkin bo‘lgan. Mahmudxo‘ja Behbudi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Turkistonda XIX asrning oxirlarida maydonga kelgan, XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik harakatining mashhur namoyandalari faoliyati, yangi usul maktablari, buyuk jadidchilik namoyondalari tashab…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Turkistonda XIX asrning oxirlarida maydonga kelgan, XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik harakatining mashhur namoyandalari faoliyati, yangi usul maktablari, buyuk jadidchilik namoyondalari tashab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid, book, society, revival movement, reading room, madrasa, Джадид, медресе., движение возрождения, книга, общество, qiroatxona, jamiyat, uyg‘onish harakati, kitob, читальня, madrasa.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники