Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Преподавание наследия джадидизма участникам курсов повышения квалификации как социальная необходимость
Zilola Ilhom qizi T.: y · MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA JADIDCHILIK · MEROSINING O‘QITILISHI IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA · Begimqulov Zarif Axmadovich · Email: zarifbegimqulov@gmail.com (oshirish instituti Samarqand filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va)
in Library · 4 · 2018
Аннотация
Mazkur maqolada Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida malaka oshirayotgan “Sport ta’lim muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning malaka oshirish kursi tinglovchilariga Turkiston jadidchilik harakati namoyondalari tomonidan ilgari surilgan salbiy illatlar, zararli odatlar va inson salomatligi to‘g‘risidagi qarashlarini o‘qitish zarurati haqida so‘z boradi. Kalit so‘z va iboralar: malaka, jadidlar me’rosi, tarbiya, poklik, zararli odatlar, salomatlik. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev jadidlar merosini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida eʼtirof etganidek: “Farzandlarimizni har tomonlama barkamol, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar ajdodlarimizning aql- zakovati, iroda va matonati barchamiz uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qiladi. Biz xalqaro ilmiy markazlar, dunyo olimlari bilan hamkorlikda jadidlar faoliyatini yanada chuqur oʻrganishni dolzarb vazifa deb hisoblaymiz. Bu noyob meros orqali bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan juda koʻp savollarga toʻgʻri javob topa olamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʻib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab еtadi” [1]. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining 2024-yil 16-dekabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida 2025-yilda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari reja-jadvali va tinglovchilar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 01/1880- A/F-sonli buyrugʻi bilan imzolangan boʻlib, unda jumladan sport taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar uchun “Sport taʼlim muassasalarining tarbiyachilari” malaka oshirish kurslari joriy etilishi belgilangan. 491 Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yildan e’tiboran tashkil etilayotgan mazkur malaka oshirish kurslariga asosan quyidagi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari qamrab olingan: - Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining tarbiyachilari; - milliy va olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab- internatlarining tarbiyachilari. Yuqorida qayd etilgan buyruqqa asosan, 2025-yilda ham Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi 15 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda 16 ta milliy va olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining tarbiyachilari jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar sifatida malakasini oshirishga jalb qilinishi rejalashtirilgan. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining kasbiy faoliyati davomida har kuni ko‘p qirrali, ko‘p funksiyali va kasbiy jihatdan murakkab ishlarni bajaradilar, shu jumladan inson shaxsi va ularning sog‘ligi bilan bog‘liq jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va sport xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu esa ulardan ayniqsa yuqori sifatli ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda har bir mutaxassis o‘z ish faoliyati uchun shaxsan javobgarligini, alohida e’tibor va kasbiy mahoratni talab qiladi. Ayniqsa, ushbu mutaxassislarning muntazam ravishda o‘smirlar va yoshlar bilan ish olib borishi, ularning tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liqligi, alohida ahamiyatga egadir [5]. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, “Sport taʻlim muassasalari tarbiyachilari” malaka oshirish kursiga malaka oshirishga kelayotgan sport ta’lim muassasalarining tarbiyachilarining aksariyati oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanib, ular ish jarayonlarida asosan umumta’lim fanlari bo‘yicha darslar va tanlangan sport turidan sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda muassasa tarbiyalanuvchilari (yosh sportchilar) bilan dars tayyorlash, o‘quvchilar istiqomat qilayotgan xonalarni tartibga keltirish hamda turli tadbirlar o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelmoqdalar [2]. Oʻtkazilgan tahlillar malaka oshirish jarayonida sport taʼlim muassasalari tarbiyachilarining kasbiy mahorati, bilim, koʻnikma va malakalarini chuqurlashtirish, ularning maʻnaviy-axloqiy saviyalarini oshirishda jadidchilik me’rosidan foydalanishni taqozo qilmoqda. “Sport taʻlim muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning malaka oshirish kursi uchun tasdiqlangan “Ma’naviyat va yoshlarga oid davlat siyosati” modulining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalari” deb nomlangan mavzusini jumladan, “Jadidlarning 492 Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yillik yubileyiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiya ma’naviy me’rosi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish omili” rejasi asosida ham o‘qitilishi belgilangan. Ma’limki, jadidchilik namoyondalari voyaga еtgan yoshlar Turkiston kelajagi, ravnaqi uchun kurashchi boʻlib еtishishi kerakligini oʻz asarlarida alohida uqtirgan holda, bunda ular har xil illa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida malaka oshirayotgan “Sport ta’lim muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim mu…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida malaka oshirayotgan “Sport ta’lim muassasalari tarbiyachilari” sport ta’lim mu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, навыки, jadidlar me’rosi, upbringing, zararli odatlar, здоровье., воспитание, poklik, cleanliness, heritage of the Jadids, вредные привычки, health., malaka, чистоплотность, harmful habits, наследие джадидов, salomatlik., skills
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026